Fe’lning grammatik kategoriyalari
Bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasi
Harakat va holatning tasdiq hamda inkorini ifodalaydigangan
kategoriyaga bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasi deyiladi.
Shunga ko‘ra bu kategoriyaning ikki shakli mavjud:
1. Bo‘lishli fe’l;
2. Bo‘lishsizlik fe’li.
Bo‘lishli fe’l shakli. Bu shaklda harakat va holatni tasdiq etish
hukmi yotadi. Qo‘shimchasi yo‘q: “nol” ko‘rsatkichli: yoz, keldim,
borgin. Amir Temur raqiblari ustidan 30ga yaqin yirik jangda g‘alaba
qozongan.
Bo‘lishsiz fe’l shakli. Fe’lning mazkur shakli harakat va holatni
inkor etadi. Qo‘shimchasi -ma: yozma, kelmadim, bormagi.
Abdurauf Fitrat koʻpgina davlatlarning fuqaro boʻlish takliflarini
qabul qilmadi.
❖
ESLATMA
! – ma bo‘lishsizlik qo‘shimchasining ko‘makchi
fe’lli so‘z qo‘shilmasidagi o‘rni nisbatan erkin. Quyiga e’tiborimizni
qaratamiz.
1) -ma bo‘lishsizlik qo‘shimchasi ko‘makchi fe‘l tarkibiga
qo‘shilishi mumkin: oshib tushma, yozib qo‘yma, aytib berma, ola
ko‘rma, bajara olmadi - bunda bir martalik inkor ma’nosini
ifodalaydi;
2) yetakchi fe’lga qo‘shilib kelishi mumkin: o‘qimay tur, chiqmay
qol, aytmay ket – bu holatda davomiy boʻlishsizlikma’nosini
ifodalaydi;
➢ Unutmang! Ta’kidlash lozimki, -ma qo‘shimchasi ko‘makchi
yoki yetakchi fe’lga qo‘shilsa, inkor mazmunini ifodalayapti.
Agar bir paytda ham yetakchi, ham ko‘makchi fe’lga qo‘shilsa,
qat’iy bo‘lishli – tasdiq mazmunini ifodalaydi. Masalan: o‘qimay
kelma, aytmay qo‘yma. Jiddiy tayyorlangan Ixtiyor o‘qishga kirmay
qo‘ymadi (kirdi).
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida boʻlishsizlikdan tashqari quyidagi
inkor shakllari ham bor:
1. Sifatdoshning -gan shakli + shaxs-son + yo‘q inkor so‘zi:
o‘qi + gan + im (-ing, -i) yoʻq, ko‘rganim(-ing, -i) yo‘q.
Oʻrta Osiyoda biror bir shahar Buxoro shahrichalik uzoq va koʻp
marotaba poytaxt boʻlgani yoʻq.
139
2. Sifatdoshning -(a)yotgan shakli + shaxs-son + yo‘q: bor +
ayotgan + im yoʻq.yozayotganim yo‘q.
3. Sifatdoshning –gan + emas + I guruh shaxs-son
qo‘shimchasi: bor+gan emas + man(-san), qo‘rq+qan emas+man,
bajar +gan emas + man.
Payg‘ambarimiz(s.a.v) hayotlari davomida yolg‘on gapirgan
emaslar. Bu – bir ibratdir.
4. Na…. na… inkor yuklamasi va vazifadosh inkor
Do'stlaringiz bilan baham: |