Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/202
Sana25.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1229059
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)

- t//-it//-ot: sifatdan – to‘lat, berkit; 
modal ( ma’noli ) so‘zdan – yo‘qot; 
y// - ayotdan – kuchay; 
sifatdan – pasay, susay, tohray, kengay, keksay, ulg‘ay; 
ravishdan – kamay, ozay, ko‘pay; 
chi//-shi: ravishdan – ko‘pchi; 
taqlid so‘zdan – g‘ingshi; 
 
Fe’lning tuzilishiga ko‘ra turlari 
Fe’llar ham tuzilishiga ko‘ra sodda, juft, takroriy va qo‘shma 
bo‘ladi. 
Sodda fe’llar 2 ga bo‘linadi: 
1. Tub sodda: bormoq, kelmoq, o‘qimoq, yozmoq, o‘tirmoq, 
turmoq, to‘xta-moq va hokazo. 
2. Yasama sodda: kechikmoq, birlashmoq, ranjimoq, oqarmoq, 
garangsimoq va hokazo. 
Juft fe’llar asosan ikki ko‘rinishda uchrashi mumkin: 
1. Biri ravishdosh shaklida, ikkinchisi boshqa shaklda: aylanib-
o‘rgilmoq, yeb-ichmoq, yelib-yugurmoq, yayrab-yashnamoq, o‘ynab-
kulmoq, qo‘llab-quvvatlamoq. 
2. Har ikkalasi bir xil shaklda (ko‘makchi fe’lli so‘z 
qo‘shilmasining juftlashgan shakli ham shunga kiradi): aylanib-
o‘rgilib, aytmay-netmay, aldab-suldab, aralashib-quralashib, achib-
bijib, aytdim-qo‘ydim; baqirib-chaqirib, buralib-suralib, bo‘zarib-
gezarib; hormay-tolmay; indamay-netmay, kelib-ketib, kirib-chiqib, 
ko‘rgan-bilgan, oshirib-toshirib, ochilib-sochilib, osha-tosha; qolgan-
qutgan, 
qizarib-bo‘zarib, 
qisinib-qimtinib, 
qo‘llab-quvvatlab, 
qo‘shilib-qorilib; tejab-tergab; yeb-ichib, yegan-ichgan(i), yelib-
yugurib, yig‘lab-siqtab, yozding-olding, yuvib-tarab, yayrab-yashnab; 
o‘tgan-ketgan, o‘tgan-qaytgan, o‘lib-tirilib, o‘lib-qutulib, o‘qidik-
tashladik; chiqdi-qoldi... 
Har ikki qismi yakka holda ishlatiladigan juft fe’llarning 
ko‘rinishlari: 
1. Qismlari o‘zaro sinonim: hormay-tolmay, qo‘llab-quvvatlamoq. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling