bog’lovchisi yordamida.M.: Alisher na o‘qidi, na yozdi.
➢ Unutmang! Bilish lozimki, ayrim fe’l shakllari -ma
bo‘lishsizlik qo‘shimchasini umuman qabul qilmaydi, chunki
ularning o‘zida bo‘lishsiz shakllar mavjud:
1. -b/-ib ravishdosh qo‘shimchasining bo‘lishsiz shakli: -may / -
masdan: o‘qib – o‘qimay / o‘qimasdan, bilib – bilmay / bilmasdan.
2. Harakat nomining -sh / -ish, -moq qo‘shimchalarining bo‘lishsiz
shakli -maslik: yozish – yozmaslik, ko‘rish – ko‘rmaslik.
3. -r/-ar shaklidagi sifatdoshga -ma bo‘lishsizlik qo‘shimchasi
qo‘shilmaydi, chunki uning -mas inkor shakli mavjud. Masalan: borar
- bormas, kelar – kelmas.
Unutmang! Bo‘lishli fe’l -a yuklamasi vositasida takror
holda kelib, qat’iy inkor mazmunini ifodalaydi. M.:
–Azizbek. Shuhrat, kitobingni ber.
–Shuhrat. Beraman-a, beraman.
Eslatma! Tilimizdagi ritorik so‘roq gaplarning tasdiq yoki
inkor mazmuni gapning kesimidan emas, balki mazmuniga qarab
aniqlanadi: Qaysi ota-ona farzandiga yomonlik istaydi? (Hech qaysi
ota-ona istamaydi. )
Ayrim ritorik so‘roq gaplar shaklan bo‘lishli, lekin mazmunan
bo‘lishsiz – inkor bo‘ladi. M.: Kim baxtsiz bo‘lishni xohlaydi?
(Hech kim baxtsiz bo‘lishni xohlamaydi).
Shaklan boʻlishsiz, lekin mazmunan bo‘lishli bo‘ladi. M.: Qaysi
abituriyent o‘qishga kirishni xohlamaydi.
Fe’l nisbatlari
•
Bajaruvchining harakat va holat jarayoniga qay darajada ishtirok
etishini bildiruvchi fe’l shakllari nisbat shakllari sanaladi.
•
Do'stlaringiz bilan baham: |