Hol va uning ifodalanishi
Download 42.5 Kb.
|
1413647611 59701
- Bu sahifa navigatsiya:
- Holning mano turlari Izohi Sorogi
Hol va uning ifodalanishi Gapning kesimidan anglashilgan harakatning belgisini bildiruvchi gap bo'lagiga hoi deyiladi. Hollar qanday? qanday qilib? qay holda (tarzda?), qachon (-gacha,-dan, -dan buyon)? qayer (-da), -ga,-dan?), nima sababdan? nima maqsadda? kabi so'roqlarga javob bo'ladi. Hoi doimo fe'l kesimga. bog'lanadi. Masalan, Quyosh ko'kdan mo'ralab qarar gapida qarar so'ziga mo'ralab so'zi bog'lanib, undan anglashilgan harakatning tarzini, ko 'kdan so'zi qarar so'ziga bog'lanib, uning o'rnini bildiradi. Ba'zan hoi ot kesimlarga ham bog'lanishi mumkin. Bunday vaqtda hoi ot kesimdan anglashilgan predmetning o'rnini bildiradi. Masalan, Andijonda o't yoqsam, O'shda tutuni. Ayrim paytlarda hoi kesim vazifasida kelmagan fe'llarga ham bog'lanishi mumkin. Hoi bog'lanib kelgan fe'lning kesim vazifasida kelishi yoki kelmasligiga ko'ra hollar xuddi to'Idiruvchilar kabi mustaqil va nomustaqil hollarga bo'linadi.
Masalan, Dalalarda boshlanadi ish. (H.Olimjon) Bu gapda qayerda so'rog'iga javob bo'luvchi dalalarda o'rin holi nima qiladi? nima bo'ladi? so'roqlariga javob bo'luvchi fe'l kesimiga tobe bog'lanib kelyapti. Shuning uchun bu hoi mustaqil holdir. Kesim vazifasida kelmagan fe'llarga tobe bog'langan hollar nomustaqil hoi hisoblanadi. Masalan, Daladan charchab kelgan yigit tezda uxlab qoldi. Bu gapda qayerdan? so'rog'iga javob bo'lib hoi vazifasida kelayotgan daladan bo'lagi kesimga emas, balki aniqlovchi vazifasidagi charchab kelgan bo'lagiga tobe bog'lanib kelyapti. Shuning uchun bu hoi nomustaqil hoi hisoblanadi. Hollar o'zi bog'lanib kelgan hokim bo'lakning qanday belgisini bildirishiga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi: 1) ravish holi; 2) o'rin holi; 3) payt holi; 4) sabab holi; 5) maqsad holi. Holning ma'no turlari, ularning shakllari va ichki ma'nolarini quyidagi jadvalda ko'ring:
Download 42.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling