Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Yodda tuting. Birgalik nisbat qo‘shimchalari ko‘makchi fe’lli so‘z


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/202
Sana25.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1229059
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)

Yodda tuting. Birgalik nisbat qo‘shimchalari ko‘makchi fe’lli so‘z 
qo‘shilmasida quyidagicha qo‘shilib keladi: 1) asosan ko‘makchi fel 
tarkibiga qo‘shilib keladi: yoza boshla+sh+di, berib yubor+ish+di, 
sanab o‘t+ish+di;
2) ba’zan yetakchi fe’l tarkibiga keladi: ishla+sh+a boshladi
sudra+sh+ib ketdi; 
3) unumsiz bo‘lsa-da, ham yetakchi, ham ko‘makchi fe’l tarkibiga 


143 
qo‘shilib kelishi mumkin: ayt+ish+ib ol+ish+di, yugur+ish+ib 
ket+ish+di. 
 
Ehtiyot boʻling. Birgalik nisbatning -sh/-ish hamda harakat 
nomining -sh/-ish qo‘shimchalari o‘zaro shakldosh lug‘aviy shakl 
yasovchilardir. Ular quyidagi xususiyati bilan farqlanib turadi. 
Harakat nomining -sh/-ish qo‘shimchasidan so‘ng mayl, zamon va 
shxs-son qo‘shimchalari kelmaydi. M.: o‘qi+sh, yoz+ish, angla+sh
qayt+ish
Birgalik nisbatining -sh/-ish qoʻshimchasi so‘z oxirida mutlaqo 
kelmaydi, shuning uchun ulardan so‘ng, albatta, zamon, mayl, 
shaxs-son qo‘shimchasi qo‘shilib kelishi shart. M.: o‘qi+sh+di, 
yoz+ish+di, angla+sh+di, qayt+ish+di. 
 
Orttirma nisbat 
 
Bajaruvchining ta’siri bilan boshqa shaxs yoki narsa tomonidan 
bajarilgan harakat yoki holatni bildiruvchi fe’l shakllari orttirma nisbat 
deyiladi. 
Qo‘shimchalari: 
1) -ar – faqatgina ikkita fe’lga qo‘shiladi: chiq/ar, qayt/ar; 
2) -giz/-kiz/-qiz/-g‘iz/-gaz/-kaz/-qaz mazkur qoshimchalardan -
giz/-g‘iz/-gaz qo‘shimchalari jarangli undosh bilan tugagan fe’llarga 
qo‘shiladi: yur+giz, kir+giz, tur+g‘iz, ko‘r+gaz; -kiz/-qiz/-kaz/-qaz 
qoshimchalari esa jarangsiz undosh bilan tugagan fe’llarga qo‘shiladi: 
o‘t/kaz, o‘t/qaz, ket/kiz, yut/qiz; 
3) -dir/-tir: jarangli undosh bilan tugagan fe’llarga -dir  qo‘shiladi: 
ye/dir, yoy/dir, buz/dir, kul/dir, qol/dir, toʻl/dir, ol/dir; -tir 
qo‘shimchasi esa jarangsiz va r, n, y, l kabi jarangli undosh bilan 
tugagan fe’llarga qo‘shiladi: top/tir, ayt/tir, uq/tir, ilin/tir, oqar/tir, 
ko‘pay/tir, kuchay/tir, kel/tir; 
4) -ir: bu qo‘shimcha ch, t, sh  tovushi bilan tugagan bir bo‘g‘inli 
fe’l asosiga qo‘shiladi: bot/ir, qot/ir, ich/ir, qoch/ir, shosh/ir, osh/ir, 
tush/ir, pish/ir; 
5) -iz: qoʻshimchasi q, m tovushi bilan tugagan bir bo‘g‘inli 
fe’llarga qoʻshiladi: oq/iz, em/iz, tom/iz; 
6) -t: unli bilan tugagan ikki va undan ortiq bo‘g‘inli fe’l asosiga 
qo‘shiladi: o‘qi/t, ishla/t, tuga/t; 


144 
7) -it: yur/it, kir/it; 
8) -sat: unumsiz: ko‘r/sat. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling