b) sodda yasama: oʻz/i/cha, butun/lay, qator/asiga, majbur/an,
yoppa/siga, atay/lab, doʻst/ona.
Juft ravishlar:
180
1. Har ikki qismi yakka holda ishlatiladi:
A. Qismlari oʻzaro ma’nodosh: asta-sekin, yana-tag’in, eson-omon.
B. Qismalari oʻzaro antonim: nari-beri, ochin-toʻqin, oldinma-
keyin, ozmi-koʻpmi, erta-yu kech, kecha-kunduz, qishin-yozin, yozin-
qishin, tun-kun.
C. Qismlarining ma’nosi yaqin: erta-indin, uzul-kesil, ura-sura,
unda-bunda.
2. Qismlaridan biri yakka holda ishlatilmaydi: dom-daraksiz,
moʻl-koʻl, ora-sira, ora-chora, roʻy-rost, sal-pal, chala-chulpa, emin-
erkin, huda-behuda, oz-moz.
3. Har ikki qismi yakka holda ishlatilmaydi: azza-bazza, apil-
tapil, imi-jimida, onda-sonda, eran-qaran, oʻlda-joʻlda.
Takroriy ravishlar: asta-asta, ahyon-ahyonda, birma-bir, birga-
birga, galma-gal, darajama-daraja, zinhor-bazinhor, yoʻl-yoʻlakay,
sira-sira, sekin-sekin, toʻg’ridan-toʻg’ri, tez-tez, es-es, oʻqtin-oʻqtin,
qayta-qayta.
(Juft va takroriy ravishla M.Olimovning “Risolai sarf” kitoblaridan)
Qoʻshma ravishlar:
1. Bir sanoq soni ba’zi soʻzlarning birikuvidan qoʻshma ravishlar
yasaladi: M.:
bir/oz( yoki nafas, yoʻla, varakay, lahza, kun ) + i/si+ ga(-da, -
dan)
2. Quyidagi olmosh hamda otlarning birikuvidan qoʻshma ravishlar
yasaladi.
ESLATMA
. Bularning tarkibida matn talabiga koʻra koʻplik, III
shaxs egalik, joʻnalish, oʻrin-payt hamda chiqish kelishigi
qoʻshimchalaridan biri yoki ikkitasi boʻlishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |