Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/202
Sana25.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1229059
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)

1. Sof (asl) ko‘makchilar. Bilan, uchun, sari, sayin, kabi, singari, 
yanglig‘, uzra, qadar, dovur, tufayli, haqida, to, doir, oid. 
Sof ko‘makchilar ohang jihatdan tobe, ya’ni o‘zidan oldingi so‘z 
bilan bir butunlikni tashkil etadi, shuning uchun so‘z urg‘usini qabul 
qilmaydi. Masalan, osmón uzra uchub o‘tmoq, yó’l bilan bormoq, 
maktáb sari ketmoq, quyósh kabi issiq, Vatán uchun xizmat qilmoq.
Atash ma’nosini tamoman yo‘qotib, faqat grammatik ma’no 
ifodalab, o‘zi birikkan so‘zni boshqa so‘zga tobelantirib bog‘lash 
uchun xizmat qiladigan ko‘makchilar s o f ko‘makchilardir
Yodda yuting. Sof ko‘makchilar nafaqat gap tarkibida, balki 
kontekstdan ajratib olinsa ham, mutlaqo leksik ma’no ifodalamaydi. 
 
2. Vazifadosh (nisbiy) ko‘makchilar. Ost, yon, ust, old, orqa, 
ro‘para, oldin, avval, keyin, so‘ng, tomon, qosh, bo‘ylab, qarab, 
ko‘ra, deya, deb, atab, qaramay, qaraganda, qaramasdan, boshqa, 
bo‘lak, tashqari, sababli, beri, bo‘yicha, osha, ichra, bo‘yi, 
to‘g‘risida, holda, yo‘sinda, qarshi, yarasha, asosan, binoan, muvofiq, 
qarata, o‘zga, buyon, burun, ilgari, boshlab, badaliga, davomida
vajidan, evaziga, borasida, bobida, misoli, tortib, chog‘li; tepa, tag, 
ich, ora, bosh, o‘rta+egalik+ga(-da, -dan). 
 
Vazifadosh ko‘makchilar aslida mustaqil so‘z turkumiga mansub 
so‘zlar bo‘lib, matndan tashqarida lug‘aviy ma’no ifodalay oladi, 
biroq ko‘makchi vazifasida kelganda leksik ma’no emas, balki 
grammatik ma’no ifodalab keladi, shuning uchun ma’lum so‘roqqa 
javob bo‘lmay, o‘zidan oldingi so‘z bilan birga bitta so‘roqqa javob 
bo‘ladi.
Yodda tuting. Vazifadosh ko‘makchilar matndan taqshqarida 
leksik ma’no ifodalovchi mustaqil so‘zlardir. Ular gap tarkibida o‘z 
ma’nosida kelishi mumkin. Masalan. Avval o‘yla, keyin so‘zla.  
Yoki aksincha gap tarkibida grammatik ma’no ifodalovchi
vazifadosh ko‘makchi sifatida keladi. Oradan ancha vaqt o‘tgandan 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling