qoʻshma olmosh sanaladi. M.: mana bu, mana shu, ana bu, ana shu.
ESLATMA!
Qoʻshma olmoshlar ajratib yoziladi. Bundan manavi,
anavi fonetik oʻzgarishga uchragan koʻrsatish olmoshlari mustasno.
Juft olmoshlar – bir-biriga mazmunan yaqin boʻlgan
olmoshlarning birikuvidan hosil boʻladi. Quyidagi olmoshlar
juftlashib keladi:
Kishilik: sen-men//sen-u men, siz-biz// siz-u biz. M.: Siz-u biz
og’zimiz san-manga bormasin.
Koʻrsatish: u-bu. M.: Doʻkondan ul-bul xarid qildim. Mashina
yuborsam, u-bularni berib yuborasiz.
Takroriy olmoshlar – bir olmoshning aynan yoki ayrim tovush
oʻzgarishi bilan (uncha-muncha) takrorlanishidan hosil boʻlgan
olmoshlardir.
Koʻrsatish (shu-shu, oʻsha-oʻsha), oʻzlik ( oʻzini-oʻzi), soʻroq
(kim-kim, nima-nima) hamda jamlash ( hamma-hamma, bari-bari)
olmoshlari takroriy shaklda kela oladi.
Qoʻshimcha ma’lumot. Olmoshlar boshqa soʻzlarning yasalishiga
asos boʻlishi mumkin. M.: oʻzboshimcha, oʻzbilarmon, manman
kabilar sifat hisoblanadi. Oʻzidan ketmoq, oʻziga kelmoq, oʻzini
yoʻqotmoq iboralar sanaladi.
Olmoshlarda fonetik oʻzgarish
Ayrim olmoshlarga qoʻshimchalar qoʻshilsa, oʻziga xos fonetik
oʻzgarish – tovush tushish hamda tovush ortish hodisalari yuz
beradi.
Men, sen birlikdagi kishilik olmoshlariga -ning, -ni, -niki
qoʻshimchalari qoʻshilsa, tovush tushadi. M.: men + ning=mening,
men+ni=meni, men+niki=meniki, sen + niki= seniki, sen + ni=seni,
sen+ning=sening.
114
Do'stlaringiz bilan baham: |