Soʻroq olmoshlari ishtirok etgan soʻzlar ifoda maqsadiga koʻra
soʻroq gap sanaladi. Bunday gaplar soʻroq ohangi bilan talaffuz
qilinadi va oxirida soʻroq belgisi qoʻyiladi. M.: Kechagi gaplardan
soʻng qaysi yuzi bilan boradi?
Ba’zan soʻroq olmoshlari bir-birining oʻrnida almashinib keladi.
Nima (qanday) ishlari bor ekan? Mazkur gapda belgi soʻrog’i
oʻrnida, narsa soʻrog’i ishlatilgan.
ESLATMA
! Soʻroq olmoshlari quyidagi ergashgan qoʻshma
gaplarning tobe – ergash gapida nisbiy soʻz boʻlib keladi va
bunda ular soʻroq mazmunini ifodalamaydi. M.:
1. Ega ergash gapda: Kim jiddiy tayyorlansa, u albatta oʻqishga
kiradi.
2. Toʻldiruvchi ergash gapda: Nimani soʻrasangiz, shunga javob
beraman.
3.Aniqlovchi ergash gapda: Kimning qalbi toza boʻlsa, uning iymoni
mustahkam boʻladi.
4. Hol ergash gapning a) oʻrin ergash gapida: Qayerda intizom boʻlsa,
oʻsha yerda rivojlanish boʻladi.
b) daraja-miqdor ergash gapida: Bir-birimizni qancha yaxshi bilsak,
shuncha baxtli yashaymiz.
Koʻrsatish olmoshlari
Oldingi gap, gapdagi biron-
bir soʻz, soʻz birikmasi oʻrnida
qoʻllanib, unga ishora qiluvchi soʻzni aniqlab keluvchi olmoshlar
koʻrsatish olmoshlari hisoblanadi.
Koʻrsatish olmoshlari quyidagi qoʻshimchalarni qabul qilib kelad va
bunda “n” tovushi ortadi: u ( bu, oʻsha, shu, mana bu, mana shu)
121
+day ( -aqa, -cha, -aqangi, -dayin)=unday, unaqa, uncha,bunday,
oʻshanaqa, mana bunaqangi, mana shundayin.
• Mazkur qoʻshimchalar vositasida hosil boʻlgan olmoshlar
Do'stlaringiz bilan baham: |