118
Oʻzimni moziyning bag’riga urdim,
Va
shu on shukrona aytib qaytdim men (oʻzim),
Kimdir koʻrmay ketgan baxtni
men (oʻzim) koʻrdim,
Kimdir aytmay ketgan soʻzni aytdim
men (oʻzim).
(A. Oripov)
Oʻzlik olmoshi ergashgan qoʻshma gaplarning bosh gapida
nisbiy soʻz boʻlib keladi. M.:
Kim birovga choh qazisa, unga oʻzi
yiqiladi.
Belgilash olmoshi
To
ʻpdan ajratilgan yoki jamlab koʻrsatilgan shaxs, narsa, belgi,
harakat-holatlarni ifodalaydigan olmoshlar belgilash olmoshlari
sanaladi.
Har soʻzi soʻroq olmoshlariga, bir soʻziga qoʻshilib, toʻpdan
ajratilgan
shaxs,
narsa,
belgilarni
bildiradigan
belgilash
olmoshlarini hosil qiladi.
Hamma, barcha, bari, butun olmoshlari esa shaxs, narsa, belgi
harakatlarni jamlab ifodalaydi.
Ta’rifdan anglashilib turganidek,
belgilash olmoshlari ichki ikkiga
bolinadi.
A. Belgilash olmoshi – toʻpdan ajratilgan shaxs, belgi, harakat-
holatlarni bildiradi. Tuzilishiga koʻra ikki xil:
a) tub sodda:
har. M.:
Har bahorda shu boʻlar takror.
Do'stlaringiz bilan baham: