Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/202
Sana25.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1229059
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)

b) qoʻshma soʻz shaklida. Bunda har soʻzi soʻroq olmoshlariga 
bog’lanib, ot, sifat, son, ravish xarakteridagi belgilash olmoshlarini 
hosil qiladi. 
Ot xarakteridagi belgilash olmoshlari: har kim, har nima, har qayer, 
har narsa. Bular otga xos egalik, kelishik koʻrsatkichlarini qabul 
qiladi. 
Sifat xarakteridagi belgilash olmoshlari: har bir, har qanday, har 
qaysi, har qanaqa. Mazkur olmoshlar xuddi sifatlar kabi otga 
bog’lanib belgi ifodalaydi. M.: Har bir inson oʻz baxti uchun 
kurashadi. 
Son xarakteridagi belgilash olmoshlarihar qancha, har necha 
Ravish xarakteridagi belgilash olmoshlarihar qachon, har qayer 
B. Jamlash olmoshi – shaxs-narsa, belgi, voqea-hodisani 
umumlashtirib, jamlab koʻrsatadi. M.: jami, jamiki, yalpi, butun, bari. 


119 
Jamlash olmoshlari sifat xarakteridagi olmoshdir, shuning 
uchun otga bog’lanib belgi ifodalaydi. M.: Dildorning bari gaplari 
haqiqat edi. 
Bular otlashgandagina otga xos koʻrsatkichlarni qabul qiladi. M.: 
Biznikiga mehmon keldi, hamma/si/ning qoshi qora (loviya). 
Unutmang! 1. Gapda otlashgan jamlash olmoshlarining ayrimi 
oʻrnida shaxs otini almashtirib qoʻysa boʻladi, ya’ni ot oʻrnida 
keladi. M.: Hamma peronda, hamma (odamlar) oʻz jigarini qidiradi.
2. Jamlash olmoshi uyushiq boʻlaklarda umumlashtiruvchi soʻz 
sifatida keladi. M.: Yig’ilishda barcha: direktor, oʻqituvchilar, 
xizmatchilar qatnashdi. 
ESLATMA!
 Bari soʻzida koʻtarinkilik, tantanavorlik boʻyog’i bor. 
 
Boʻlishsizlik olmoshi 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling