Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Olmosh soʻz turkumining xususiyatlari


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/202
Sana25.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1229059
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)

 
Olmosh soʻz turkumining xususiyatlari 
I. Olmosh oʻz soʻrog’iga ega emas. 
ESLATMA:
Olmoshlar qaysi soʻz turkumi oʻrnida kelsa, oʻsha 
soʻz turkumining soʻrog’ini qabul qiladi. 
IIOlmosh soʻz turkumining maxsus sintaktik vazifasi ham 
yoʻqGapda qaysi soʻz turkumi oʻrniga kelsa, shu soʻz turkumining 
sintaktik vazifasida keladi. 
IIIOlmoshlar atash ma’nosiga ega emas. Olmosh matndan 
tashqarida mutlaqo ma’noga ega boʻlmaydi, faqatgina gapda qaysidir 
soʻz yoki gap oʻrnida almashinib kelsa, shunga qarab uning “ma’nosi” 
belgilanadi.
IV. Olmoshning asosiy uslubiy xususiyatlaridan biri shundaki, u 
nutqni ixchamlashtirib, goʻzal va ravon qiladi, chunki olmoshlar 
nutqda soʻz takrorining oldini oladi. M.: Lirika shoir qalbining 
yilnomasidir. Shoir (Uoʻz qalbida kechgan jarayonlarni aks ettirish 
orqali oʻz qalbining tarixini yaratadi. 
V. Olmoshlarning yasalishi. Olmoshda yasovchi qoʻshimcha yoʻq. 
Demak, u affiksatsiya usuli bilan yasalmaydi. Lekin maktab ona tili 
darsligida kimdir, qaysidir, allakim, allaqanday singari gumon 
olmoshlarini “sodda yasama” deb berilganini koʻrish mumkin. Bu fikr 
bahsli. 
Olmoshlar boshqa soʻz turkumlaridan yasalmaydi. 
Boʻlishsizlik, belgilash, koʻrsatish olmoshlari oʻz ichki 
imkoniyatiga koʻra kompozitsiya usuli bilan yasaladi. (Qoʻshma 
olmoshlarga qaralsin)
V. Olmoshning maxsus lug’aviy shakl yasovchilari, sintaktik 
shakl yasovchilari ham yoʻq.
UNUTMANG!
Olmoshlar qaysi soʻz turkumining oʻrnida kelsa, oʻsha 
soʻz turkumining xususiyatlariga ega boʻladi. Masalan, ot 
xarakteridagi olmoshlarni koʻrib oʻtsak. 
1. Otning soʻrog’ini qabul qiladi. M.: men, sen, biz, siz – kim
2. Egalik qoʻshimchasini qabul qiladi. M.: oʻz/im, oʻz/ing, oʻz/i
oʻz/imiz, oʻz/ingiz, oʻz/lari 
3. Kelishik qoʻshimchalarini qabul qiladi. M.: mening (-ni, -ga,-da, -
dan). 


112 
4. Koʻplikni qabul qiladi. M.: kimlar,nimalar
5. Otning chegara shakli qoʻshimchasini oladi. M.: Sen+gacha gap 
qolgani yoʻq. 
6. Oʻrin-joy shaklini oladi. M.: Biz+dagi ishonch iymonga 
asoslangan. 
7. Otning oʻxshatish shaklini qabul qiladi. M.: Sen+dek menga 
bir yor-u jafokor topilmas, Men+dek senga bir zori vafodor 
topilmas.(Bobur) 
• Erkalash shaklini qabul qilmaydi. 
• Ot xarakteridagi hamda otlashgan olmoshlar ot soʻz 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling