Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


ESLATMA! -inchi qoʻshimchasi bir soniga qoʻshilib, “ilk”


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/202
Sana25.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1229059
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)

ESLATMA!
-inchi qoʻshimchasi bir soniga qoʻshilib, “ilk”, 
“oldingi”, “avvalgi” ma’nolarda keladi. M.: Men seni esga oldim
birinchi muhabbatim!(A.Oripov) 
Harakat-holatning ham belgisini ifodalaydi. M.: Darsdan keyin test 
ishlashni birinchi eshitishim. 
Yozilishi. Tartib sonlar arab raqami bilan yozilganda, -(i)nchi 
qoʻshimchasi oʻrnida, arab raqamidan soʻng chiziqcha (-) qoʻyiladi. 
M.: 
9-sinf, 3-qavat, 2012-yil, 27-dekabr. 
Tartib sonlar rim raqami bilan ifodalanganda, chiziqcha (-) 
qoʻyilmaydi, chunki oʻzbek tilida rim raqamlari faqat tartib son 
sifatida ishlatiladi. M.: VII sinf, III kurs, XXI asr, LXXII bob. 
 
Ham kasr, ham butun sonlar aralash sonni yuzaga chiqaradi. 
Yoʻlning kengligi 10,5 – oʻn butun oʻndan besh metr edi. 
 
 


110 
OLMOSH SOʻZ TURKUMI 
 
 
Mazkur soʻz turkumining nomiga e’tibor bersak, “almashmoq” 
fe’li ekanligini bilish mumkin, chunki bu soʻz turkumi matnda ma’lum 
bir soʻz, soʻz birikmasi, gap oʻrniga kelib ularga ishora qiladi. M.: 
 
1. Soʻzga ishora qiladi: Kitobni koʻp oʻqisangiz, undan koʻp 
hikmat topasiz. (Izoh: Mazkur gapda undan olmoshi kitob soʻziga 
ishora qilyapti.) 
2. Gapga ishora qiladi: Istagim shuki, doimo tinchlik 
boʻlsin.(Izoh: Mazkur gapda shuki olmoshi “Doimo tinchlik 
boʻlsin” gapiga ishora qilyapti.)
 
3. Soʻz birikmasiga ishora qiladi. M.: Men kitob oʻqishni 
yoqtiraman. 
Vaqt 
topdim 
deguncha 
shu 
mashg’ulot 
bilan 
shug’ullanaman. (Izoh: Shu olmoshi “kitobni oʻqish”, “oʻqishni 
yoqtiraman” soʻz birikmalariga ishora qilyapti.
 

Boshqa soʻzlar, shuningdek, soʻz birikmasi va gap oʻrnida 
almashinib qoʻllaniluvchi, ularga ishora qiluvchi yoki soʻroq 
bild
iruvchi soʻzlar olmosh hisoblanadi. 
 

 
Ta’rifda qayd qilinganidek, tilimizdagi deyarli barcha soʻroq 
soʻzlar olmoshga – soʻroq olmoshlariga mansub. Faqat fe’lning 
soʻroqlari nima qilmoq? nima boʻlmoq? kompozitsiya usuli bilan 
yasalgan qoʻshma fe’llardir. 
  Olmosh ta’rifda qayd qilinganidek soʻzlar – soʻz turkumlari 
oʻrnida kela oladi. Qarang.
1. Ot oʻrnida keladi. M.: Alisher Navoiy oʻrta asrlarda yashagan. 
daho ijodkordir. (U – Alisher Navoiy. Atoqli otga ishora qilyapti.) 
2. Sifat oʻrnida keladi. M.: Men qadimiy shaharda yashayman. Bu 
kabi shahar dunyoning boshqa yerida yoʻq.
3. Son oʻrnida keladi. M.: Xolid toshni oʻn marta koʻtardi. Men 
ham shuncha koʻtarishni orzu qilaman. 
Oʻnta daftar oldim. Shuncha daftar nega kerak. 
4. Ravish oʻrnida keladi. M.: Bobur noiloj Samarqanddan chekindi. 
Nega Samarqanddan chekindi? 
5. Undov soʻz turkumiga ishora qiladi. M.: Salom – inson odobining 
ziynatidir. Bu ziynatdan farzandlarimiz bebahra qolmasin. 


111 
6. Taqlid soʻz turkumiga ishora qiladi. M.: Shivir-shivir ovozlar 
eshitilyapti. Albatta, bu ovoz kishiga yoqmaydi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling