Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Qoʻshma son ikki va undan ortiq asosdan iborat


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/202
Sana25.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1229059
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)

Qoʻshma son ikki va undan ortiq asosdan iborat. 
  Oʻzbek tilida qoʻshma sonlar ikki xil munosabat asosida paydo 
boʻladi: 
1. Teng munosabat asosida. M.: oʻn yetti, oʻn sakkiz. 
Izoh! Ular orasiga biriktiruv bog’lovchilarini qoʻysa boʻladi: 25 –
yigirma va besh. 
2. Tobe munosabat asosida. M.: toʻrtdan biri, oʻnning beshi.
Juft sonlar – ikki qismdan iborat boʻlib, chiziqcha (-) bilan 
ajratib yoziladi. Sonlarning juftlashishida bitta qonuniyat bor. Bu 
ham boʻlsa, ularning quyidan yuqoriga qarab juftlashishidir. M.:  
toʻrt-beshta, oʻn-oʻn bir, ellik-oltmish. 
Juft sonlar tarkibiga koʻra:
1) tub-tub : ikki-uchta, toʻrtta-beshta; 
2) tub-qoʻshma: oʻn-oʻn besh, yuz-yuz ellik; 
3) qoʻshma-qoʻshma: oʻn besh-oʻn olti. 
Unutmang! Juft sonlarning barchasi ma’no munosabatiga koʻra 
chama son sanaladi. 
Takroriy son – bir asosning takroridan hosil boʻladi. M.: 
ikkita-ikkita, beshta-beshta, oʻn-oʻntadan. 
Unutmang! Takroriy sonlar tenglik munosabatini ifodalaydi
shuning uchun taqsim son sanaladi.


97 
 
VIISon hamda sifatlar bir paytda otga bog’lanib keladigan 
boʻlsa, avval son, keyin sifat, undan soʻng ot keladi. Formula: son 
– sifat – ot 
Ikkita qizil olma, oʻnta qiyin test.
VIII. Sonnig boshqa soʻz turkumlari vazifasida kelishi. 
Sonnig ma’no munosabatiga koʻra tartib, dona, jamlovchi (-ala 
shaklidagi) shakllari otlashib, otga xos koʻplik, egalik, kelishik 
qoʻshimchalarini qabul qilib , otga xos sintaktik vazifalarda keladi.  

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling