Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Dona son va uning yasalishi


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/202
Sana25.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1229059
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)

Dona son va uning yasalishi
 
Narsalarning miqdorini donalab ifodalaydigan sonlarga 
dona son deyiladi.
Qoshimchasi: -ta: oʻn ikkita, oltita, ikkita,.. 
• 
Mazkur qoʻshimcha istalgan sanoq son asosiga qoʻshiladi. 
Xususiyatlari

1. Mazkur qoʻshimcha urg’u qabul qilmaydi. 
2. Bir soniga qoʻshilsa “r” “t” tovushiga oʻzgaradi va shunday 
yoziladi: bir + ta = bitta. 
3. Dona son nafaqat otning, balki fe’lning – harakat va holatning 
belgisini ham ifodalaydi. M. : Bitta gapirib, oʻnta kuladi.
4. -ta shaklidagi dona sondan soʻng ham(yam) yuklamasi keladi 
va bunda gapning kesimi inkor  shaklda boʻladi. M.: Dars davomida 
bitta ham gapirmadi. 
5. -ta qoʻshimchasidan soʻng koʻplik qoʻshimchasi -lar  
kelmaydi. 
6. Ikki sanoq soniga qoʻshilgan –ta qoʻshimchasidan soʻng III 
shaxs egalik koʻrsatkichi kelishi mumkin va bunda u otlashadi. M.: 
Ikkita/si kelib ketdi.


104 
ESLATMA

-
ta dona son qoʻshimchasi oʻrnida keladigan hisob 
soʻzlar. Donalab sanalayotgan narsalarning turini t a’ k i d l a sh
uchun -
ta qoʻshimchasi oʻrniga quyidagi hisob soʻzlari keladi.
1) hayvonlarga nisbatan ishlatiladigan bosh hisob soʻzi keladi. M.:
ikki+ta qoʻy – ikki bosh qoʻy;
2) shaxslarga nisbatan ishlatiladigan nafar soʻzi: besh+ta oʻquvchi – 
besh nafar oʻquvchi;
  3) oʻsimliklarga nisbatan ishlatiladigan tup soʻzi: oʻn+ta gilos 
koʻchati – oʻn tub gilos koʻchati; 
4) predmetga nisbatan ishlatiladigan dona soʻzi: uch+ta daftar – uch 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling