Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biror
Qiziquvchilar uchun. Bir soʻzi qoʻllanishi, vazifasi va ma’nosiga
koʻra ayrim hollarda boshqa sanoq sonlardan farqlanib turadi. Bu soʻz uch xil holatda kelishi kuzatiladi: 1) tub soʻz shaklida; 2) qoʻshimchalar bilan birga; 3) ayrim soʻzlar bilan birga. Bir sanoq soning tub soʻz shaklida kelishi. Bunda quyidagi ma’nolarda keladi: 1) sanoq manosini anglatib, predmetning belgisini ifodalaydi: Yana bir kitobni oʻqishim kerak. Yodda tuting. Agar bir soni otga bog’lanib, aniq miqdoriy koʻplikni ifodalasa, gap urg’usini oladi. 2) noaniqlikni ifpdalab, gumon olmoshi ma’nosida keladi. M.: Keng yag’rinli bir oʻzbek yigiti soʻzlay boshladi. Yodda tuting. Agar noaniqlikni ifodalasa gap urg’usini olmaydi. 3) fe’lga bog’lanib, harakatning belgisini ifodalab keladi. M.: Mashina bir lapangladi-da, oldinga intildi. 4) istak, xohish ma’nosini ifodalab keladi: Ertaga bir hordiq chiqarsam. 5) predmetlarning bir turda yoki jinsdosh ekanligini hamda “bir xil” degan ma’noda keladi. M.: Egizaklarning boʻyi, yuzi, qilig’i bir. Tiling bilan koʻnglingni bir tut. Behruz bilan Doniyorning yoshi bir. 6) ma’noni kuchaytirib keladi: Kecha bir yomg’ir yog’di. 7) takror kelib ayiruv bog’lovchisi vazifasida keladi va navbatma- navbat yuzaga kelgan voqeani ifodalab keladi: Bir qor yog’adi, bir yomg’ir. Izoh. Bunda u bog’lovchi sanaldi. Bir soʻzi ba’zi qoʻshimchalar yoki yuklamalar bilan qoʻllanganda: 102 1) egalik qoʻshimchalarini olib, oʻxshashlik ma’nosini ifodalaydi: U ham mening bir/im. 2) joʻnalish kelishigi qoʻshimchasini qabul qilib, tub soʻz holiga kelib, ravishga koʻchadi va birgalik ma’nosini ifodalaydi: Humoyun bilan birga keldim. 3) chiqish kelishigi qoʻshimchasini qabul qilib, tub soʻz holiga kelib, toʻsatdan boʻladigan voqeani ifodalab, ravishga koʻchadi: Bola birdan yig’lsb yubordi. 4) -day yasovchisini olib, holat ravishiga aylanadi: Ota-ona farzandlariga birday qaraydi. 5) -ov jamlovchi son qoʻshimchasini olib, batamom tub soʻz holiga kelib, gumon olmoshiga aylanadi hamda noaniq shaxs ma’nosini ifodalaydi: Hovlida sizni birov kutyapti. 6) -oq elementini qabul qilib, tub soʻz holiga kelib, zidlov bog’lovchisi vazifasida keladi: Qor yog’yapti, biroq havo iliq. 7) -akay qoshimchasini olib, “butunlay”, yoki “tamoman” ma’nolarini ifodalaydi: Mashina birakay toʻxtab qoldi. 8) -or/-on qoʻshimchalarini oladi: Biror voqea yuz berdimikan? Ba’zan bu soʻzdan keyin -ta qoʻshimchasi qoʻshilib kelishi mumkin: Bironta insonga ishonmaslik – bu fojea. 9) -gina yuklamasini olib, chegaralash ma’nosini ifodalaydi. Bunda u bog’langan soʻz chegaralab koʻrsatiladi: Darsga birgina Azamat kelmagan. 10) ham yuklamsini -am shaklida qabul qilib, belgini kuchaytirib keladi: Havo biram sovuq. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling