103
6)
bari, ba’zi, har, qay(si) soʻzlaridan
keyin kelib, qoʻshma soʻzni
tashkil etadi:
ba’zi bir, qay(si) bir sifat vazifasida,
har bir belgilash
olmoshi,
baribir ( ega+kesim munosabatidan kelib chiqqan) – kirish
soʻz yoki soʻz - gap vazifasida qoʻllaniladi.
Bir soʻzining juftlanib kelishi mumkin. Bunday vaqtda u kelishik
(ma’nosini yoʻqotib qotib, qolgan kelishik), egalik qoʻshimchalarini
oladi:
bir-biri, bir-biriga, biri-biriga kabi.
Shuningdek,
birin-ketin,
birin-sirin kabi juft soʻzlarning oldingi qismi boʻlib keladi.
Unutmang. Bir soʻzi yakka holda takror kelsa, ravishga
koʻchadi: Jonon kelar bir kecha,
bir-bir bosib astagina.
Oldingi qismi chiqish kelishigi shaklida boʻlsa,
yakka, yagona
ma’nolarini bildiradi:
Birdan bir orzum oʻqishga kirish.
Bir soʻzi oʻrnida ishlatiladigan soʻzlar. Oʻzbek tilida
bir soʻzi
oʻrnida nutq talbiga koʻra
ilk soʻzi qoʻllanishi mumkin:
Boychechak
bahorning ilk darakchisidir.
Shuningdek,
bir soʻzi ma’nosida
yakka, yolg’iz, yagona, tanho kabi
soʻzlar ham kelishi mumkin. M.:
Otabek Yusufbek hojining yolg’iz
(yakka-yu yagona) oʻg’li.
Do'stlaringiz bilan baham: