UNUTMANG! Hisob soʻzlari asosan ot soʻz turkumiga
mansub.
Hisob soʻzlari sanoq son va ot oʻrtasida kelib, son bilan birgalikda
bitta gap boʻlagi vazifasida keladi. M.: bir hovuch suv, 2 qop un, besh
yashik olma.
Oʻzbek tilida hisob soʻzlarning ishlatilishi juda keng va xilma-
xildir.
Eski hisob soʻzlari:
Botmon (16 kg 365 gr): Uch botmon bug’doy oldi.
Qadoq (400 gr): Qassobdan yarim qadoq goʻsht olib kel.
Jon: Oilada toʻrt jon odam bor.
100
Tanob ( 8,33 sotix) : Qishloqda toʻrt tanob yeri bor.
Gaz: Toʻrt gaz boʻzini olib ketishibdi.
Sarjin: Har kuni besh sarjin oʻtin sotadi.
Paysa ( taxminan 50 gr): Ikki paysa goʻsht boʻlsa edi.
Taxta: Bir necha kunlik ishdan soʻng besh taxta qog’oz tayyorlandi.
Yumaloq: Toʻrt yumaloq pamil choy oldi.
Mahal (vaqt): Besh vaqt namoz. Dorini ikki mahal iching.
Pud: Ellik pud paxta sotdi.
Tosh: Manzilga qadar ikki tosh yoʻl qoldi.
Soʻlkavoy: Bir soʻlkavoy pul oldi.
Enlik: Onasigga ikki enlik xat ham yozmaydi-ya.
Chaksa ( taxminan 5 kg) : Nosfurush kechgacha bir chaksa nos
sotdi.
Misqol ( taxminan 4,25 gr): Oltin tanga bir misqol atrofida ekan.
XX asrda rus tili ta’sirida kirib kelgan hisob soʻzlari: gektar,
kubometr, kilovatt-soat, sotix, pachka, millimetr, santimetr, detsimetr,
metr, kilometr, kilo, sentner, tonna, gradus, par, ekzemplyar.
1. Predmetlarni yakkalab hisoblash uchun ishlatiladigan hisob
Do'stlaringiz bilan baham: |