dona daftar;
Darslikka koʻra, litr (suyuqlik), gramm (og’irlik) kabi
soʻzlar ishlatiladi. M.: ikki+ta – ikki litr.
Ma’rifiy ma’lumot. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-
Buxoriyning “Al-Jome’ as-Sahih” hadislar to‘plami islom olamida
Qur’ondan keyingi kitob “Kutub as-sitta” (olti hadis to‘plami)ning
avvalgisi sanaladi. Mazkur asar haqida muallif shunday deydi:
“Hadislarni to‘plamga kiritishimdan avval g‘usul qilib, so‘ng ikki
rakat istixora namozini o‘qir edim. Men bu to‘plamdagi hadislarni
jami olti yuz ming aralash va ikki yuz mingta sahih sahih hadislar
orasidan ajratib oldim.
To‘plamni yozish uchun o‘n olti yil umrimni sarfladim. Toki bu
Olloh bilan mening o‘rtamda hujjat bo‘lsin uchun” (Imom az-
Zahobiy, “Siyor a’lom an-Nubalo”, 12-jild, 391-bet).
To‘plam 97 ta kitob (fasl) va 3405 ta boblardan iborat.
To‘plamdagi hadislarning soni esa quyidagichadir:
Mutaba’at (ketma-ket davom etuvchi) hadislarning soni 344 ta.
Ta’aliq (hoshiyasida izoh bilan kelgan) hadislarning soni 1341 ta.
Takror kelmaydigan mavsula (Muhammad payg‘ambarga
bog‘langan) hadislarning soni 2602 ta.
Takror keladiganlar soni 7397 ta.
“Al-Jome’ as-Sahih”ning barcha hadislari 183 ta sahoba vositasi
bilan rivoyat qilinib, ularning 31 tasi ayollardir.
To‘plamdagi ko‘p rivoyat qilgan sahobalar alohida beshlikni
tashkil qiladi. “Buloq” nomli 8 jilddan iborat nusxasi sulton Abdul
Hamid tasarrufi bilan besh ming nusxada chop etilgan.
105
Taqsim son
Narsalarning
Do'stlaringiz bilan baham: |