ko‘chgan so‘zlar ham mavjud: 1) olmoshdan : qani; 2) fe’llardan:
kel, hormang, yo‘qol, bor-ey, yashang, kechirasiz. M.: Kel, bir
bahslashaylik!
Bundan tashqari undov so‘zlarning yana ikki guruhi bor. Ular:
1. Rasm-odat undovlari – xalqimizning o‘ziga xos muomala
etikasini, madaniatini ifodalaydi. Ular: assalom-u alaykum, salom,
assalom, vaalaykum assalom, xo‘sh, marhamat, marhabo, xush
ko‘rdik, xayr, oq yo‘l, rahmat, tashakkur, shukur, qulluq, bosh ustiga,
balli, ofarin, barakalla, qoyil, hormang, bor bo‘ling, esonmisiz,
omonmisiz, uzr.
2. Ko‘rsatish, ta’kid undovlari quyidagi ma’nolarni ifodalaydi:
1) ko‘rsatish: hu, huv, hovv;
2) javob, tasdiq, ta’kid, mulohaza: ha-ha-ha, xo‘sh, labbay, ha.
• Eslatma. Nutqiy odat undov so‘zlari ham bor: a, xo‘sh, hm,
xo‘p (Izoh. Har bir kishining nutqida individual uchraydi.)
Tuzilishiga ko‘ra turlari
1. Sodda: o, e, a, eh, uf, allo, kisht, pisht, xayr, uzr, oh, ma, obbo.
2. Juft: o‘h-ho‘, eh-he, eh-ha, voy-bo‘, voy-dod, e-voh, voy-voy-
yey, e-ha-a.
3. Takroriy: bay-bay, oh-oh, mah-mah, pish-pish; e-e-e, bay-
bay-bay, hay-hay-hay.
199
Bor bo‘ling, assalom-u alaykum, vaalaykum assalom, xush
ko‘rdik kabi qo‘shma holdagi undov so‘zlar bo‘lsa-da, shu holicha
sintaktik birliklardan ko‘chib o‘tgan .
Sintaktik xususiyati
Undovlar, odatda, gap bo‘lagi vazifasini bajarmaydi. Ular yo
kirish so‘z, yoki so‘z-gap bo‘lib kelishi mumkin. M.:
1. Kirish so‘z: Voy, shoshmang, diydorginasiga bir to‘yvolay.
(S.Ahmad)
2. So‘z gap: Uf!.. – dedi Xatira xila. (Abbos Muhiddin)
3. Otlashsa, otning sintaktik vazifalarini bajaradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |