Ot yasaladi: qahqaha, g‘arg‘ara, jizza, bizbizak, varrak, qarsak,
hiqildoq, chirildoq.
Sifat yasaladi: po‘rsildoq, do‘rildoq, gulduros, sharros, jirtaki,
shartaki.
UNDOV SO‘ZLAR
Insonning his-hayajonini, xitob, haydash-chaqirish ma’nolarini
hamda
rasm-odat bilan bog‘liq
murojaatlar, nutqiy odatni
ifodalaydigan so‘zlarga undov so‘zlar deyiladi.
Leksik-grammatik xususiyatlari:
197
1. Undovlar semantik jihatdan atash xususiyatiga ega emas.
Izoh. Rasm-odat undov so‘zlarida o‘ziga xos leksik ma’no
mavjud. M.: assalom-u alaykum, xush kelibsiz, rahmat, oq yo‘l...
5. Morfologik jihatdan o‘zgarmaydi.
6. Affiksatsiya usuli bilan yasalmaydi.
4. Sintaktik jihatdan gap bo‘lagi vazifasida kela olmaydi hamda
gap bo‘laklari bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi, shuning uchun
gapda vergul bilan ajratiladi. M.: O‘h-ho‘, muncha muzdek?
(O‘.Umarbekov)
5. Eng muhim grammatik xususiyatidan biri otlashib, otga xos
grammatik ko‘rsatkichlarni qabul qiladi va otning sintaktik
vazifalarida kela oladi.
Undovlarning ma’no jihatidan turlari
I. His-hayajon undovlari – kishilarning quyidagi hissiyotlarini
ifodalab keladi:
1) shafqat, mehribonlik: ie, o, voy, voy-ey, eh;
2) sevinch, xursandchilik, zavqlanish: ho, o‘h-ho‘, ehe;
3) qoyil qolish, rohatlanish: hay-hay (takrorlansa), oh-oh;
4) mamnuniyat, faxrlanish, mag‘rurlanish, xayrihohlik: e-ha,
eh, ha-ya, o‘;
5) norozilik: e, uf, he, obbo;
Do'stlaringiz bilan baham: |