6) g‘azab-nafrat: dod, voy-dod, oh
Izoh. Undovlarning qanday his-tuyg‘uni ifodalab kelishi
kontekstda namoyon bo‘ladi. Solishtiring: Oh, qanday go‘zal bu
olam! (cheksiz quvonch, hayotdan lazzatlanish). Oh zolim falak, yiqil
boshimga! (norozilik, g‘azab.Uyg‘un, I.Sulton)
Undovlar yozuvda gap bo‘laklaridan v e r g u l bilan
ajratiladi. M.: Oh, bizning odamlar, dilkash odamlar...(S.Zununova).
Agar undov kuchli bo‘lsa, his-hayajon bilan aytilsa, u n d o v
belgisi qo‘yiladi. M.: Eh! Havo naqadar sof va musaffo!
II. Buyruq-xitob undovlar – kishilarning diqqatini tortish,
jonivorlarni haydash, chaqirish va to‘xtatish uchun qo‘llaniladigan
so‘zlardir.
Buyruq-xitob undovlari ikki xil bo‘ladi:
1. Odamlarga qaratilgan undovlar:
198
a) kishilarning diqqatini tortish uchun qo‘llanadigan: hoy,
hay (bir marta aytilsa), hey, allo, ey, oy;
b) ta’kid, buyurish uchun qo‘llanadigan: ma, tss, jim, marsh,
qani, fisht;
2. Hayvonlarga yoki boshqa jonivorlarga qaratilgan
undovlar:
a) hayvon va jonivorlarni chaqirish uchun qo‘llanadigan:
kisht, bah-bah, mosh-mosh, tu-tu-tu, kuch-kuch, gah, chuh, beh-beh,
qurey-qurey;
b) hayvon va parrandalarni biror harakatdan to‘xtatish
uchun qo‘llanadigan: ishsh, ho‘k, tak, qayt, hayt;
c) hayvon va parrandalarni biror ishni bajarishga undash
uchun ishlatiladigan: pisht, drr, xix, hov-hov, cho‘k, tek, hayt, chu.
Qo‘shimcha ma’lumot. Mustaqil so‘zlardan undovlarga
Do'stlaringiz bilan baham: |