Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

uqtirish, xohish ma’nolarini ham bildiradi. M.: Qani, yur-chi
Kitobingni berib tur-chi.
-a/ -ya yuklamalari ham so‘roq va taajjubdan tashqari his-
hayajonni, tasdiq va ishonchni ham bildiradi. M.: Qanday chiroyli-ya
Go‘sht olibdi - jiqqa yog‘-a 
2. Kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari manbalarda farqlab 
beriladi. 
A. Kuchaytiruv yuklamalari – yuklamalari nutqqa tasviriylik 
berib, so‘z ma’nosini kuchaytirish uchun xizmat qiladi. Ular: axir, 
hatto//hattoki, -oq//-yoq, nahot//nahotki; tim, qoq, qip, shir, liq, lim, 
g‘irt, g‘arq, shilta, jiqqa. 
M.: tim qora, liq to‘la, lim to‘la, g‘irt yolg‘on, shir//qip 
yalang‘och, g‘arq pishgan, jiqqa ho‘l yuklamalari nutqqa tasviriylik 
berib, so‘z ma’nosini kuchaytirish uchun xizmat qiladi.  
B. Ta’kid yuklamalari – gapning ma’lum bir bo‘lagini yoki 
butun gap ma’nosini ta’kidlab keladi. Ular: -ku, -da, -ki//-kim, -u//-yu, 
-la, ham. 
M.: Yurtimiz yaqin kunlarda bundan-da go‘zalroq, bundan-da 
farovonroq bo‘lishiga ishonaman. (I.To‘lakov). Kelib-la ketdi. Akam 
ham mukofot oldi. 
 
Eslatma. Ham yulamasi fonetik o‘zgarishga uchrashi mumkin: 
U yurtiniyam, xalqiniyam boqdi. (O.) 


193 
3. Ayiruv va chegaralov yuklamalari: -gina//-kina//-qina, 
faqat, xolos, atigi. 
ESLATMA
.Yolg‘iz sifati, bir soni faqat, -gina//-kina//-qina  
yuklamalari o‘rnida qo‘llaniladi.
Bu yuklamalar ayrim shaxs, narsa va hodisani boshqasidan 
ajratish harakatni chegaralash uchun qo‘llanadi. M.:  Faqat daraxtlar, 
ariqlar, ko‘priklargina tanish. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling