Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

 
YUKLAMA
 
 
 
So‘z yoki gaplarga so‘roq, ta’kid, ayirish-chegaralash, gumon, 
o‘xshatish, inkor kabi ma’nolarni yuklovchi so‘z va 
qo‘shimchalarga yuklamalar deyiladi. 
Yuklamalar shakliy, ya’ni tuzilishi jihatdan ikki xil bo‘ladi: 
1. So‘z shaklidagi yuklamalar: faqat, axir, hatto//hattoki, na – 
na, xuddi, naq, nahot//nahotki, ham, xolos. 

2. Qo‘shimcha shaklidagi yuklamalar: -a//-ya, -mi, -chi, -la,
-oq//yoq, -gina//-kina//-qina, -dir, -u//yu, -ku, -da, -ov//-yov. 
Bilib oling. Qo‘shimcha-yuklamalar urg‘u olmaydi, urg‘u 
yuklamadan oldingi bo‘g‘inga tushadi. m.: vazifá/chi, oydán-da, 
bolám/gina.
Yuklamalar ma’nosiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: 


192 
1. So‘roq va taajjub – gapning mazmuniga so‘roq-ta’jjub 
ma’nosini yuklaydi. Ular: -mi, -chi, -a//ya. 
 Bulardan -mi yuklamasi so‘roq va taajjubdan (Dalalarda ish 
boshlandimi?) tashqari modal ma’noni ham bildiradi, bunda u 
noaniqlikni ifodalaydi: Uyidami, ko‘chadami, uning uchun farqi yo‘q 
edi.
• 
Bilib oling. –mi yuklamasi ergashgan qo‘shma gaplarda 
ergash va bosh gapni bog‘lab kelisi mumkin. Tabiiyki, bunda u so‘roq 
ma’nosini ifodalamaydi. Hol ergash gap kesimida kelib, uni bosh 
gapga bog‘laydi. M.: 1. Bola yoshligidan o‘z oldiga maqsad qo‘ya 
oldimi, u kelajakda yetuk inson bo‘ladi (Shart ergash gap). 2. Bolani 
bir narsa chaqib oldimi, chinqirib yig‘ladi (sbabab ergash gap). 
3.O‘qituvchi keldimi, dars boshlanadi (payt ergash gap). 4. 
Bilasizmi, Petrburg botqoq ustiga qurilgan (to‘ldiruvchi ergash gap).  
chi so‘roqdan tashqari buyruq, do‘q, iltimos, qistash, ta’kid

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling