Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr


Jargon (fran. jargon). Biror guruh vakillarining oʻz nutqi bilan 
koʻpchilikdan ajralib turish maqsadida oʻzicha mazmun berib 
ishlatadigan soʻz va iboralari: novcha (aroq), qizil(vino) – ichuvchilar 
nutqiga xos; tog‘amning oʻg‘li (militsioner) – shofyorlar nutqida.

Ibora. Frazeologik birlik. 
Ideografik sinonimlar. Denonativ ma’no ottenkasiga koʻra 
oʻzaro farqlanadigan sinonimlar: yordamlashmoq – koʻmaklashmoq – 
qarashmoq kabi. 


208 
Idioma (grek. idioma – oʻziga xos ifoda, ibora).ayn.frazeologik 
chatishma. 
Idiomatika. 1. Biror tilning idiomalari majmui. 
2. Tilshunoslikning idiomalarni oʻrganuvchi boʻlimi. 

Kakografiya (grek. kakos – yomon+grapho – yozaman ). Ongli 
ravishda xatolar qoʻyilgan tekstni oʻquvchilarga tuzatishga berish 
bilan orfografiyani oʻrgatish usuli. Bu usul pedagogik jihatdan 
asoslanmagan. 

Yasalish. Biror til (nutq) birligining ma’lum vositalar yordamida 
hosil qilinishi: So‘z yasalishi; Shakl yasalishi. 
Yasalma. Yasalish natijasida hosil qilingan birlik (soʻz). Masalan, 
suvchi soʻzida: suv – soʻz yasalish asosi, -chiyasovchi affiks
“suvchi”ning oʻzi esa yasalmadir. 
Yasama asos Ma’lum vositalar yordamida yasalgan va boshqa 
soʻzning yasalishiga asos boʻladigan asos. Masalan, terimchi soʻzining 
yasalishiga asos boʻlgan qism (terim) yasama asosdir.
Yetakchi fe’l. Analitik fe’l shakllarida oʻz mustaqil ma’nosini 
saqlovchi fe’l. Masalan, oʻqib chiqdi, ezib tashladi, bora qol, yiqilib 
ketdi kabi analitik shakllarda oʻqi, ez, bor, yiqil fe’llari yetakchi fe’l 
hisoblanadi.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling