Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zidlov boglovchilari
- Oʻtgan zamon
Yordamchi so‘zlar. Mustaqil holda gap boʻlagi vazifasida kela
olmaydigan, turlicha yordamchi ma’no va vazifalarda qoʻllanadigan soʻzlar. O‘zbek tilida yordamchi soʻzlar ma’no va vazifasiga koʻra uch turga boʻlinadi: 1) koʻmakchi (q.); bog‘lovchi (q.), yuklama (q.). Yuklama. Ayrim gap boʻlagiga yoki gapga bir butun holda qoʻshimcha ma’no ifodalash uchun xizmat qiladigan yordamchi soʻz. O‘zbek tilida yuklamaning quyidagi turlari bor: 1) soʻroq yuklamalari (q.); 2) kuchaytiruv va ta’kid yuklamalari (q.) 3) ayiruv-chegaralov yuklamalari (q.); aniqlov yuklamasi (q.). Z Zamon kategoriyasi. Harakatning nutq momentiga munosabatini bildiruvchi grammatik kategoriya. Harakatning nutq momentiga boʻl- gan munosabatiga koʻra fe’lning uch xil zamon turi buladi: 1) utgan zamon; 2) hozirgi zamon; 3) kelasi zamon. Harakatning nutq; 209 momentiga munosabatini bevosita yoki bavosita ifodalashiga ko‘ra zamonning ikki turi farqlanadi: 1) absolyut zamon , 2) nisbiy zamon. Zidlov boglovchilari. Ma’nolari bir-biriga qarama-qarshi (zid) boʻlgan uyushiq boʻlaklarni, shuningdek, qoʻshma gap tarkibidagi sodda gaplarni bogʻlash uchun xizmat qiluvchi bog‘lovchilar: lekin, ammo, biroq, hollbuki kabi: G‘oʻza sug‘orishni juda yaxshi biladilar, lekin amal qilmaydilar. (Oybek.) Xotin bu gapni shikoyat tarzida aytdi, ammo Turobjon buni ta’na deb tushundi. (A.Qahhor.) Oʻktam mevalarni saralaydi, biroq egasi kelmaydi. (Oybek.) O‘ Oʻtgan zamon fe’llari. Harakatning nutq paytidan oldin (nutq paytigacha) bajarilishini bildiruvchi fe’l, fe’lning shunday ma’noli shakllari. Oʻzbek tilida oʻtgan zamon fe’lining qo‘shimchalar yordamida, shuningdek, edi toʻliqsiz fe’li yordamida yasaluvchi bir necha turi bor: oldi, olibdi, olgan; olgan edi, olar edi, olayotgan edi, olib edi (oluvdi) kabi. Bu shakllarning har biri bevosita kuzatganlik, kuzatmaganlik, davomlilik kabi o‘ziga xos qo‘shimcha ma’nolari bilan bir-biridan farqlanadi: Qiz Umidga qarab jilmaydi. (Mirmuhsin) Tog‘asi o‘sha kitobni o‘qibdi. Keyin kitobdan o‘rganganini ishga solibdi. Natijada so‘ridagi uzumlarni yetishtiribdi. (N. Maqsudiy) Dehqonlar Navro‘zda dala ishlariga kirishganlar, ish hayvonlarini, asboblarini olib chiqib, yer hayday boshlaganlar. (M. Alaviya) Oʻtgan zamon Harakatning nutq paytidan oldin bajarilishi. Shunday harakatni bildiruvchi fe’l «oʻtgan zamon fe’li», «oʻtgan zamon shakli» deyiladi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling