Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika


Download 0.59 Mb.
bet22/25
Sana10.04.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1348051
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
математика 30 с амалий кўрсатма

Tayanch tushunchalar: kreativ, “pedagogik kreativlik”, potensial,

Muhokama qilinadigan masalalar:


1.“Kreativlik” va “pedagogik kreativlik” tushunchalarining mohiyati.
2.Pedagogning kreativlik potensiali.
3.Kreativlik potensialining tarkibiy asoslari va ustuvor tamoyillari
Nazorat savollari :

  1. “Kompetentlik” tushunchasining mohiyatini ochib bering?

  2. Kasbiy kompetentlik sifatlarini ochib bering?.

  3. Pedagogning kasbiy kompetentligini izohlang?

MUSTAQIL ISHLASH UCHUN TOPSHIRIQLAR



  • mavzuga oid qo‘shimcha internet ma’lumotlarni o‘qib, konspektlashtiring
  • mavzuning texnologik xaritasini ishlab chiqing





Asosiy darslik va o’quv qo’llanmalar
1. Абдуллаева Ш.Ш., Аскаров А. Умумий педагогика. Нопедагогик олий таълим муассасалари учун укув кулланма. -Т: Фан ва ахборот
технологиялари, 2019. -280 б.
2. Ходжаев Б.Х., Умумий педагогика. Дарслик.-Тошкент, “Sano-standart”, 2017 й. 434 б.


Qo’shimcha adabiyotlar
3. Мавлонова Р. ва бошкалар. Умумий педагогика//дарслик. -Т.: 2016 й. 538 б 4.Умарова М. Теория и история педагогики. Учебное пособие. - Т.:
“Издательско-полиграфичкский дом имени Чулпана”, 2018 г.. -348 б.

TESTLAR

Quyidagilardan qaysi biri pedagogikaning asosiy tushunchalari (kategoriyalari) hisoblanadi?

Tarbiya, ta’lim, ma’lumot;

Bilim, ko’nikma, malaka;

Irsiyat, muhit, tarbiya;

Etuklik, rivojlanish, tarbiya.



Didaktika deb nimaga aytiladi?

ta’lim mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini ilmiy asoslab beruvchi ta’lim pedagogik nazariyasi, pedagogikaning sohasi;

didaktika bu shaxsning rivojlanishi qonuniyatlari haqidagi fan;

bola shaxsini shakllantirish qonuniyatlari haqidagi fan;

tarbiyalovchi ta’lim mohiyatini o'rganadigan soha;

darsni samarali tashkil etish shartlarini belgilaydigan yondashuv.



Umumiy didaktikaning predmeti nimadan iborat?

dars o'tish va bilim olishning o ‘zaro aloqalari va bog’liqligi;

alohida fanga ta’lim nazariyasi

ta’lim faoliyatning alohida turi sifatida

ta’lim jarayonida shaxsning psixologik rivojlanishi

o‘quvchilarni shakllantirish va ta’lim olishning ijtimoiy sharoitlari.



Qaysi javob variantida didaktikaning asosiy kategoriyalari ko‘rsatilgan?

dars o ‘tish, bilim olish, ta’lim, ta’lim jarayoni, shakl, metod;

tarbiya, shakllantirish, rivojlantirish, ta’lim, taksologiya;

sinf-dars tizimi, jarayon, tuzilish, boshqarish, qayta aloqa;

muqobillik, sinf, samaradorlik, idrok qilish, o ‘zlashtirish, o ‘quv fani

o'quvchi, tarbiya, shakllantirish, boshqarish, natija.



Qaysi qatorda ta’lim tushunchasiga to’g’ri ta’rif berilgan

o’quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo’naltirilgan jarayon

bevosita o’qituvchi rahbarligida muayyan o’quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli

idrok etish, o’rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko’nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni

davlat ta’lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda ma’lum sharoitda muayyan fanlar bo’yicha o’zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati




Dars – bu …?

bevosita o’qituvchi rahbarligida muayyan o’quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli;

o’quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo’naltirilgan jarayon;

idrok etish, o’rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko’nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni;

o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o’zlashtirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon.




O’quv fani -…?

ta’lim muassasalarida o’qitilishi yo’lga qo’yilgan hamda o’zida muayyan fan sohasi bo’yicha umumiy yoki mutaxassislik bilim asoslarini jamlagan manba.

davlat ta’lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda ma’lum sharoitda muayyan fanlar bo’yicha o’zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati.

idrok etish, o’rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko’nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni;

o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o’zlashtirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon.




O’quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo’naltirilgan jarayon

Ta’lim

Dars

Bilim olish

Tarbiya




Shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko’rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui

Bilim

Ko’nikma

Malaka

Faoliyat



Malaka nima?

ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi

olingan bilimlarga asoslanib qo’yilgan vazifalar va shartlarga binoan bajariladigan harakatlar yig’indisi

shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko’rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui

idrok etish, o’rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko’nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni




Ko’nikma nima?

olingan bilimlarga asoslanib qo’yilgan vazifalar va shartlarga binoan bajariladigan harakatlar yig’indisi

ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi

shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko’rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui

idrok etish, o’rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko’nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni




O’quv dasturida nimalar ko’rsatilgan?

Har bir o’quv predmetining (fanining) mazmuni, o’quv yillari bo’yicha programma materiallarining (fanining) mazmuni

O’quv yilining strukturasi;

O’quv predmetining (faniga) ajratilgan haftalik soatlar (darslar) miqdori;

O’quv shaxsini tarbiyalash maqsadi va vazifalari;



DTS ning vazifalari:

Javoblarning barchasi to’g’ri.

Ta’lim mazmuniga qo’yiladigan majburiy minimal darajani belgilash;

Ta’lim oluvchilar tayyorgarligining zarur va etarli darajasini belgilash;

Ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo’yiladigan malaka talablarini belgilash;



Qanday ta’lim turlari uchun DTS joriy etiladi?

Umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb – hunar, oliy ta’lim;

Maktabgacha, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb – hunar, oliy ta’lim;

Umumiy o’rta, maktabdan tashqari ta’lim, oliy ta’lim;

Ta’lim turlarining barchasi uchun.



DTSni tayyorlash qanday ta’lim muassasalari uchun majburiydir?

O’zbekiston Respublikasidagi barcha ta’lim muassasalari uchun;

Davlat ta’lim muassasalari uchun;

Nodavlat ta’lim muassasalari uchun;

Xalq ta’limi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufidagi ta’lim muassasalari uchun.



Majburiy standartli tekshiruv ishlari qaysi nazorat tarkibiga kiradi?

Joriy nazorat;

Oraliq nazorat;

Maxsus nazorat;

Bosqichli nazorat.



Ta’limning qanday turlari uchun Davlat talablari (DT) joriy etiladi?

Maktabgacha, maktabdan tashqari, oliy o’quv yurtidan keyingi, malaka oshirish va qayta tayyorlash.

Ta’lim turlarining barchasi uchun;

Maktabgacha, malaka oshirish va qayta tayyorlash;

Faqat malaka oshirish va qayta tayyorlash.



Umumiy o’rta, uch yillik (akademik – litsey, kasb - hunar), oliy ta’lim tizimining asosiy me’yoriy – huquqiy hujjatiga nimalar kiradi?

Davlat ta’lim standartlari;

Davlat talablari;

O’quv rejalari;

Namunaviy o’quv reja.



O’quvchining iste’dod va qobiliyatining rivojlanishi nimaga bog’liq?

Faoliyatning turlariga, aloqa va muloqotga, ta’lim – tarbiyaning metodik jihatdan muvofiqligiga.

O’qitish va tarbiyalash metodlariga bog’liq;

Tarbiyaviy tug’ma nishonlarga bog’liq;

O’zlashtirgan bilimlarning miqdori va hajmiga bog’liq;



Maktabgacha, umumiy o’rta, uch yillik (Akademik – litsey, kasb - hunar) ta’lim qanday ta’lim?

Byudjet asosidagi;

Tanlov asosidagi;

Ixtiyoriy;

To’lov asosidagi.



Qaysi hujjatda fanning nomi, ayni fan, ayrim bob va mavzu bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalar hajmi, fanni o`rganish tartibi, har bir mavzuni o`tish uchun belgilangan vaqt, ayni fan bo`yicha darslik va qo`llanmalar ko’rsatiladi?

O`quv dasturi

O`quv rejasi

DTS

Malaka talablari



Ta’lim metodi – zamonaviy darajada o’quv-tarbiyaviy maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan pedagog va o’quvchilarning o’zaro bog’liq faoliyat usullaridir. Ushbu qarash kim tomonidan ilgari so’rilgan?

V.I.Zagvyazinskiy

I.F.Xarlamov

G.I.Hukina

P.I.Podlasiy



Ta’lim metodlari – o’quv jarayonining murakkab tarkibiy unsuri (komponenti) bo’lib, o’qituvchi va o’quvchi faoliyatining barcha yo’nalishlarini yoritishga xizmat qiladi, ular o’rtasida ko’p sonli aloqa va bog’lanishlarni yuzaga keltiradi. Ushbu qarash kim tomonidan ilgari so’rilgan?

I.F.Xarlamov

V.I.Zagvyazinskiy

G.I.Hukina

P.I.Podlasiy



Ta’lim metodlari deganda o’qituvchining o’rgatuvchanligi va o’quvchilarning o’quv materialini egallashga yo’naltirilgan turli didaktik masalalar echimini topishga oid o’quv-bilish faoliyatlarini tashkil etish usullari tushuniladi. Ushbu qarash kim tomonidan ilgari so’rilgan?

G.I.Hukina

V.I.Zagvyazinskiy

I.F.Xarlamov

P.I.Podlasiy



Ta’lim metodi – belgilangan maqsadga erishishni ta’minlovchi algoritmlashtirilgan, muayyan mazmunga ega xarakatlar tizimidir. Ushbu qarash kim tomonidan ilgari so’rilgan?

P.I.Podlasiy

V.I.Zagvyazinskiy

I.F.Xarlamov

G.I.Hukina



Pedagogiqaning ilmiy-tadqiqot metodlarini aniqlang ?

modellashtirish, intervyu, anketa, kuzatish, suhbat, pedogogik eksperiment

tarbiyalovchi vaziyatlar, pedogogik talab, o`rnak

reproduktiv mashq o`rganish

jamoatchililk fikridan foydalanish.



Ta’limda kurgazmalilik usuli qanday tarzda olib boriladi?

Suhbat

ilmiy ma’ruza

namoyish etish, illyustratsiya, ekskursiya

Ijodkorlik



Ma’lum o`qitish yoki metodik usullarni muvaffaqqiyatli amalga oshirmoq uchun zarur bo`lgan yordamchi o`quv materiallari, qurol, asbob, apparat nima deb ataladi?

Vosita

Metod

Usul

Mashq



“Sinf – dars tizimi” ning asoschisi ...?

Komenskiy

Avloniy;

Hamza;

Ushinskiy.



Bu tizimga ko`ra, katta xonada (zalda) 600 tagacha o`quvchi to`planardi. Barcha o`quvchiga bitta o`qituvchi dars berardi. Kichik o`quvchilarni o`qish, yozish, hisoblashga o`rgatish katta yoshli, puxta tayyorgarlikka ega bolalarga topshiriladi. Monitorlar-o`qituvchi tayyorlagan katta yoshli ilg`or o`quvchilar o`zlaridan yosh bolalarga rahbarlik qilar edi: ularning o`qishi, yozishi, hisoblashi, matnlarni yodlashi ustidan nazorat qilishardi.

Bell-Lankaster tizimi

Sinf-dars tizimi

Dalton-reja tizimi

Qator sinflar tizimi



Bu tizimga ko’ra har bir o`quvchining kuchi etadigan mustaqil ish asosida bolalarning o`quv ishlari tashkil etilardi. O`quvchilarning o`zlashtirishini nazorat etish uch xil kartochka asosida olib borilgan: instruktorning laboratoriya kartochkasi; o`quvchining shaxsiy individual hisob-kitob kartochkasi; sinfning hisob-kitob kartochkasi.

Dalton-reja tizimi

Sinf-dars tizimi

Bell-Lankaster tizimi

Qator sinflar tizimi



“Darsning boshlanishini tashkil etish uy vazifasini tekshirish, darsning maqsadi va vazifalarini bayon qilish, yangi materiallarni tushuntirish, mustahkamlash, darsga yakun yasash va uyga vazifa berish” tuzilishidagi darsning tipini ko’rsating?

Kombinatsion (aralash) dars;

Bilimlarni takrorlash va mustahkamlash darsi;

Yangi bilimlarni o’rganish darsi;

Umumiylashtirish darsi.




Darsning ichki belgilarini ko’rsating

darsning maqsadi, logikasi, ta`lim mazmunini his qilish, qiziqish, anglash, tushunish

muayyan yoshdagi va ma`lum tayyorgarlikka ega bo`lgan o`quvchilar guruhi

rejim, dars jadvali, mashg`ulotlarni ma`lum xonada o`tkazish

mashg`ulotlarni ma`lum xonada o`tkazish

O’quvchi faoliyatining asosiy turi qaysi javobda to’g’ri berilgan?

O’yin, o’qish;

O’qish mehnat;

Mehnat o’yin;

Muomala mehnat.



Ta’lim oluvchilarning bilim va malakalarini tekshirish qanday ketma-ketlikda olib boriladi?

joriy tekshirish; takroriy tekshirish; davriy tekshirish; yakuniy tekshirish va hisobga olish;

joriy tekshirish; yakuniy tekshirish va hisobga olish;

joriy tekshirish; davriy tekshirish; yakuniy tekshirish;

joriy tekshirish; takroriy tekshirish; davriy tekshirish; oraliq tekshirish, yakuniy tekshirish va hisobga olish;



Pedagogikada ta’lim oluvchilarning ta’lim olganligini tashxislash va nazorat qilish qanday tamoyillari mavjud?

xolislik, tizimlilik, ko’rgazmalilik;

ob’ektivlik, tizimlilik, sistemalilik;

sistemalilik, ko’rgazmalilik, oshkoralik;

xolislik, ob’ektivlik, sistemalilik.



Baholash nima?

bilim, ko’nikma va malakalarni o’quv dasturida ko’rsatilgan etalon (ko’rsatkich, qolip, o’lchagich)lar bilan solishtirish;

o’quvchining bilimiga baho qo’yish;

o’quvchining o’zlashtirishini aniqlash usuli;

o’quvchilarning fan bo’yicha egallagan bilim, ko’nikma va malakalarni aniqlash.



O’zlashtirishni nazorat qilish va hisobga olishning qanday vazifalari mavjud?

nazorat, o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish vazifalari;

nazorat, o’qitish, tarbiyalash vazifalari

o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish vazifalari

ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantirish vazifalari



“Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to’g’risidagi muvaqqat Nizom”iga muvofiq nazoratning qanday turlari mavjud?

joriy nazorat (JN), oraliq nazorat (ON), yakuniy nazorat (YaN);

joriy nazorat (JN), yakuniy nazorat (YaN);

joriy nazorat (JN), oraliq nazorat (ON), yakuniy nazorat (YaN), umumiy nazorat (UN);

joriy nazorat (JN), oraliq nazorat (ON), umumiy nazorat (UN);



Talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob bersa talabaga necha ball qo’yish mumkin: xulosa va qaror qabul qilish; ijodiy fikrlay olish; mustaqil mushohada yurita olish; mohiyatini tushunish; bilish, aytib berish; tasavvurga ega bo’lish.

85-100 ball oralig’ida;

55-70 ball oralig’ida;

71-85 ball oralig’ida;

0-54 gacha bo’lgan ball oralig’ida.



Testga qanday talablar qo’yiladi?

moslik (adekvatlilik), oddiylik, aniqlik va muayyanlik

moslik (adekvatlilik), oddiylik, aniqlik;

oddiylik, aniqlik va muayyanlik;

adekvatlilik, oddiylik, aniqlik va muayyanlik;



Tarbiya nima?

shaxsning muayyan maqsad asosida ijtimoiy hayotga tayyorlovchi, tarixiy-ijtimoiy tajribaga suyangan holda olib boriluvchi faoliyat jarayoni;

shaxsga kasbiy bilimlar berish jarayoni;

o‘qituvchi va o‘quvchi o'rtasidagi munosabat jarayoni;

bola tarbiyasiga nisbatan texnologik yondashuvni ifoda etuvchi qarash;

barcha javoblar to‘g‘ri.



Tarbiya qonuniyatlari qaysi javob variantida to ‘g‘ri ko‘rsatilgan?

ko‘p qirrali, uzoq muddatli, uzluksiz, yaxlit tizimli, ikki tomonlama aloqa, qarama-qarshiliklardan iborat jarayon;

dialektik jarayon;

dinamik jarayon;

texnologik jarayon;

ijtimoiy munosabatlar jarayoni



Ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning mohiyati nimadan iborat?

Insoniyat to’plagan ijtimoiy – ma’naviy tajribalarni yosh avlodga

Inson shaxsini har tomonlam rivojlantirish, o’stirish, parvarish qilish.

Yosh avlodga eng yaxshi umuminsoniy sifatlarni singdirish o’rgatish orqali ularni hayotga, mehnatga tayorlash.

Yosh avlodni ijtimoiy munosabatlarga tayѐrlash.



Tarbiyaning tarixiy xarakteri deganda nima tushunasiz?

Jamiyatning ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiѐti bilan bog’liq holda tarbiya xarakteri, mazmuni, vazifalari, metodlarining o’zgarib borishi.

Tarbiyaning tarixiy rivojlanish bilan, tarix fani blan bog’liqligini tushunamiz.

Inson tarbiyasini u yashagan tarixiy sharoit bilan bog’liq xolda amalga oshirilishi.

O’quvchilarni har bir xalqning tarixiy an’analari ruhida tarbiyalashni tushunamiz.



Umuminsoniy tarbiyaviy qadriyatlarga nimlar kiradi?

Barcha xalqlar uchun umumiy bo’lgan ilg’or tarbiyaviy g’oyalar, an’nalar.

Butun insoniyatning ta’lim – tarbiya sohasidagi tajribalari.

Tarbiyada archa insonlarning qadr – qimmatini hurmat qilish.

Barcha millatlarga xos axloqiy normalar.



Pedagogika fanining asosiy tushunchalari qaysilar?

Tarbiya, ta’lim, ma’lumot.

Maktab. O’qituvchi, ta’lim – tarbiya.

Ta’lim, didaktika, ma’lumot, metod.

O’qitish, tarbiyalash,o’qituvchi, ma’lumot.



Pedagogik xodisa sifatida tarbiyaning mohiyati nimadan iborat?

Shaxsni ijtimoiy tajribani egallash bo’yicha faoliyatini tashkil etishdan iborat va maqsadga qaratilgan ongli ravishda amalga oshiriladigan pedagogik jarayon.

O’quvchilarga milliy istiqlol g’oyalarini, vatanga muhabbatni singdirish.

O’qtuvchi – murabbiylarning ta’lim – tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishi. Yoshlarga axloqiy sifatlarni, e’tiqodlarni singdirish.

Maktab, oila, jamoatchilikning hamkorlikda o’quvchilarni tarbiyalashi.



Sinf rahbari ishida asosiy markaziy vazifa bo’lib nima hisoblanadi?

o’quvchilar jamoasini shakllantirish.

o’quvchilarga tarbiya berish

tarbiya usullaridan o’rinli foydalanish

ta’limni isloh qilish usullarini o’rgatish

ta’lim bilan tarbiyani uzviy bog’liqlikda olib borish



Maktab, oila va jamoatchilik hamkorligida kimlar qatnashadi?

o’quvchilar, o’qituvchilar, ota – onalar, turli jamoalar

o’quvchilar va jamoalar

o’quvchilar va o’qituvchilar

ota – onalar va jamoalar

o’qituvchilar bilan ota – onalar



Jamoaning rivojlanish darajasini aniqlashning eng ishonchli usuli

o’quvchilarni darsda, darsdan tashqari, maktabda, maktabdan tashqarida o’zaro faol hamkorlik qilish jarayonida kuzatishdan iborat

anketa tarqatish pedagogik vaziyatlarni vujudga keltirishdan iborat

bolalarning xulq – atvorini jamoa bo’lib tahlil etishdan iborat

tushuntirish va suhbat usuli



Xulqi yomon o’quvchilar bilan ishlashda eng samarali usul

yakka suhbat

rag’batlantirish

Jazolash

jamoa orqali ta’sir ko’rsatish



Jamoa bu...

ikki yoki undan ortiq maqsadi bir bo’lgan uyushma

yoshi, saviyasi, kelib chiqishi, irqi bir xil bo’lgan uyushma

bilim saviyasi bir xil bo’lgan uyushma

qiziqishlari bir xil bo’lgan uyushma


Tarbiyaviy soat necha qismdan iborat va ular qaysilar?

3 qismdan: ma’rifiy, baholovchi, yo’naltiruvchi

2 qismdan: ma’rifiy, baholovchi

1 qismdan: yo’naltiruvchi

4 qismdan: yo’naltiruvchi, ma’rifiy, baholovchi, ma’naviy



Sinf rahbari ishining maqsad va vazifalari nimalardan iborat?

hamma javoblar to’g’ri

o’quvchilarga ta’lim va tarbiya berish

o’quvchilarni to’g’ri tarbiyalash

o’quvchilarni o’qitish

o’quvchilarga madaniyatni o’rgatish



O’quvchining har tomonlama o’sishi va rivojlanishi nimaga bog’liq?

o’quvchi va o’qituvchi o’rtasidagi o’zaro muomala munosabatiga jamoani jipsligiga

o’quvchining bilimiga

o’quvchining tarbiyasiga

o’qituvchining bilim va tarbiyasiga



Sinf rahbar ota – onalar bilan hamkorligida qaysi ish shaklidan ko’proq foydalaniladi?

ommaviy tarzdagi ish shakli

guruh tarzidagi ish shakli

yakka tartibdagi ish shakli

to’g’ri javob yo’q



Qaysi javob variantida, xalq pedagogikasida qo’llaniluvchi tarbiya metodlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

tushuntirish, namuna, nasihat qilish, o‘git, qoralash va jazo;

amaliy mashg‘ulotlar metodi, ekskursiya, sayohat;

modellashtirish, shkalalash; og'zaki bayon qilish;

ogohlantirish, jazolash, undash;

namuna, ekskursiya, suhbat, ko‘rsatish.

Tarbiya metodi

tarbiya maqsadiga erishishning yo’li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg’ulari va xulqiga ta’sir etish usullari;

tarbiyalanuvchiga majburiy ta’sir o’tkazish yo’li;

xulq atvorni shakllantirish usuli hisoblanadi;

axloqiy tarbiyani takomillashtirish yo’li demakdir.



O’rgatish, mashq qilish, topshiriq, tarbiyalovchi vaziyatlar qanday tarbiya metodlariga kiradi?

amaliy metodlar guruhiga;

og’zaki metodlar guruhiga;

ijtimoiy ongni shakllantirish metodlar guruhiga;

ko’rgazmali metodlar guruhiga.



Ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan xulq atvor qoidalari, mezonlari yig‘indisi.

Axloq

Vijdon

Tafakkur

Ma’rifat



Quyidagi ta’rif qaysi tushuncha mohiyatini anglatadi: «Ma’naviy-axloqiy yuksalish, ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarning rivojini ta’minlovchi, ularning maqsad va yo‘nalishlarini aniqlashda yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar tizimi»?

mafkura;

ma’naviyat;

madaniyat;

siyosat;

iqtisodiyot.



Dunyoqarash

tabiat, ijtimoiy jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e’tiqodlar tizimidir.

Voqelikning inson ongida namoyon bo’lishi

Insonning tashqi muhitga bo’lgan ta’siri

Atrofdagi voqea-hodisalarni ruhiy jihatdan anglash



Aqliy tarbiyaning vazifasi nimadan iborat?

aql va zakovat yordamida ob’ektiv dunyoni yaxlit idrok etadigan, o’zligini tushunadigan hayotda o’z o’rnini anglab o’z oldida turgan vazifalarni ongli bajara oladigan, insoniy qadr-qimmatni ulug’lashni shakllantirishdan iborat

Odob va axloq mavzusidagi suxbatlar, odob muammolariga oid lektsiya, suxbat, uyin, sport o’yinlarini tashkil eish orqali inson shaxsini shakllantirishdan iborat.

ongni ustirishdan,insonning ijtimoiy muhitda o’z o’rniga ega bo’lishini ta’minlashdan iborat

tabiat, ijtimoiy jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e’tiqodlar tizimidir.




Aqliy tarbiya qaysi qobiliyatni ustiradi?

ijodiy tafakkur va aqliy qobiliyatni o’stiradi

mehnat qilish qobiliyatini o’stiradi

Muomala qobiliyatini o’stiradi

To’g’ri javob ko’rsatilmagan



Aqliy tarbiya jarayonida quyidagi vazifalar hal etiladi:

Tarbiyalanuvchilarga ilmiy bilimlarni berish, ularda ilmiy bilimlarni o’zlashtirishga nisbatan ongli munosabatni qaror toptirish, mavjud bilimlardan amaliyotda foydalanish ko’nikma va malakalarini tarkib toptirish, bilimlarini doimiy ravishda boyitib borishga intilish tuyg’usini shakllantirish, bilimlarni o’zlashtirishga yordam beradigan psixologik qobiliyatlar va xususiyatlarni rivojlantirish.

O’quvchilarga ma’naviy tarbiya berish.G’oyaviy-siyosiy bilimlar bilan qurollantirish

Mavjud bilimlardan amaliyotda foydalanish ko’nikma va malakalarini tarkib toptirish.

Yoshlarni vatan himoyasi hamda harbiy mudofaaga tayyorlash, ularda favqulotda holatlarda harbiy mudofaani tashkil etish ko’nikma va malakalarini shakllantirishga yo’naltirilgan vazifalar.


Iqtisodiy tarbiya

o’quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda xo’jalik yuritish faoliyat (oila byudjetini shakllantirish, xo’jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko’paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to’g’ri tashkil etish va hokazolar)ni tashkil etish ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat pedagogik faoliyat jarayoni.

o’quvchilarga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko’nikma va malakalarini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni hisoblanadi

tarbiyalanuvchilarga ilmiy bilimlarni berish, ularda ilmiy bilimlarni o’zlashtirishga nisbatan ongli munosabatni qaror toptirish, mavjud bilimlardan amaliyotda foydalanish ko’nikma va malakalarini tarkib toptirish,bilimlarni doimiy ravishda boyitib borishga intilish tuyg’usini shakllantirish jarayonidir.

muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo’lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlarini o’quvchilar ongiga singdirish ularda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko’nikmalari hamda axloqiy madaniyatni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon hisoblanadi.



Iqtisod atamasining ma’nosi:

Bu tushuncha yunon olimi Geliot tomonidan kiritilgan bo’lib, bu – «uy xo’jaligini boshqarish san’ati» ma’nosini anglatadi

Bu tushuncha yunon olimi Arastu tomonidan kiritilgan bo’lib, “mehnat tarbiyasi” ma’nosini anglatadi.

Bu tushuncha Demosfen tomonidan kiritilgan bo’lib “ oila xarajati” ma’nosini anglatadi.

Geraklit tomonidan kiritilgan bo’lib “mahsulot” ma’nosini bildiradi.



Tejamkorlik, rejalilik; intizomlilik, uddaburonlik; uyushqoqlik, ishchanlik; tartibsizlikka nisbatan murosasiz bo’lish qaysi tarbiya turiga mansub?

Iqtisodiy tarbiya

Mehnat tarbiyasi,

axloqiy tarbiya

Fuqarolik tarbiyasi




Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling