Buxoro davlat universiteti psixologiya va satsialogiya kafedrasi


Download 127.79 Kb.
bet5/9
Sana16.06.2023
Hajmi127.79 Kb.
#1513924
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs ishi

II BOB. Oila tarbiyasi
2.1 Oila jamiyatning asosiy bo’g’ini
Oila tarbiyasi — oilada otaona, vasiy yoki katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash. Yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida muhim oʻrin tutadi. Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy taʼsirchan kuch — oilada ruhiy xotir-jamlik, samimiy munosabat, ota-ona obroʻsining yuqori boʻlishi, bolalarga talab qoʻyishda oila kattalari oʻrtasidagi birlikning saqlanishi, bola shaxsini mehnatga tarbiyalashga alohida eʼtibor berish, bolani sevish va izzatini joyiga qoʻyish, oilada qatʼiy rejim va kun tartibini oʻrnatish, bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlari-nl hisobga olish, boladagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, undagi mustaqillikka intilish va tashabbuskorlik sifatlarini qoʻllabquvvatlash va h.k. Oila qanchalik tartibli, uning aʼzolari oʻrtasidagi munosabat samimiy boʻlsa, Oila tarbiyasi ham shunchalik muvaffaqiyatli boʻladi. Oila tarbiyasida ota-ona obroʻsi, ularning kuzatuvchanligi, sezgirligi, hozirjavobligi muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Oila tarbiyasida tarbiya jarayoni zerikarli, quruq nasihatgoʻylikdan iborat boʻlib qolmasligi lozim. Bola hayotining koʻp qismi oilada oʻtadi. Shu boisdan mavjud anʼanalar, urf-odatlar, rasm-rusumlar va marosimlarning ijobiy taʼsirida bola asta-sekin ka-mol topib boradi. Anʼana va marosim Oila tarbiyasining qudratli qurolidir. Oila tarbiyasi ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada boʻlsagina, kutilgan natijalarga eri-shish mumkin. Oila tarbiyasida yutuklarga erishish ota-onalarning pedagogik bilimlarga egaligi, Oila tarbiyasi boʻyicha tajribalar alma-shishi, ota-onalarni tarbiyaviy ishlarga qizgʻin jalb qilishga ham bogʻliqdir. Har bir ota-ona Oila tarbiyasida oʻzlarining burch va masʼuliyatlarini chuqur anglashlari lozim. Normal oilaviy muhit, bolani kitob oʻqishga, mehnat qilishga oʻz vaqtida jalb etish ham Oila tarbiyasining muvaffaqiyati garovidir. Oilada ota yoki onaning yoʻqligi yoki ulardan birining ketib qolishi Oila tarbiyasiga katta zarar yetkazadi. Ularning bolaga beradigan tarbiyaviy taʼsir kuchi yoʻqoladi, Oila tarbiyasidagi muvozanat buziladi. Bunday sharoitda bola qalbi qat-tiq jarohatlanadi, u tajang, serjaxl, qoʻpol, dagʻal boʻlib qoladi, kattalarga ishonmay qoʻyadi, oʻqishi pasayib ketadi. Oila tarbiyasida otaning obroʻsi katta ahamiyatga ega. Bolalarni barkamol inson qilib yetishtirishda maktabni oila bilan bogʻlamasdan muvaffaqiyatga erishib boʻlmaydi. Shuning uchun Oila tarbiyasida maktab va ota-onalar oʻrtasidagi taʼlimtarbiyaga oid birgalikdagi ishlari katta ahamiyatga ega. Otaonalarning oʻqituvchilar bilan boʻlgan uchrashuvlarida aytilgan fikrlar, ayniqsa qimmatlidir. Chunki ular oʻz farzandlari toʻgʻrisida koʻproq narsalarni bilib oladilar. Shuning uchun bola tarbiyasining tub mohiyatini tushungan har bir ota-ona oila bilan maktab oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga intiladi. Bola maktabni tamomlagunga qadar otaona maktab bilan yaqin aloqa oʻrnatishi, farzandining darslarini oʻzlashtirishi, xulq-atvoridan xa-bardor boʻlib turishi, tarbiya masalalarida oʻqituvchi, sinf rahbari bilan maslahatlashib turishi, bolaning darsdan soʻng nima bilan mashgʻulligi haqida oʻqituvchi va sinf rahbarini xabardor qilib turishi lozim. Uz navbatida oʻqituvchi va sinf rahbari ham bolaning oʻqishi, odobi, xulqi, maktabda oʻzini tuta bilishi haqidagi maʼlumotlarni ota-onaga yetkazishi, zarurat tugʻilganda paydo boʻlgan muam-molarni birgalikda hal qilishi zarur. Farzandi maktabga borgan ota-ona maktab jamoasining aʼzosi boʻlib qolishi kerak. Oʻqituvchi va sinf rahbari ham oʻz oʻquvchisining oilasi bilan mustahkam ham-korlikni yoʻlga qoʻymogʻi lozim. Oila tarbiyasida ota-onalarning mahalla faollari, mehnat faxriylari bilan hamkorliklari ham muhim. Oila tarbiyasi farzandlarning har tomonlama kamol topishi uchun qulay sharoitlar yaratilsagina muvaffaqiyatli boʻlishi mumkin. Oila tarbiyasida har bir oila oʻziga xos xususiyatlarni namoyon qiladi.
U insonning hayotga kelishi, tarbiyalanishidagi asosiy makon. Oila bir necha kishilarni birgalikda yashash joyi. Oila to‘liq bo'lishi uchun ota-ona va farzandlar bo'lishi shart. Uiarning birortasisiz ham oila bo'lishi mumkin. Lekin bunday oilada yetishmovchilik bo'ladi. Har bir oila ma’lum xonadonga mos bo'ladi. Oila qurishdan asosiy maqsad turli jins vakillarining birgalikda hayot kechirishi va farzand ko'rish hisoblanadi. Oila o'z ichki munosabatlariga asoslanadi. Oilaning ichki munosabatlari qonun hujjatlariga, milliy va axloqiy qadriyatlarga asoslanadi. Oilaviy munosabatlar tabiiy, iqtisodiy, ma’naviy ehtiyojni qondirish zarurati yuzasidan vujudga keladi. Har qanday jamiyatning mustahkamligi, rivoji oilaga bog'liq. Chunki, jamiyatda bo'ladigan ijtimoiy munosabatlarning dastlabki elementi oilada vujudga keladi va shakllanadi. Oiladagi kattalarning bir-biri, boshqalar bilan atrof-muhit, molmulkka bo'lgan munosabati yoshlarning shu masalalarga munosabatini shakllanishi uchun o'rnak bo'ladi. Oiladagi tarbiyaning boshqa tarbiyalardan farqi, afzalligi tarbiya u yerda faqat o'rgatish, o'qitish, ta ’kidlash bilangina emas, barcha narsalarda katta yoshdagilarni kichik yoshlar uchun o'rnak ko'rsatishi orqali olib boriladi. Nima mumkin va nima mumkin emasligi, mehnatga, molmulkka munosabat, ovqatlanish, dam olish, kattalarga muomala, hurmat, kichiklarga g'amxo'rlik qilishning dastlabki sabog'i oilada olinadi. Bola boshqa muassasalarga tarbiya, bilim olish uchun berilgunga qadar hayot alifbosi haqida ma’lumotni oiladan oladi. Oiladagi tarbiya kishilarning axloqiga, xulqiga o'chmas qoidalarni singdiradi. Inson tarbiyasida hech qanday boshqa tuzilmalar oilaning o'rnini bosa olmaydi. Chunki, u yerdagi tarbiyaga sut, qon singari muqaddas ashyolar ta’sir qiladi. 240 www.ziyouz.com kutubxonasi Shularning barchasi e’tiborga olinib, bizning xalqimizga xos oiladagi ijobiy jihatlarni mustahkamlash va rivojlantirishni ta’minlash uchun Konstitutsiyamizda oila uchun maxsus XIX bob ajratildi. Bunday holatni — oilani maxsus bobda ko‘rsatishni boshqa m am lakatlar Konstitutsiyalarida uchratmaymiz. U yerlarda oilaga ham davlat va jamiyatning munosabati o'zgacha. Bizda oila jamiyatning ajralmas qismi va mavjud bo'lishi shart masala deb qaraladi va albatta, unda ikki jinsning, erkak va ayolning birlashuvi bo'lishi, bu birlashuv orqali dunyoga yangi insonlar kelishi nazarda tutiladi. Ana shulardan kelib chiqib, Konstitutsiyaning 63-moddasida “Oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir...”, - degan qoida o'z aksini topgan. Konstitutsiyada oilani jamiyatning bo'g'ini sifatida e’tirof etilishi oilasiz jamiyat kemtik bo'lishini, rivojlanish xavf ostida qolishini ko'rsatadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2011-yil dekabr oyida Konstitutsiya kuniga bag'ishlangan yig'ilishdagi ma’ruzasida 2012-yilni “M ustahkam oila yili” deb e’lon qilar ekan, oila haqida shunday so'zlarni aytdi: “Ongli yashaydigan har bir odam yaxshi anglaydiki, bu yorug' olamda hayot bor ekan, hayot abadiyligi, bebaho ne’mat bo'lmish farzand bor. Farzand bor ekan, odamzot hamisha kelajagini o'ylab, ezgu orzu va intilishlar bilan yashaydi. Yangi yilga mana shunday nom berishimiz azal-azaldan xalqimiz uchun muqaddas bo'lmish, oilani hayotimiz tayanchi va suyanchi, jamiyatimizning hal qiluvchi asosiy bo'g'ini deb qabul qilishimiz zamirida, hech shubhasiz, juda katta ma’no-mohiyat mujassam. Chunki, oila sog'lom ekan — jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan - mamlakat barqaror

Download 127.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling