Buxoro davlat universiteti psixologiya va satsialogiya kafedrasi
Download 127.79 Kb.
|
Kurs ishi
2.2 1998-yil Oila yili
1998-yilning “Oila yili” deb e’lon qilinishi har bir oilani davlat tomonidan himoya qilish choralarini kuchaytirib, oilalarning mus242 www.ziyouz.com kutubxonasi tahkamlanishida katta samara berdi. “Oila yili” munosabati bilan belgilangan tadbirlar natijasida davlat oilalarga juda katta moddiy yordam ko'rsatdi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida oilalarga, ayniqsa, serfarzand, kam ta’minlangan oilalarga davlat tarafidan koYsatilgan yordam tufayli oilalar qattiq zarbalarga uchramadi va turmushda o‘z vazifasini bajarishdan chetlanmadi. 2012-yil Prezidentimiz tomonidan “Mustahkam oila yili” deb e’lon qilindi. Shu munosabat bilan oilani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash yanada kengaydi. Oilani himoya qilish mexanizmi kuchaydi1. “M ustahkam oila yili” munosabati bilan davlat idoralari, nodavlat tashkilotlari, hayriya jamg'armalari birgalikda ishlab chiqqan dasturda oilani davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashni kuchaytirish ko'zda tutildi. Shuningdek, oila institutini rivojlantirish va takomillashtirish bo'yicha yangidan qabul qilinadigan qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlar bugungi va ertangi kun talablariga javob berishi, amaldagi qonun hujjatlariga kiritiladigan o'zgartirish va qo'shimchalar esa, oila maqomini kuchaytirishi, uning jamiyatdagi o'rnini anglashga yordam berishi, oilani davlat tomonidan, boshqa fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan qo'llab-quvvatlashni kuchaytirish ko'zlangan asosiy maqsadlardandir. 3-§. Nikoh tuzish asoslari Mamlakatimizda oila tuzish asosi nikoh hisoblanadi. Nikoh oila tuzishning qonuniy sharti bo'lib, u Konstitutsiyada belgilangan. Konstitutsiyaning 63-moddasida “Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi”, — degan qoida o'z ifodasini topgan. Oilaning asosi nikoh bo'lsa, nikoh birinchidan, tomonlarning mutlaq roziligi bilan, ikkinchidan, teng huquqliligi asosida tuziIadi. Shundan xulosa qilib aytilsa, nikoh tuzish asoslari tomonlarning roziligi (ixtiyoriylik) va tomonlarning — er va xotinning teng huquqligidir. Nikohlanuvchilarning roziligi haqiqiy bo lishi, biror 1 Bu haqda qarang. “Xalq so'zi", ‘2011-yil 8-dekabr. 243 www.ziyouz.com kutubxonasi tomonning roziligi har qanday tazyiq, qo'rqitish, kuch ishlatish orqali olinmasligi kerak. O'zbekistonda nikoh munosabatlari maxsus qonun bilan tartibga solinib, unda ham nikoh tuzishning ba’zi asoslari belgilangan. Unga asosan, nikoh tuzishga kelgan shaxslar, albatta, qaramaqarshi jins vakillari (erkak va ayol) bo'lishi kerak. Download 127.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling