Buxoro davlat universiteti psixologiya va sotsiologiya kafedrasi
Download 1.33 Mb.
|
OXUNJON HOJIYEV 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. PSIXOLOGIK XIZMAT TUZILISHI VA UNI BOSHQARISH 2.1. PSIXOLOGIK XIZMAT TUZILISHIVA UNI BOSHQARISH
I bob bo’yicha xulosalar
Psixologik xizmat dastavval Amerikada shakllangan keyinchalik Yevropa bilan tarqalgan bu asosan,ta’lim tizimida ish olib borgan bunda o’quvchilar ta’lim tarbiyasidagi kamchiliklar xulq-atvoridagi qiyinchiliklar va muammolarini hal qilishga qaratilgan, keyinchalik psixalogik nizom ishlab chiqildi. Uning tatqiq obyekti sifatida bolalar va talabalar o’quvchilar qilib olindi,ular bilan alohida yoki guruhiy shaklada ish olib borildi, endilikda o’quvchilar faqat ilm olibgina qolmasdan, ularning ichki olami ruhiyati ham o’rganildi. Psixologik maslahatga faqatgina bolalar emas,hatto ota-onalar ham muhtoj bo’lishi aniqlandi,psixolog mahorat bilan individual holda ular bilan ish olib boradi.O’quvchilar bilan ishlash orqali psixolog ularning iqtidori,qiziqishlarini aniqlaydi. II BOB. PSIXOLOGIK XIZMAT TUZILISHI VA UNI BOSHQARISH 2.1. PSIXOLOGIK XIZMAT TUZILISHIVA UNI BOSHQARISH Psixologik xizmatning asosiy vazifasi — tadqiqot ishlari, amaliy ishlar va tashviqot ishlaridan iboratdir.Ilmiy tadqiqot vazifalari — o‘quvchilar shaxsini shakllantirishning muhim muammolarini, ta’lim va tarbiyaning psixologik asoslarini o‘quvchilar bilan o‘qituvchilar, maktab psixologlari, psixologlar bilan o‘qituvchilar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni hamda psixologning odobini o‘z ichiga oladi. Amaliy vazifalar — psixologik tadqiqot natijalarini amalda psixologik xizmat ishida qo‘llab, bolalaming maktab ta’limiga tayyorligini aniqlash, o‘quvchilaming o‘qish faoliyatini osonlashtirish, o‘quvchi shaxsini har tomonlama kamol toptirish, o‘quvchilaming qobiliyat va moyilliklarini aniqlash va rivoj lantirish, talabalar bilan hunarga, kasbga oid suhbat, maslahat ishlarini olib borish, turli xildagi «qiyin» bolalar bilan ish olib borish kabi asosiy vazifani hal qilishdan iboratdir. Tashviqot ishlari — psixologik bilimlarni, psixologik umumta’limni targ‘ib qilib, o‘quvchilaming psixologik bilimlarini oshirish, ota-onalar uchun seminarlar, ma’ruzalar va suhbatlar uyushtirish, anjumanlar o‘tkazishdan iborat. Bu sharoitlaming barchasiga alohida to‘xtalamiz. Kichik maktab yoshida insonning maqsadli yo‘nalishi — ta’lim va tarbiyasi amalga oshiriladi. Xuddi shu yosh psixik jarayonlaming ixtiyoriyligi, harakatning ichki rejasi, faol aqliy faoliyatga ehtiyoj, o‘quv ko‘nikma va malakalarini egallash uchun juda qulay yoki senzitiv yosh hisoblanadi. Boshqacha aytganda, kichik maktab yoshining oxiriga kelib bola o‘qiy olishi va o‘qishni istashi kerak. Ta’limning keyingi bosqichlarida vujudga keladigan barcha muammolar (o‘zlashtira olmaslik, maktabga borishni istamaslik) yoki bolaning o‘qiy olmasligiga, o‘qishga qiziqmasligiga bog‘liq bo‘ladi. Boshlang‘ich sinflaming oxirida u yoki predmetga qiziqish borliqqa, bilish jarayonlariga faol munosabatini belgilaydi. Faqat bir predmetga chuqur qiziqish ham o‘quvchilaming umumiy rivojlanishiga turtki boTadi. Agar boshlang‘ich sinflarda o‘qishga qiziqish shakllantirilmagan bo‘lsa, undan keyingi yosh davrlarida bu juda qiyin bo‘ladi, ikkinchidan yetarli darajada shakllantirilmagan o‘quv faoliyati o ‘smirlik davrida yangi tuzilmalarning paydo boTishiga to‘siq bo‘ladi.Maxsus o‘tkazilgan tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida yorqin individual farqlarni ko‘rish mumkin. Bu ular o‘quv faoliyatida ko‘zga tashlanadi. 0‘quv faoliyatida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining umumiy va maxsus qobiliyatlari birinchi o‘rinda turadi. Tajriba o‘tkazilgan bolalarning 80%ida qandaydir muvaffaqiyatga erishilgan. Shunday qilib, maxsus qobiliyatlarni o‘quvchilar individual farqlarining asosi sifatida qarab, o‘quv-tarbiya ishlarida ulami hisobga olish zarur. O‘quvchilaming shaxsiy va psixik rivojlanishida umumiy maxsus qobiliyatlar muhim omil hisoblanadi. 0‘quvchi qiziqishlari va qobiliyatlarini anglashi, ularning qanchalik rivojlanganligidan qat’iy nazar umuman shaxsning shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bolaning rivojlanishi uchun qulay psixologik iqlim yaratish ham psixologik xizmat mahsuldorligining omillaridan biridir. Bunday iqlim yaratishda bolalarning kattalar va tengdoshlari bilan muloqoti muhim hisoblanadi. 0 ‘smirlaming tengdoshlari va kattalar bilan muloqoti ular shaxsining shakllanishida muhim omil hisoblanadi. Muloqotdagi muvaffaqiyatsizlik, shunday ichki noqulaylikka, o‘zini yomon his qilishga olib keladi-ki, uning o‘mini hayotning boshqa sohalaridagi hech qanday ko‘rsatkichlar bosa olmaydi. Muloqot o‘smirlar tomonidan muhim jarayon sifatida qabul qilinadi; bu haqida ular muloqot shakllariga e’tibor berishni, kattalar va tengdoshlari bilan o‘zaro munosabatlarini tahlil qilishlarini, ulami tushunishga urinishlarini misol qilib keltirish mumkin. 0 ‘smirda xuddi shu tengdoshlari bilan muloqotda shaxs ijtimoiy yetukiigining muhim ko‘rsatkichi bo‘lmish qadriyatlar shakllana boshlaydi. Ularda asosan muloqot — qadriyatlar mazmunini belgilaydi. Bu yosh tengdoshlari orasida o‘zini ko‘rsatishga, o‘zini va suhbatdoshini yaxshiroq bilishga intilish, atrof-muhitni bilish kabi muloqot motivlari jamoa tomonidan tan olinishi, o‘ziga ishonish, xatti-harakatlarining mustahkamligi va yuksak umumiy madaniyat, o‘z fikriga ega bo‘lish, mustahkam iroda, 20 0‘z-o‘zini nazorat qilish, halollik, ko‘ngilchanlik kabi qadriyatlar tizimining yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Psixologik tashviqot ishlari teleko‘rsatuv va radio orqali eshittirish qilish, yakkama-yakka masiahatlar tashkil etish, muloqot treninglari uyushtirishdan iboratdir. Psixologik xizmatning uchala vazifasi o‘zaro chambarchas bog‘liq, ularning birgalikda olib borilishi maqsadga muvofiq. Maktabdagi psixologik xizmat O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi Respublika Tashxis markazi tomonidan tashkil etilib, quyidagi tartib va darajaga egadir: 1. Yuqori darajada — psixologik xizmat vazifalarini aniqlash, uning hujjatlarini tartibga keltirish Respublika xalq ta’limi vazirligi qoshidagi psixologik xizmat markazining buyurtmasiga binoan yuqori malakali psixologlar (pedagogika institutlari, universitetlarining psixologiya kafedralari) tomonidan amalga oshiriladi. 2. 0 ‘rta darajada — mazkur hujjatlar tomonidan hali hisobga olinmagan yangi masalalarni amaliy ravishda hal etish — psixolog mutaxassislar (Xalq ta’lim vazirligi qoshidagi viloyat, tuman, shahar tashxis markazi) tomonidan amalga oshiriladi. 3. Asosiy ommaviy darajada — psixologik xizmatning kundalik vazifalarini, amaliy psixologik xizmat haqidagi qonun va qoidalarga binoan psixologik jihatdan to‘g‘ri hal qilish. Bu ish amaliyotchi psixologlar (maktab psixologi), viloyat xalq ta’limi boshqarmasi qoshidagi psixologik xizmat bo‘limlari, tuman, shahar xalq ta’limi bo‘limlari qoshidagi psixologik xizmat (bo‘limlar) xonalari, maktab, maktabgacha tarbiya muassasalari, kasb-hunar kollejlaridagi amaliyotchi psixologlar tomonidan amalga oshiriladi. Maktab psixologi maxsus tayyorgarlikka ega (pedagogika institutlarining amaliyotchi psixologlar tayyorlaydigan maxsus kurslarini, universitet va institutlarning psixologiya fakultetlarini bitirgan) boyish lari kerak. Kollej, litseydagi psixologlar direktorga va boshqarmaga bo‘ysunadi. Biroq kollej, litsey direktorlariga psixologik xizmat haqidagi qonunda ko‘rsatilgan vazifalar bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlami psixologga topshiriq yo‘nalishida berishlariga ruxsat etilmaydi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi psixologik xizmatni tashkil etish va boshqarishning muvofiqlashtirilgan Respublika tashxis markazi tariqasida xizmat qiladi. Bu markazning psixologlar, pedagoglar va tibbiy xodimlardan iborat 3 — 5 kishilik doimiy ishlaydigan xodimlari bo‘lishlari zarur. Viloyat o‘rta maxsus ta’lim boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Toshkent shahar o‘rta maxsus ta’lim boshqarmasi qoshidagi tuman tashxis markazlari o‘z hududlaridagi psixologik xizmatni tashkil etish va ulami nazorat qilish vazifalarini bajaradi. 22 Ь Bu bo‘limlar 2 — 3 kishilik xizmat xodimlariga ega boiishi 1 kerak. 0 ‘quvchilar soni 500 gacha bo‘lgan maktablarda 1 ta » psixolog lavozimi belgilanadi. 0 ‘quvchilari 500 kishidan ortiq *•' kontingentdagi maktablarda har 500 o‘quvchi uchun ikkinchi psixolog lavozimi belgilanadi. Maktabgacha tarbiya muassasalaridagi har bir bolalar muassasasida 1 shtat birligida bolalar psixologi lavozimi belgilanadi. Kollej va litseylarda har 250 o ‘quvchi uchun shtatli psixolog lavozimi tayinlanadi. 0 ‘quvchilar soni 250 kishidan; yuqori kontingentli hollarda har 250 ta o‘quvchi uchun qo‘shimcha psixolog shtati belgilanadi. Bu shtat birligi haqida ma’lumotlar 1996 yilgi Nizomdan olingan. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling