Buxoro davlat universiteti tarix fakulteti tarix kafedrasi
Download 170.83 Kb.
|
Muso al-xorazmiyning dunyo faniga qo’shgan hissasi
O`rganilish darajasi. Xorazmiyning asarlari musulmon Sharqi madaniyatining rivojlanishiga katta ta`sir ko`rsatdi. Bugun bizni qurshab turgan deyarli barcha asbob-uskunalar -men ushlab turgan telefondan tortib, to mashinalaru samolyotlargacha buyuk alloma al- Xorazmiy ishlab chiqqan algoritm konsepsiyasi tufayli mavjuddir. Umuman olganda, texnika inqilobi uning nomi bilan chambarchas bog’liq. Matematika yoki zamonaviy elektronika sohalaridagi innovatsiya konsepsiyalari haqida ham xudi shunday deyish mumkin.
Bundan 100 yildan ziyodroq davr oldin Kembrijda britaniyalik olim Jozef Tompson tomonidan elektronning ixtiro qilinishida al-Xarozmiy kashfiyoti o’z aksini topdi. Elektron bundan ming yil oldin al-Xorazmiy tomonidan ishlab chiqqan algoritm tamoyili asosida harakatlanadi. U bizning eng innovatsion va g’aroyib mahsulotga – kompyuter hamda uning protsessoriga ega bo’lish imkonini berdiki, uning yordamida samolyotlar uchmoqda, murakkab qurilmalar ishlamoqda. Shu tariqa, ular odamlarning kundalik yumishlarini yengillashtirmoqda. Xorazmiy nafaqat arab fani va madanyatini yuksaltirishga rahnomalik qilib qolmay, u butun jahon matematika ilmi taroqqiyotga buyuk hissa qo’shgan olimdir. Amerkalik fanshunos Jorj Sarton Xorazmiyga bejiz “o’z zamonasining va barcha zamonlarning eng buyuk matematigidir” 7 deb ta’rif bermagan. Xorazmiy hisoblash sistemasga hindlarning o’nlik sanoq sistemasni olib kirdi. Bu ish butun insoniyat sivilizatsiyasi tarixida buyuk burilish yasadi. Xorazmiyning ilmiy merosiga qiziqish uning hayotlik davridayoq boshlangan. Zamondoshlaridan Ahmad al-Farg’oniy, Xuttaliy va boshqalar uning asarlariga sharhlar yozishgan. Xorazmiyning “Algebra”, ”Arifmetika”, “Geografiya”, si va “Ziji” XVI asrgacha darslik vazifasini o’tagan. XIX asrdan boshlab Yevropa olimlarining Xorazmiy merosiga qiziqishi yanada keng tus oldi. K.Koulburuk, F.Rozen, G.Libri, B.Bonkompani uning asarlarini o’rganib, chop etdilar. Ularning ishlarini L.S.Karpinskiy, A.M.Musharrafa, Y.X.Kopelevich, B.A.Rozenfeld,K.Fogel, A.P.Yushkevich, N.Zuyer, O.Neygebaur, V.Millas, Goltsteyn, F.J.Videman, X. fon Mijik va boshqalar davom ettirgan. Xorazmiyning asarlari dunyo madaniyatining rivojiga katta ta`sir ko`rsatdi desak hech mubolag`a bo`lmaydi. Xorazmiyning o`z vatani O`zbekistonda uning ijodiga katta e`tabor berib kelinmoqda. Uning asarlari lotin, fransuz, italyan, nemis, ingliz, fors, turk tillariga tarjima qilinmoqda. T.N.Qori-Niyoziy, S.H.Sirojiddinov va G.P.Matviyskaya kabi atoqli olimlarimiz Xorazmiy faoliyati haqida qator risola, asarlar yaratdilar. Moskva, Urganch, Toshkentda unga bag`ishlangan Xalqaro ilmiy konferensiyalar o`tkazildi. Birinchi bor Xorazmiyning ’’Algebra’’, ’’Arifmetika’’, ’’Vasiyatlar kitobi’’, ’’Xorazmiy ziji’’, ’’Suratu-l-arz’’ kabi asosiy asarlarini o`z ichiga oluvchi ko`p jildli saylanma asarlari o`zbek va rus tillarida O`zbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan nashr etildi. Download 170.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling