Buxoro davlat universiteti tarix fakulteti tarix kafedrasi


Download 170.83 Kb.
bet5/10
Sana08.01.2022
Hajmi170.83 Kb.
#241198
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Muso al-xorazmiyning dunyo faniga qo’shgan hissasi

«QutaybaXorazm xatini yaxshi biladigan, ularning xabar va ri- voyatlarini o’rgangan va bilimini boshqalarga o’rgatadigan kishilarni halok etib, butkul yo’q qilib yuborgan edi. Shuning uchun u [xabar va rivoyatlar] islom davridan keyin, haqiqatni bilib bo’lmaydigan darajada yashirin qoldi»12. Natijada biz hozirgi kunda qadimgi Xorazmdagi fan haqida aniq bir ma’lumotga ega emasmiz, holbuki islom mamlakatlaridagi yirik olimlarning aksariyati xorazm­lik bo’lgan.

Xalifalikda ilmiy xabarlarning tarqalishida savdo munosabatlari muhim rol o’ynagan. Xalifalik Hindiston, Xitoy, Vizantiya, Xazariya, Bug’or, Rus va O’rta dengiz bo’yidagi mamlakatlar bilan savdo munosabatlariga ega edi. Arab savdogarlari Volganing yuqori oqimidagi yerlargacha, Markaziy Afrika va Madagaskargacha, Indone­ziya va Xitoygacha borar edilar.

( Xalifalikdagi ilk ilmiy izlanishlar Damashqda boshlanadi. Xalifalikda kelasi asrlarda bo’ladigan ilmiytaraqiyotning poydevori V—VI asrlardayoq shakllangan edi. Bu davrda Suriya va Eronda yirik ilmiy maktablar bo’lib, ularga Vizantiyadan quvg’in qilingan dahriy yoki xristian-sektant olimlari, ko’proq nestorianlar kelgan edi. Ular ko’plab yunoncha kitoblarni suryon tiliga tarjima qil­gan edilar. Ummaviy xalifalar davrida ham qator suryoniy olimlar xalifalar saroyida xizmat qiladi. Bular orasida Sever Seboxt (VII), Jirjis Uskuf (VII), Yaqub ar-Ruhaviy (640—702) va boshqalar bor edi13. Ular tomonidan Ptolemeyning «Almagest», «Tetrabiblos» asarlari, iskandariyalik Teonning (IV) Ptolemey asarlariga sharhlari va qator olimlarning tibbiyot sohasidagi asarlarini suryoniy tiliga tarjima qiladilar. 762- yili xalifalikning poytaxti Bag’dodga ko’chiriladi va Bag’dod tezda xalifalikning eng birinchi yirik ilmiy markaziga aylanadi. Xalifalardan al-Mansur (754 -775) va Horun ar-Rashid (786—809) tabiiy fanlar va matematikaning rivojlanishiga xayrixohlik bildiradi. Xususan, al-Mansur o’zi bi­lan Damashqdagi olimlarni Bag’dodga olib keladi. Horun ar-Rashid davrida esa yirik kutubxona ochilib, unga hatto Vizantiyadan ham kitoblar olib kelinadi. Bag’dodda o’nlab boshqa kutubxonalar ham ochiladi, ko’plab olimlar va xattotlar ilmiy asarlarni yunon va suryon tilidan arabchaga tarjima qilish hamda nusxa ko’chirish bilan band edilar.

Bu davrda xalifalikning sharqiy rayonlari ancha notinch edi. Arab xalifaligi O’rta Osiyoni uzoq muddat bo’ysundirib tura olmadi. Xalifalikning boshqa yerlari kabi O’rta Osiyoning ko’pgina qismi, Xu- roson va Shimoliy Afroniston IX asr boshlarida mustqil davlat bo’lib ajraldi. 821- yili bu davlatga Tohiriylar sulolasi asos soldi. Tohiriylarning poytaxti, xalifalikka tobelik paytda xalifalikning shimoli-sharqdagi yerlaridagi noibining qarorgohi Marv edi.Arablarga tobe bo’lgan yerlarda islom dini bilan birga adabiy til bo’lib, uzoq muddatgacha arab tili o’rnashib qoladi.

Yuqorida keltirilgan Beruniyning qayg’urib aytgan so’zlarida haqiqat borligi shubhasizdir. Biroq, O’ta Osiyoning ayrim yerlarida, hatto Xorazmning o’zida ham qandaydir ilm cho’g’lari tovlanib turgan o’choqlar, ilmiy an’analar saqlanib qolgan bo’lishi ehtimolga yaqindir. IX—X asrlarda Bag’dodda va xalifalikning boshqa shaharlarida ijod qilgan olimlarning ko’pchiligi o’rtaosiyolik ekanligi bizning fikrimizni haqiqatga aylantiradi. Xalfalikka tobe bo’lgan yerlarda mahalliy xaqlarning madaniy ilmiy an’analari uyg’onib, yangi sharoitda yangi — «islom madaniyati» libosida yuzaga keladi 14. Yangi fan vamadaniyatni yuzaga keltirish va rivojlantirishda Markaziy Osiyo, Yaqin va O’rta Sharqning ko’plab xalqlarining vakillari ishtirok etadi. Bular orasida olamshumul tarixiy ahamiyat kasb etgan, buyuk siymolar yetishib chiqan Markaziy Osiyo mintaqasi alohida ajralib turadi.

Umuman olganda, Markaziy Osiyo madaniyati arablar istilosiga qadar ham uzoq o’tmishga ega edi. Mazkur hudud qulay geografik sharoitda joylashgani sababli, qadim zamonlardan Yaqin va O’rta Sharq, Kavkaz, Sharqiy Yevropa, Xitoy hamda Hindiston bilan doimiy savdo va iqtisodiy aloqalari bardovom bo’lgan. Bu esa o’z navbatida, mazkur mintaqadagi shaharlar, qishloq xo’aligi (xususan, suniy irrigatsiya inshootlari), turli mahalliy hunarmandchilik va konchilik an’analari, ilm va madaniyatning jadal suratlar bilan rivojlanishiga turtki bo’ldi.

Xorazmning qadimdan davlat sifatida shakllanganini va o’sha davrlardan boshlab yuqori madaniyatga ega bo’lgani mutaxasislar tarafidan e’tirof etiladi15. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, Markaziy Osiyoning IX – XV asrlardagi riyoziyot va falakiyot fanlari Xorazm, Sug’d, Marg’iyona, Baqtrya kabi qishloq xo’aligi, xususan, suniy sug’orish ishlari rivojlangan mintaqalardagi milliy an’analar asosida taraqqiy topgan16.

Markaziy Osiyoning arablar tomonidan istilo qilinishi va xalifalik tarkibiga qo’shilishi, shuningdek, bu hududda islom dinning tarqalishi oson kechmagan. Mashxur tarixchi Muhammad an-Narshaxiy (899-960) Movarounnahrni ishg’ol qilgan arab lashkarboshisi Qutayba ibn Muslim al-Boxiliyning (vaf. 715 y.) Buxoroni uch marta egallagani va har safar lashkarboshi shaharni tark etishi bilan aholi yana o’z erkinligi va e’tiqodiga qaytganini ma’lum qiladi. Qutayba ibn Muslim faqat to’rtinchi yurish nihoyasida Buxoroni o’z irodasiga bo’ysindirishga muvaffaq bo’ladi17.Movarounnahrning boshqa hududlarida yashovchi aholi ham ba’zan urush, ba’zan esa sulh natijasida yangi e’tiqodni qabul qildi. Ammo islom dinining barkamol aqidalari, e’tiqodining aniq va musaffoligi, boshqa dinlar bilan murosasi, yahgidan-yangi insonlarni o’z safiga qabul qilishga doimo tayyorligi va boshqa ko’pgina ijobiy fazilatlari tezda barchani o’ziga rom etib, ommalashib ketdi. Shu tarzda “qadimiy va boy madaniyatga ega bo’lgan Markaziy Osiyo arab xalifaligi tarkibiga kiritilgandan so’ng, uning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida faol ro’l o’ynay boshladi18.

Sharqdan Xitoy, g’arbdan esa G’arbiy Osiyoni bog’lab turgan Movarounnahr va Xuroson mintaqasi qo’shni davlatlarning fan texnika yutiqlaridan unumli foydalandi, ularni ham o’zidagi ilmiy va madaniy yangiliklardan bahramand etdi.

IX – XI asrlarda Movarounnahr chorvachilikdan tashqari hunarmandchilik mahsulotlari sanalmish metaldan yasalgan qilich, qalqon, kamon, turli xil gilam, gazlama va sopol buyumlar ham xorijiy mamlakatlarga keng eksport qilina boshladi. Manbalarning aksariyatida bu mintaqa aholisi hunarmandchilik va savdo ishlarida noyob istedod sohibi ekani zikr etiladi.

Markaziy Osiyoning iqtisodiy salohiyati, bir necha asrlardan beri davom etib kelayotgan ilmiy taraqqiyot, fan va madaniyatning yuksalisiga zamin bo’ldi.

Beruniy ta’kidlab o’tganidek, islomning kirib kelishi bilan shu paytgacha mavjud bo’lgan xorazm tili va yozuvi deyarli muomaladan chiqarildi. Ammo, sug’d yozuvi va tilining taqdiri o’zgacha kechdi. Markaziy Osiyo zaminida arab istilosi davrida avval mavjud bo’lgan madaniy-ma’naviy muhit yo’qolib ketganiga qaramay, bu zamindagi xalqlar tez orada, o’ining ilmiy salohiyatini tiklab olishga muvaffaq bo’ldi va u IX asrdan boshlab xalifalik tarkibida muhim fan va madaniyat maskaniga aylandi. IX – XI asrlarda Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan allomalarning aksariyati o’z vatanlaridan yiroqda, xususan, xalifalikning poytaxti – Bog’dod shahrida ijod qilganlar.Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, ana shunday muhitning asosiy sababchisi xalifa al-Ma’mundir. Ma’lum muddat Movarounnahr va Xurosonni boshqargan al-Ma’mun 819-yilda Bog’dodga ko’chib o’tadi, shunda u o’zi bilan bu mintaqaning mashhur olimlari, hunarmand va lashkarboshilari va boshqa ko’zga ko’ringan kishilarni ham Bog’dodga olib ketadi. Bu qomusiy olimlar ichida Muhammad al-Xorazmiy ham bor edi.

Olimning to’liq ismi Abu Ja’far (Abu Abdulloh) Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy al-Majusiydir. Bu yerda ismning “Abu Abdulloh Muhammad” ismi islomga yangi o’tganlarga beriladigan an’anaviy ismdir, “Ibn Muso” “Musoning o’gli” demakdir, “al-Majusiy” laqabiga qarab Xorazmiyning ajdodlari majusiy kohinlaridan, ya’ni mug’lardan bo’lib, islomni otasi qabul qilganligi ko’rinadi. Alloma 783-yili (780-yil degan taxmin ham bor19.) Xiva shahrida dunyoga kelgan o’zbek farzandi bo’lib, hozir insoniyatga ma’lum bo’lgan adabiyotlarda uni arab tilida bitilgan ilmiy merosga asoslanib, arab olimi, yoki yanada mavhumroq qilib musulmon olimi deb kelishgan. Hatto bir Bog’dod olimi uni Bog’dod yonidagi Xorazm qishlog’ida tug’ilgan, u-asl arab olimi deb yozishgacha borishgan. Lekin mavjud yozma manbalar uning haqiqatdan ham Xorazmning hozirgi Xiva shahri hududida tug’ilganligini, uning otasi Xorazmning ma’rifatli maldorlardan bo’lganligini ta’kidlaydi. Allomaning yoshlik chog’lari qanday o’tgani haqida keng ma’lumotlar saqlanib qolmagan. Lekin, taqdirning baxtli yulduzlaridan biri uning tavvalidiga homiylik qilgan, desak mubolag’a bo’lmas. Chunki, u yashagan davr g’oyat murakkab edi.Turonu Eronni, Shomu Iroqni tasarrufiga olgan arab xalifaligi gukirab, kengroq maydonlarini ishg’ol etish bilan birga, fath etilgan o’lkalarda isyonlar tez-tez sodir bo’lib turishi oqibatida ijtimoiy barqarorlik yo’q edi20. Xorazmiydek buyuk allomaning paydo bo’lishiga ular yashagan davrning ta’lim tizimi, sotsial muhit va ijtimoiy-ma’daniy shart-sharoitlar sabab bo’lgan. Mutafakkir yashagan davrda yurtimizda qadimdan rasm bo’lib kelayotgan intensiv uzluksiz ta’lim tizimi shakllangan edi 21. Bu asosida: ta’lim va tarbiyaning uzviy bog’liqligi; ikkinchidan, ta’limning asosida xotirani mustahkamlashga alohida e’tibor berish (istilochilar o’tmish avlodlaridan qolgan ilimlarni unutishga majbur qilgach, bu ilimlarni xotirada saqlashga majbur bo’lishgan)22; uchinchidan matematik bilimlar bilan grammatikaga oid bilimlarni uzviy birlikda olib qarash (har ikkala fan mantiqiy bog’langan bo’lib, ularni puxta o’zlashtirish tafakkurni chiniqtirgan); to’rtinchidan, ta’limning mafkuradan mustaqil bo’lishi (mustaqil ta’lim tafakkur erkinligiga yo’l ochgan); beshinchidan ta’lim oluvchilarning bir vaqtning o’zida bir qancha tillarni o’zlashtirishi yotadi (ko’p tillarni bilish fikr doirasini kengaytirgan). Ilk o’rta asrlarda Qadimiy O’zbekiston hududida mujassamlashgan qadimgi Turon (turkiy) sivilizatsiyasiga qadimgi yunon madaniyati (ellinistik madaniyti orqali), qadimgi Bobil va Shumer madaniyati (arablar orqali), qadimgi yahudiylik an’analari (musaviylik e’tiqodi oqali), buddaviylik ma’daniyati (qadimgi Kushonlar madaniyati orqali), qadimgi Xitoy, Yapon va Kuriya madaniyati qadriyatlari (buyuk ipak yo’li orqali) ta’sir qilib yukak sintetik madaniyat shakllangan edi. O’rta asrlar sintetik madaniyati sharoitida jamiyatda ilm-ma’rifat nihoyatda yuksak qadrlangan, kishilarning bir vaqtning o’zida to’rtdan ortiq xilma –xil tillarda muloqat qilishga to’g’ri kelgan23. Bunday madaniy muhit o’ziga xos ta’lim tizimini shakllantirgan bo’lib, bu ta’lim tizimi Xorazmiydek ulug’ allomalarning yetishib chiqishiga zamin bo’lgan.

Xorazmiy tug’ilgan oilada ilm-ma’rifat qadrlanganligi uchun uni yoshligidan ilm egallashga da’vat qilishgan. Quronni va hadislarni yod olish odatiy hodisa bo’lgan. Ota-onasi Xorazmiyga xat savod o’rgatish uchun malakali mualimlarni yollashgan Xorazmiyning zexni o’tkir, xotirasi va mantiqiy mushohada qobilyati kuchli bo’lganligi sababli darslarni, arab tilini juda tez o’zlashtirgan. Xorazmiy otasining kutibxonasida saqlanayotgan yunon, suriyon va sankirit tilaridagi o’rama yozuvlarni ham o’qishga qiziqqan va Xorazmda yashovchi yunonlardan yunon yozuvlarini, yahudiylardan qadimgi yahudiy manbalarini ham o’rgangan. Bu yozuvlarni, o’rganishdan maqsad Xorazmiy turli mantiqiy masalalarni yechishni yaxshi ko’rardi.

Muso Xorazmiy asosiy fundamental bilimlarni o’z yurti Xorazmda egallagan.Shu davrda Xurosoning ilm-fan markazi Marv shahri edi. U joyda xalifa Xorun ar-Rashidning o’g’li va taxt voliysi al-Ma’mun (813-833) hukmronlik qilardi. Al-Ma’mun otasi va bobolari singari ilm-ma’rifatni qadirlovchi inson bo’lgan. Shu sababli u Marvda tez-tez olimlarning munozaralarini tashkil etib turgan. Xorazmiy ham shu olimlar qatori Marvga taklif etilgan, 813-yili al-Ma’mun akasi al-Amindan Bog’dod xalifaligi taxtini yengib olgach, 819-yili Bog’dodga ko’chib boradi va o’zi bilan birgalikda Turkistonlik bir guruh mashxur olimlarni ham olib ketadi24. Ammo, Xorazmiy, ayrim tadqiqotchilarning fikricha, uning otasi majusiy kohinlaridan bo’lgani uchun arab mutaassiblarining taqibidan qochib, Xorazmni tashlab ketishga majbur bo’lgan va Xurosonga, keyinroq esa, Bag’dodga kelib qolgan25 degan fikrlar ham bor.

1.2. “Musulmon renasansi”ning asosi – Bayt al-hikma faoliyati va unda movarounnahrlik olimlarning o’rni.

O’rta asr Sharq xalqlari fani va mananiyati tarixida Bog’dodda bunyod etilgan “Bayt al-hikma” so’zsiz, yirik ilmiy voqea sanaladi.

Bayt al-hikma” o’zbek tilida “Hikmatlar uyi” degan mazmunni anglatadi.Bu iboradagi “hikmatlar” ortida o’sha davrdagi qator fanlar, jumladan falsafa, tabobat, falakiyot, riyoziyot, adabiyot, diniy ilimlar tushiniladi. Binobarin, “Bayt al-hikma” birinchi navbatda, ushbu sanab o’tilgan fanlar qolaversa, boshqa fan yo’nalishlarda ham ish olib borilgan ilm va tarjimalar dargohi bo’lgan.

Mohiyatan avvaliga kutubxona sifatida tashkil etilgan “Bayt al- hikma” ko’p vaqt o’tmay, u yerda jamlangan kitoblarni arab tiliga tarjima qilish markaziga aylandi. Keyinchalik esa, bu markaz tevaragida o’z davrining eng yirik olim va tarjimonlari to’planib, ijod qildilar. Ta’kidlash joizki, ularning o’zagini Movarounnahr va Xuroson olimlari tashkil etdi. Ayni paytda, bu maskanda bir tomondan, yunon, fors va hind tillaridagi asarlarning jamlangani, ikkinchi tomondan jamlangan kitoblarning eng noyoblari tanlab olinib, arab tiliga o’girilgani hamda muomalaga kiritlishi, uchinchi tarafdan esa, muhim asarlarni yaratgan taniqli olimlarning Bayt al-hikmada to’planishi, uni o’rta asrlarning eng mashhur ilmiy dargohiga aylanishi va ilmiy adabiyotlarda “Bog’dod ilmiy maktabi” va “Bog’dod akademiyasi” degan nomlar bilan tanilishiga asos bo’ldi.

Bayt al- hikma ta’sis etilgan yil haqidagi ma’limotlar hozirga qadar ma’lum emas. U Bog’dodning qaysi nuqtasida joylashgani borasida ham aniq bir xulosaga kelish qiyin.Ammo u xalifa saroyining biror-bir qismida joylashgan bo’lish kerak, deb taxmin qilish mumkin.Bundan tashqari, “Bayt al- hikma”ning tashkil topishi ba’zan xalifa al-Ma’mun ismi bilan ham bog’lab ko’rsatiladiki26, bu haqiqatdan ancha yiroqdir.

Tarixdan ma’lumki, 749-yilda Abu-l-Abbos Saffax (749-754) xalifa Marvon II ni taxtdan ag’dargach, xalifalikni boshqarish abbosiylar sulolasi qo’liga o’tadi. Bog’dod tez orada sharqda Markaziy Osiyogacha, g’arbda Ispaniyaga qadar kengaygan yirik davlatning poytaxtiga aylandi. Arablar

odatda, o’zlari bosib olgan mamlakatlarning boyliklarini o’z manfati yo’lida ishlatish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solar edilar. Shu boisdan bu mamlakatlarning ham moddiy, ham ma’naviy boyliklari asta-sekin Bog’dodga oqib kela boshladi. Ayniqsa, al-Mansur, Horun ar-Rashid, al-Ma’mun kabi Abbosiy xalifalar qadimiy qo’lyozma va yirik olimlarni o’z saroylariga jalb etishga alohida e’tibor qaratish bilan bir qatorda, bu borada misilsiz jonbozlik ham ko’rsatdilar. Nanijada Bog’dod tez orada butun xalifalikda ilmiy faoliyat yuritish uchun katta imkoniyatlarga ega bo’lgan qulay shaharga aylandi.Bu esa o’z navbatida, olimlarning o’sha yerda ijod qilish ishtiyoqini oshirib yubordi. Saroyda qo’lyozma asarlarni saqlash odati ummaviylar sulolasi davrida ham mavjud bo’lsa-da, bu ish abbosiy xalifalardan al-Mansur davrida doimiy jaroyonga aylandi, sifat va miqdor jihati ham o’zgardi. Al-Mansur nodir qo’lyozma asarlarni to’plashdan tashqari, o’zga yurtlardagi olimlarni ham o’z saroyiga jalb qila boshladi. Uning saroyida Gundishopur maktabidan taklif etilgan turli diniy e’tiqotda bo’lgan ko’pgina olimlar, tabiblar, kimyogarlar, geograflar va muhandislar xizmat qilgan. Ular orasida Bog’dod shahrining qurilishida ishtirok etgan astrologlar – eronlik an-Navbaxt (vaf. 777 y.) va basralik yahudiy Menassiyalar (vaf.815 y.) ham bor edi. Musilmonlar orasida “Mashallah” nomi bilan tanilgan Menassiya, al-Mansur, Horun ar-Rashid, al-Amin va al-Ma’munlar davrida eng mashxur astrologlardan biri edi27. Xalifa al Ma’nsur uchun falsafa, tabobat, falakiyot, riyoziyot, tarix, adabiyotga oid kitoblar chop etilgan, hukmdor esa, mazkur kitoblar, qo’lyozma asarlarni saqlash uchun maxsus joy ajratgan. Shu tariqa “Bayt al-hikma”ning yaratilishiga asos bo’lgan saroy kutibxonasi paydo bo’ldi. Ammo, bu kutibxonaning vazifasi kitobxonlarni zaruriy adabiyotlar bilan ta’minlash emas, balki to’plangan nodir qo’lyozma asarlar, turli mamlakatlardan keltirilib, arab tiliga o’girilgan kitoblarni saqlashdan iborat bo’lgan. Al-Mansur bu maskan hali “Bayt al-hikma” deb nomlanmagan edi.

Ma’lumki, al-Mansurning o’g’li Muhammad al-Mahdiy ibn Mansur (775-785) va nabirasi al-Hodiy ibn al-Mahdiylar (785-786) hukmronlik qilgan yillarda ilmiy izlanishlar va tarjima faoliyatioda katta siljishlar yuz berdi, deb bo’lmaydi. Shu sababdan ham ular davrida “Bayt al-hikma” bilan bog’liq bo’lgan sezilarli o’zgarishlar yuz bermagan, deb o’ylaymiz.

Abbosiy xalifalar ichida eng dong taratgani Horun ar-Rashid (786-809) taxtga o’tirganidan so’ng, ijtimoy va madaniy hayotning barcha jabhalarida katta o’zgarishlar sodir bo’ldi. Bu, albatta, “Bayt al-hikma”ga o’z ta’sirini o’tkazmay qolmadi.

O’rta asr manbalaridagi ba’zi ma’lumotlar “Bayt al-hikma” Horun ar-Rashid davrida ta’sis etilgan, degan xulosaga kelishga asos bo’ladi. Jumladan, Ibn an-Nadim o’zining “al-Fixrist” kitobida vazir Sahl ibn Horun, astrolog Abu Sahl al-Fadl ibn Navbaxt va nusxa ko’chiruvchi A’lon ash-Shubaviylar haqida so’z yuritar ekan, ularni Horun ar-Rashidning “Bayt al-hikma”sida faoliyat ko’rsatgan, deb ma’lumot beradi. Bundan, “Bayt al-hikma” Horun ar-Rashid o’z saroyida jamlangan katta miqdordagi kitoblar, tarjimonlar va ulamolar uchun alohida joy ajratib, unga “Bayt al-hikma” nomini bergan bo’lishi mumkin. Shuni ham aytish kerakki, “al-Fixrist” muallifi bu markazni ba’zan “Bayt al-hikma”, ba’zan esa “Xizanat al-hikma” iborasi bilan ataydi.

Ayni paytda o’rta asrlarning yana bir mashhur muliflardan Yoqut al-Hamaviy ham Ibn ah-Nadimning fikrini tasdiqlaydi.

Umuman, Horun ar-Rashid davrida “Bayt al-hikma” turli adabiyotlar saqlanadigan maskandan tarjima va tadqiqotlar olib boriladigan markazga aylandi. U yerga kelgan taniqli ulamolar, tadqiqotchilar nafaqat turli mavzulardagi kitoblar bilan tanishish, balki ulrni mutolaa qilish imkoniyatiga ham ega edilar. Bu davrda tarjima ishlariga bo’lgan ahamiyat bag’oyat ortib, “Bayt al-hikma”dagi asarlar soni yanada ko’paydi.

Ibn al-Kiftiyning bu markaz haqidagi fikrlari ham diqqatga sazovor. U hunday deb yozadi:”Haqiqatan, “Bayt al-hikma” turli ilmiy yo’nalishlar markazi bo’lib, Horun ar-Rashid bu institut haqidagi fikrning ibtidosi edi. Uning o’g’li xalifa al-Ma’mun bu ishni amalga oshirdi.“Hikmat” so’zi musulmon olimlarining fikriga ko’ta ilohiy ilmlar, hisob, tabobat va falakiyotni qamrab olgan”28.

Al-Ma’mun “Bayt al-hikma”ga alohida e’tibor bilan qaradi. Natijada uning davrida (813-819) “Bayt al-hikma”dagi ilmiy muhit misli ko’rilmagan darajada rivojlanib, u yerda yunon, fors va hind tillaridagi muhim kitoblarni arab tiliga o’girish, sharhlash bilan bir qatorda, mustaqil ilmiy faoliyat olib borilib, yangi asarlar yozildi. Al-Ma’mun diniy ilimlar, falsafa, aniq fanlar bilan qiziqqan va o’zi ular bilan muntazam shug’illangan. Shuningdek, u tarjimonlar va olimlarga har bir yozgan yoxud tarjima qilgan kitoblari uchun katta mukofotlar tayinlagan. Al-Mamunning bevosita homiyligi ostida Yunoniston, Hindiston, Rum, Eron va Marvdan “Bayt al-hikma”ga katta miqdorda turli mavzudagi kitoblar kelib tushgan. Ularning ba’zilari esa harbiy yurishlar paytida o’lja sifatida Bog’dodga olib kelingan.Kutibxonadagi kitoblarning umumiy soni haqida aniq ma’lumotlar saqlanmagan.Xalifalardan keyin “Bayt al-hikma”ga mas’ul shaxs vazir Sahl ibn Horun edi.Manbalarda Sahl ibn Horunning “Bayt al-hikma” bo’yicha maslakdoshi deb Sa’id ibn Horun eslatiladi.O’z davrining fozil kishilardan sanalgan, bir qancha risolalar muallifi bo’lgan bu shaxsga oid ma’lumotlar deyarli saqlanmagan. Ularning birinchisiga nisbatan manbalarda “Bayt al-hikma”ning egasi” (“saxib”) degan atama ishlatiladi. Manbalarda “Bayt al-hikma”da faoliyat ko’rsatgan allomalarga nisbatan “xazin”, “mushriq”, “amin” kabi biror faoliyatni iroda etganini anglatuvchi so’zlar uchraydi.

Quyida “Bayt al-hikma” va Bog’dodda tabiy fanlar sohasida ijod etgan o’n besh nafar Markaziy Osiyo allomalarining ismi keltirilgan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, mazkur allomalarning katta qismi bizning ilmiy adabiyotlarda maxsus o’rganilmagan:

  1. Yahyo ibn al-Mansur.

  2. Muhammad Muso al-Xorazmiy.

  3. Abu-l-Fadl ibn Turk al-Xuttaliy.

  4. Xolid al-Marvarudiy.

  5. Al-Abbos al-Javhariy.

  6. Ahmad al-Marvaziy.

  7. Ahmad al-Farg’oniy.

  8. Banu Muso.

  9. Ahmad as-Sag’oniy.

10. Ahmad as-Saraxsiy

11. Abdulloh ibn Amajur at-Turkiy

12. Abu Bakr ar-Roziy

13. Abu Nasr al-Farobiy

14. Mansur ibn Talha al-Xuza’iy

15. Ali at-Tabariy

Yahyo ibn Abu Mansur o’rta asr Sharq falakiyot ilmi tarixiga, asosan Bog’dodning ash-Shammosiya hududida 828-yili bunyod etilgan rasadxona asoschisi, u yerda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar va amaliy tajribalarning tashkilotchisi hamda “al-Ma’muning sinalgan jadvali” kitobining mualliflardan biri sifatida kirgan.

Xolid al-Marvarudiy IX asrning birinchi yarmida yashab, xalifa al-Ma’munning huzirida faoliyat ko’rsatgan mashhur astronomlardan biri bo’lgan. Asli Marvlik.

Al-Xorazmiy jahon fani rivojiga ulkan hissa qo’shgan buyuk allomadir.Uning ko’p qirrali ilmiy merosi jahon miqyosida, xususan, O’zbekistonda o’rganilgan. Zero “Bayt al-hikma”dagi olimlarning eng mashhuri bo’lgan. Xalifa al-Ma’mun olib ketgan olimlar orasida Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al- Farg’oniy, Yah’yo ibn Abu Mansur, Habash al-Xosib al- Marvaziy, Xolid al-Marvarudiy, al-Abbos al-Javhariy29 singari intellekti yuksak olimlar bo’lgan. Xorazmiy bu olimlarning sardori sifatida Xorun ar-Rashid bunyod qilingan “Bayt al-hikma”(“Donishmandlar uyi”) kutibxonasi bazasida tashkil etilgan ilmiy akademiyaga rahbarlik qilgan. Shuningdek, u xalifaning saroyidagi ishonchli kishilardan biri, maslahatchisi bo’ganligi qayd etilgan. Xalifa Ma’mun, hali taxtga o’tirmagan vaqtda (ya’ni, valiahdlik vaqtda) xalifalikning sharqiy hududlarida xalifa noibi bo’lib xizmat qilgan va o’sha davrda al-Xorazmiy bilan yaqindan tanishib, uning ilmiy salohiyatini to’g’ri baholagani va uni Bog’dod yaqinidagi Qatrabula shahriga joylashtirganligi tarixiy manbalarda keltiriladi. Al-Xorazmiy ham o’z navbatida xalifa Ma’munning ilm –fanga qaratgan diqqat e’tiborini yuqori baholab, u haqida “ilmga muhabbati va olimlarni o’z atrofiga yig’ishi, ularni o’zining davlatmandlik qudrati qanotlari bilan himoyalab, ular uchun mushkul bo’lgan (muammo)larning oson hal bo’lishiga va ular uchun tushinarsiz bolgan (hodisalar)ning tushinarli bo’lishiga doimo yordam beruvchi odil hukmdor” sifatida ta’riflaydi. “Bayt ul-hikma” - o’ziga xos sharqona akrdemiya bo’lib, Ma’mun “Bayt ul-hikma”sida o’z davrining yetuk tafakkur egalari, xalifalikning barcha yerlaridagi olim va fozillar aynan “Bayt ul-hikma”da yig’ilib, hamjihatlikda ish olib borishar edi. Bu akedemiyada nihoyatda ulkan va boy ilmiy merosga ega bo’lgan kutibxona, astronomik tadqiqotlar uchun qulay rasadxona va qadimgi yunon ilm- faniga doir ko’plab qo’lyozmalarning tarjimalari bilan shug’illanuvchi tarjimonlar va xattotlar ish olib borardi.

Aynan shu davrda, Ma’mun “Bayt ul-hikma”sida al- Farg’oniy, Ibn Turk, al-Kindi kabi ko’plab olimlar ish olib borishgan.

Turkistonlik olimlar bu akademiyaning asosiy harakatlantiruvchi kuchlari edi. Ular O’rta Osiyoning qadimiy va samarali ta’lim tizimidan ozuqa olishganligi uchun ham Bog’dodda to’plangan ilm ahliga ustozlik qilishgan. Keyinchalik bu olimlar Sharqda “almaroviza”, ya’ni “marvliklar” nomi bilan mashhur bo’ladi. Ular orasida Xorazmiy ham bor. Ma’mun “damashqliklar” va “marvliklarni” “Bayt ul-hikma” deb atalgan va keyinchalik “Ma’mun akademiyasi” nomi bilan mashhur bo’lgan akademiyaga birlashtiradi. Ma’mun akademiyasida ko’plab olim­lar, tarjimonlar va xattotlar xizmat qiladi. Ularning aksariyati O’rta Osiyo va Erondan kelgan olimlar edi. Yu. Rushka ta’kidlaganidek, H. Zuter tomonidan tuzilgan matematik va astronomlar ro’yxatidagi olimlarning hammasi “deyarli nuqul Xuroson, Movarounnahr, Baqtriya va farg’onaliklardir”30. Demak, “Ma’mun akademiyasi”da olib borilgan ilmiy izlanishlarga asli o’rtaosiyolik bo’lgan olimlar muhim hissa qo’shgan.“Bayt ul-hikmat”ning o’z rasadxonalari bo’lgan. Bag’dod olimlari astronomiya, matematika, geografiya sohasida keng ko’lamda ishlar olib borganlar, yer meridiani bir darajasining uzunligini, ekliptikaning og’ishiniva yoritgichlarning sferik koordinatlarini o’lchaganlar. Astronomiyaga qiziqishning sabablaridan biri feodal saroy hokimlarining astrologiyaga, ya’ni yulduzlarga qarab hukm chiqarishga (“sinoati tanjim”) xurofiy ishonganliklari edi. Albatta, bu asosiy sabab bo’lmay, balki u Sharq mamlakatlari ko’pchiligining, jumladan, O’rta Osiyoning ham dehqonchiligi, madaniyat va taraqqiyoti sug’orishga asoslanganligida, bu esa astronomiya bilan ancha bog’liq ekanligidadir.

Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, Bog’dodda astronomiya bilan shug’ullanishga turtki bo’lgan sabablardan biri bag’dodliklar hindlarning bilimidan xabardor bo’lganliklaridir31. Bu fakt haqida va Xorazmiyning undagi ahamiyati haqida XIII asr tarixchisi Ibn al-Kiftiy (1172—1248) quyidagicha xabar beradi:

Ibn Odamiy deb ma’lum bo’lgan al-Xusayn ibn Muhammad ibn Hamid o’zining “Terilgan marjon” deb atalgan katta zijida hikoya qiladiki, bir yuz ellik oltinchi (milodiy- 773) -yili Xalifa al-Mansur oldiga Hindistondan bir kishi keldi. U yoritgichlarning harakatlari, ularning chorak daraja uchun hisoblangan kardajalardan tuzilgan tenglamalari va yoritg’ichlar bilan bo’ladigan boshqa samoviy hodisalar, chunonchi, tutilishlar ekliptika (darajalarining) chiqishlari va boshqalar haqidagi Sindhind deb ataluvchi hisobdan xabardor edi. Bular bir necha boblik kitobda keltirilgan edi.U (al-Husayn) aytadiki, o’sha (hind) kitobni hind podshohlaridan bo’lmish Figar nomli podshoga mansub kardajalar hisobiga qisqartirgan, bunda kardajalar minutlar uchun hisoblangan bo'ldi.Al-Mansur, arablar sayyoralar harakati (masalalarida) asos qilib olsinlar deb, bu kitobni tarjima qilish va unga ko’ra kitob yozishni buyurdi. Bu (ishga) Muhammad ibn Ibrohim al-Fazoriy kirishdi va shu (kitob)asosida bir kitob yozdi, u astronomlar orasida “Katta Sindhind”deb ataladi. U zamon ahli to xalifa al-Ma’munning davrigacha ko’proq shu kitobdan foydalangan; uni xalifa uchun Abu Ja’far Muh­ammad ibn Muso al-Xorazmiy qisqartirib, o’z zijini tuzdi, bu (zij) islom mamlakatlarida majbur bo’ldi. Bunda u Sindhinddagi o’rtacha lanetalarga tayandi, lekin tenglamalar va (Quyosh)og’ishi (masalasida) unga muxolif bo’ldi. Shuning uchun u tenglamalarni forslar mazhabiga ko’ra, Quyosh og’ishini esa Ptolemey mazhabiga ko’ra aniqladi. Unda u tarkibiy (hisoblashning) ajoyib navlarini ixtiro qildi, garchi bunda uning geometriyada zaifligidan dalolat beruvchi muayyan xato bo’lsa ham. U zamon ahlining Sindhind tarafdorlari bu (kitob­ni) ma’qulladilar va uni tezda mamlakatlarga tarqatdilar. Zamonamizning sinchkov kishilari unga tuzatish kiritib, hatto hozirgi kunda ham foydalanib kelmoqdalar”32.

Bu yerda eslatilgan al-Husayn ibn Odamiy 900- yil atrofida Bag’dodda yashab, ijod etgan astronomlardandir.Uning qalamiga “Terilgan marjon” nomli zijidan tashqari, “Isloh harakat an-nujum” (“Yulduzlar harakatlarini tuzatish”) nomli astronomik asar ham mansub33. Ibn Odamiy sifatada eslatgan hodisalarga yaqin bo’lgani uchun bizningcha, uning so’zlariga ishonish kerak. Al-Fazoriyni esa Ibn al-Kiftiyning o’zi quyidagicha ta’riflaydi: Muhammad ibn Ibrohim al-Fazoriy ilmi “nujumda fozil, olamdagi hodisalardan xabardor, sayyoralarning harakatini bilag’on edi, u musulmon millati ichida abbosiylar davlatining boshlarida shu turdagi (ilmlarga) ahamiyat bergan eng birinchi kishi edi”34.

Xalifa al-Mansur saroyida ishlagan uchta astronomning nomi ma’lum. Bularni Ibn al-Kiftiy eslatgan Muhammad al-Fazoriy (vafoti taxm. 800 y.), uning otasi Abu Ishoq Ibrohim al-Fazoriy (vafoti taxm. 777 y), xalifalikda birinchi marta asturlob ixtiro qilgan va ilk astronomik asarlar muallifi Yaqub ibn Toriq (vafoti taxm, 796 -y.) edi. Hindistondan kelgan kishi esa 773- yili Xalifa al-Man­sur oldiga)Hindistondan kelgan elchilar orasidagi olim pandit Kat­ka (yoki Kanka) edi35; u o’zi bilan birga jadvallik astronomik risola olib kelgan. Sharqda “Kitob as-Sindhind” yoki “Katta Sindhind” deb atalgan bu asar, keyin ma’lum bo’lishicha, VII asr hind astronomi Braxmagupta 628 -yili yozgan “Brahmaspxuta-siddhonta” ekan36. Islom mamlakatlarida “Siddhonta” so’zida Hindistonning ikkita qismi Sind va Hind nomlari akslanib “Sindhind” bo’lib qolgan. Xorazmiyning “Kitob as-Sindhind”ni qisqartirib tuzgan ziji esa Sharqda “As-Sindhind as-sag’ir”, ya’ni “Kichik Sindhind” deb mashhur bo’ldi.

Kardajalar, aslida hindcha ardhajiva so’zidir, hind astronomlari qabul qilgan doira yoyining 3°45' bo’ladi.Lekin islom mamlakatlaridagi matematiklar bu so’zni “sinus yoyi” ma’nosida qo’llaganlar, shuning uchun sinuslar jadvallarini kardajalar deb ataganlar37. Xorazmiyni “Abu Abdulloh” o’rniga “Abu Ja’far” deyilishiga kelsak, bu Ibn al-Kiftiy olimning nomini undan bir oz keyin Bag’dodda ishlagan Abu Ja’far Muhammad ibn Muso ibn Shokir (vafoti 873- y.) nomi bilan adashtirishi sabablidir38.

Shundayqilib, Ibn al-Kiftiy keltirgan xabar Xorazmiyning Bag’ dodga kelgan davri haqidagi eng ilk va aniq guvohlikdir. Xorazmiy Bag’dodga kelib, u yerdagi Qutrabbul mahallasida yashaganligi haqida xabar bor39.U “Baytul hikma”ning kutubxonasiga mudirlik qiladi Bunga qaraganda, u Marvda ham shunday vazifani bajargan ko’rinadi. Xalifa Ma’mun va al-Vosihlar davrida kitob yozish uchun Xoraz­miy boshchiligida uchta ekspeditsiya uyushtiriladi. Bularning biri 830-yilga yaqin Rarbiy Hindistonga uyushtirilgan edi40. Shu sababdan xalifa al-Mansur davrida Hindistondan keltirilgan “Brahmaspxutasiddxonta” asari hind matematikasi va astronomiyasi bilan islom mamlakatlari olimlari tanishgan birgina kitob bo’lmasa kerak, albatta. Ibn al-Kiftiy keltirgan xabarda mazkur asarda hind raqami va hisoblash sistemasining mavjudligi haqida aniq, ma’lumot yo’q. Bizningcha, Xorazmiy o’z ekspeditsiyasidan ana shu ma’lumotlarni olib kelgan va shuning uchun ham ularni o’zining arifmetik asarida aks ettirgan.

Xorazmiy boshchiligidagi ikkinchi ekspeditsiya Rumga (Vizantiya) yuborilgan41.Bu ekspeditsiya ilmiy jihatdan katta ahamiyatga ega bo’lmay, Efes (Afsus) shahri yaiqinidagi go’r bilan borliq bo’lgan”Ashobi Kaf” haqidagi rivoyatni aniqlash uchun xalifa tomonidan uyushti­rilgan edi.Nihoyat uchinchi ekspeditsiya Xazariyaga — Volganing quyi oqimidagi o’lkaga uyushtirilgan edi42.

Xorazmiy Ma’mun akademiyasida olib borilgan ilmiy kuzatishlarda faol qatnashadi. Xususan, Bag’dodning Shammosiya mahallasi rasadxonasidagi astronomik kuzatishlar Xorazmiy va Yahyo ibn Abu Mansur boshchiligida olib borilgan43. Bu haqida Beruniy ham “Geode­ziya” asarida guvohlik beradi. U Ptolemeydan so’ng Quyoshning eng katta og’ishini o‘lchash xalifa al-Ma’mun davrida boshlanganligini eslatib o’tiladi: “UxalifaYahyo ibn

Abu Mansurga bu hisoblarni yangilashni buyurdi va Yahyo buni Shammosiyada amalga oshirdi”44. Yahyo bu o’lchashda eng katta og’ishni 23°33'topganligini aytib, Beruniy davom etadi: “Mana shu miqdorga asoslanib, u (Yahyo) o’z zijidagi jadvallarni tuzdi. Xorazmiy bu jadvalda xabar berib, bu ma’lumotlarni o’z ko’zi bilan ko’rganliginih aytadi, chunki u bu o’lchashlarni (shaxsan) o’zi ko’satgan” Beruniy aytgan bu kuzatishlar hijriy 213—milodiy 825- yili amalga oshirilgan. Yana Beruniy xabar berishicha, 829- yili ham Sham­mosiyada mazkur yoy o’lchanib, bu gal 23°35' topilgan.Bu kuzatishda ham o’sha olimlarning o’zi ishtirok etgan. Xorazmiy al-Ma’mun davrida Bag’dod bilan Surramanrao orasidagi Yer meridiani bir darajasining uzunligini o’lchashda ishtirok etganligi ham mumkin, chunki bu o’lchashda “Bayt ul-hikma”dagi ko’pchilik atoqli olimlar ishtirok etgan. Bu o’lchash natijasida mazkur miqdor 56R40'arab miliga teng topilgan.

Demak, keltirnlgan misollardan ko’rinadiki, Xorazmiy “Bayt ul- hikma”ning ilmi faoliyatida uzluksiz va bevosita ishtirok etib, uning eng faol a’zolaridan biri bo’lgan. Xorazmiy xalifalik tarixidagi muhim bir davr — uyg’onish davrining boshida yashab ijod etdi.


Download 170.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling