Buxoro davlat universiteti tarix fakulteti tarix kafedrasi


XULOSA…………………………………………………………………...68


Download 170.83 Kb.
bet2/10
Sana08.01.2022
Hajmi170.83 Kb.
#241198
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Muso al-xorazmiyning dunyo faniga qo’shgan hissasi

XULOSA…………………………………………………………………...68

Foydalangan adabiyotlar………………………………………………….71

Kirish

Mavzuning dolzarbligi. Har qanday xalq birinchi navbatda o`zi tug`ib tarbiyalagan buyuk o`g`lonlari, mutafakkir zotlari, insoniyat tamadduniga ulkan hissa qo`shgan olimu ulamolari bilan g`ururlanadi. Shu jihatdan olib qaraganda, o`zbek xalqining g`ururi chindan-da tog`lardan baland. Zero, bizning yurtimizda tug`ilib voyaga yetgan, o’zining nihoyatda serqirra ilmiy ijodiy faoliyati bilan dunyo ahlini lol qoldirgan buyuk bobolarimiz nomi har birimizning qalbimizni faxru iftixorga to`ldiradi.

O`zbekiston mustaqillikka erishuvi barorida xalqimiz ma`naviyatini rivojlantirish ishiga katta ahamiyat berilmoqdaki,O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov ma`naviyatni yuksaltirishda o`tmish madaniy boyliklarini chuqur o`rganish va targ`ib etish nihoyatda muhim ekanini ko`plab ma`ruzalarida qayta-qayta ta`kidlab o`tgan. Shu o`rinda davlatimiz rahbarining madaniy meros va o`tmishdagi allomalarimizning hayoti va ijodini o`rganish ehtiyoji xususidagi so`zlarini eslash maqsadga muvofiqdir.

"Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko`p asrlar mobaynida yaratib kelingan g`oyat ulkan, bebaho ma`naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan nihoyat muhim vazifa bo`lib qoldi1. Mana shu zalvorli ishlar silsilasida g`oyat qadimiy va diniy qadriyatlarimizni tiklash, bashariyatga ulkan ilmiy meros qoldirgan buyuk allomalarimizning faoliyati tafsilotlari va asarlarini xalqqa yetkazish borasidagi sa`y-harakatlar alohida ahamiyat kasb etadi. Shuni ta`kidlash joizki, O`zbekiston atalmish ona yurtimiz ahli bag`oyat iste`dodli, tole iqboli baland xalqdir. Chunonchi, xoh dunyoviy ilmlar bo`lsin, xoh diniy ilmlar bizning yurtimizdan boshqa hech hududda uchramaydigan darajada ko`p buyuk allomalar yetishib chiqqan. Shu bois ham hozirgi vaqtda tilimizda "O`zbekiston buyuk allomalar yurti" degan yangi qutlug` bir ibora paydo bo`lib, keng jamoatchilik o`rtasida muomalaga kirib kelayotgani barchamizga birdek mamnunlik baxsh etadi.

Istiqlol yillarida muhtaram Yurtboshimiz rahnamoligida bu buyuk zotlardan qanchadan-qanchalarining hayoti va asarlari ilmiy asosda o`rganilib, keng ommaga yetkazildi. Ularning tabarruk nomlari tiklanib, abadiy orom topgan maqbaralari obod qilindi hamda muborak ziyoratgohlarga aylantirildi. Shu bilan birga, bu sohada qilinadigan ishlarimiz hali ko`pligi ham ayni haqiqatdir2.

Amudaryo va Sirdaryo oralig`idagi mintaqani egallagan bugungi O`zbekiston hududi va unga qo`shni mamlakatlar qadim zamonlardan ko`plab sivilizatsiyalarga zamin bo`lib kelgan. IX-XII asrlarda musulmon madaniyatidagi umumiy madaniy yuksalish Movarounnahr va Xuroson olimlari ijodida o`zining yuqori cho`qqisiga ko`tarildi. Ellinistik davrning oxirlarida fan va madaniyat markazi Misrning Iskandariya shahri deb hisoblangan bo`lsa, IX-XII asrlarda esa, musulmon madaniyatining "oltin davri" bo`lmish fan va madaniyat rivoji Xuroson hamda Amudaryo ortidagi o`lka Movarounnahr (Markaziy Osiyo) hududiga ko`chib o`tdi. O`sha davrlarda Markaziy Osiyodan Muhammad Xorazmiy3 (783-850), Ahmad Farg`oniy (tax. 798-865), Muhammad ibn Ismoil Buxoriy (810-870), Muhammad Termiziy (824-892), Abu Nasr Farobiy (873-950), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Ibn Sino (980-1037), Mahmud Zamaxshariy (1075-1114) kabi yirik allomalar yetishib chiqdi. Ularning benazir aql-zakovati ona zamin dovrug`ini olamga yoydi. Nomlari esa tarix zarvaraqlarida zarhal harflar bilan yozildi4.

Mazkur allomalarning ko`pchiligi o`sha davrdagi siyosiy, iqtisodiy, ilmiy shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda arab xalifalari, ularning noiblari yoki lashkarboshilari boshqargan xalifalikning turli shaharlarida yashab, ijod etgan. Lekin, ularning aksariyati olim sifatida o`z vatanida shakllangan, bu esa Markaziy Osiyoda zaruriy ilmiy muhit va sharoitlarning mavjud bo`lganidan dalolat beradi. Zero, xalifalik tarkibiga biriktirilgan mamlakatlarning iqtisodiy va ma`naviy salohiyati arablarnikiga qaraganda yuqori edi5.

IX-XII asr Sharq xalqlari fani va madaniyatidagi ilmiy yuksalish, shubhasiz ko`p jihatlari bilan Markaziy Osiyo olimlarining samarali ijodi tufayli vujudga keldi. Bu davrda riyoziyot, falakiyot, tabobat, kimyo, geografiya, tilshunoslik, hadisshunoslik, adabiyot va hatto musiqa sohalaridagi yangi kashfiyotlarni Markaziy Osiyo olimlarining xizmatlarisiz tasavvur etib bo`lmaydi6.


Download 170.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling