Buxoro davlat universiteti tarix fakulteti tarix kafedrasi


Download 170.83 Kb.
bet4/10
Sana08.01.2022
Hajmi170.83 Kb.
#241198
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Muso al-xorazmiyning dunyo faniga qo’shgan hissasi

Maqsad va vazifalari. Istiqlol yaratgan imkoniyatlar tufayli yurtimizdan chiqib jahon miqyosida alohida hurmat va ehtiromga sazovor bo`lgan allomalarning hayoti, ular qoldirgan asarlarini va boy merosini o`rganishga alohida e`tabor berilmoqda. Bir yosh tadqiqotchi sifatida men allomaning hayoti va u qoldirgan boy merosini manbalarga tayangan holda o`rganib, tahlil qilishni o`z oldimga maqsad qilib qo`ydim. Kichik tadqiqot ishimda allomaning hayoti va ijodiy faoliyati, alloma asarlarining sharhini, tadqiqotchi olimlarimizning asarlari orqali o`rganib yoritib berishga harakat qildim.

Tadqiqotobyekti: Musoal-Xorazimiy va uning qalamiga mansub “Al-jabr val-muqobala” va boshqa asarlarining tahliliy, tarkibiy tuzilishi, uning mahalliy va xorijiy nashrlari orqali fan tarixiga oid ahamiyatini ochib berishdir.

Tadqiqot predmeti: Muso al-Xorazmiy va uning asarlarini fan oldidagi xizmatlarini ilmiy va nazariy asosiniva tamoyillarini anglash hisoblanadi.

Bitiruv malakaviy ishi tuzilishi: Bitiruv malakaviy ishi tuzilishi kirish, II bob, to’rt paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.

I bob Arab xalifaligidagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat va “Musulmon Renasansi”ning vujudga kelishi.

1.1. Arab xalifaligida ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorlashuvi va ilm-fan rivoji uchun ijtimoiy muhitning vujudga kelishi.

Buyuk matematik, astronom va geograf, “hozirgi zamon algebrasining otasi” Muhammad al-Xorazmiy VIII asr oxiri —IX asrning birinchi yarmida yashab ijod etdi. Bu davrda Markaziy Osiyo yerlari arab xalifaligi tarkibiga kirar edi. Lekin, arablar Markaziy Osiyoda o’z hukmronligini osonlik bilan o’rnata olmadi.

Ma’lumki, Markaziy Osiyo davlatlari IV—VI asrlarda feodalizm bosqichiga o’tadi8. VI asrning o’rtalarida Markaziy Osiyo turk xoqonligi tarkibiga kiradi. Ko’chmanchi turkiy qabilalar uyushmasidan iborat bo’lgan turk xoqonligi siyosiy jihatdan mustahkam davlat emas edi. U avval — VI asrning 80-yillarida g’arbiy va sharqiy qismlarga bo’linib ketib, Markaziy Osiyo yerlari g’arbiy qismida bo’ladi. Keyin VII asr o’rtalariga kelib g’arbiy xoqonlik nihoyatda zaiflashib, o’z mavqeyini y’oqatadi. O’rta Osiyodagi yirik davlatlar Xorazm va So’gd xoqonlikka faqat rasman bo’ysunardi. Aslida esa, Xorazmni milodiy III asrdan boshlab Afrig’iy sulolasidan Xorazmshohlar idora qilar edi. O’rta Osiyodagi So’g’d va boshqa mayda davlatlar hamda mahalliy hukmdorlari tomonidan boshqarilar edi9.

VI asr oxiri va VII asr boshlarida Arabiston yarimoroli bir qancha mayda siyosiy uyushmalarga parchalangan bo’lib, ularda chuqur siyosiy va itstisodiy tanglik hukm surar edi. «VII asrda qabilalar o’rtasida bo’lgan qattiq urushlardan so’ng kichkinagina Madina shahri barcha arab qabilalarini siyosiy jihatdan birlashtiruvchi markaz bo’lib qoldi, islom esa bu harakatning ideologiyasi bo’ldi»10. Islom bayrog’i ostida arablar shimol, g’arb va sharqqa harbiy yurishlar boshladilar. Salkam yuz yil ichida ular ulkan territoriyani bosib oldilar. Ular 637-yili Suriyani, 642-yili Misrni bosib oldilar. 651-yili Eronni tamomila zabt etib, Amudaryo sohiliga yetdilar. Shu davrdan boshlab keyingi yillarda ular Xorazm va Buxoro atroflariga talonchilik hujumlari qilib turdilar. O’sha davrda O’rta Osiyodagi feodal tarqoq va mahalliy zodagonlarning sotqinligi tufayli 712-yili Xorazm, So’g’d va O’rta Osiyoning janubiy rayonlari xalifalik tarkibiga tamomila qo’shib olinadi . VIII asr o’rtasiga kelib xalifalik ter- ritoriyasi Atlantika okeanidan Sind daryosigacha va Orol dengizidan Arabiston dengizigacha bo’lgan yerlarni o’z ichiga olardi.

Ummviylar davrida 661-yildan xalifalikning poytaxti Damashq edi. Abbosiylar sulolasidan ikkinchi xalifa al-Mansur 762- yili Iroqda Bag’dod shahrini barpo qilib, poytaxtni shu yerga ko’chiradi.

Arablar avvaliga bosib olingan yerlardagi xalqlarning dini va urf-odati masalalariga aytarli aralashmadilar. Faqat ular «zimmasiga» soliq solib, ulardan «zimmiylik» vazifasi bajarilishini talab qildilar. Biroq majbur etish natijasida asta-sekin xalifa­lik aholisining ko’pchilik qismi islomga kiradi.

Bosib olingan davlatlarda arablar o’zlarinikidan birmuncha ustun bo’lgan madaniyatgaduch keldilar va tez orada mahalliy xalqlarning ma’naviy qarashlarini o’zlashtirib oldilar. Suriyaliklar, misrliklar, eroniylar, xorazmliklar va boshqa qadimiy madaniyatga ega xalqlar bilan birgalikda ular yangi o’ziga xos madaniyatni barpo eta boshladilar. Islom falsafasidagi kuchli ratsionalistik va materialistik elementlar qadimgi dunyo g’oyaviy boyliklarini o’zlashtirishni osonlashtirdi va tabiiy fanlarning taraqqiyotiga yordam berdi.

Biroq ayrim xollarda arablarning harbiy yurishlari mahalliy xalqlarga nisbatan ayovsiz zulm va madaniy yodgorliklarni poymol qilish bilan olib borildi. Xabarlarga ko’ra, ikkinchi xalifa Umar (634—644) Eronda qo’lga kiritilgan kitoblarni yondirishga buyurib: «Agar bularda haqiqatga olib boruvchi biror narsa bo’lsa, Olloh bizga haqiqatga ulardan ham yaxshiroq olib boruvchi narsani ato etgan, agarda ularda bo’hton bo’lsa, ularning keragi yo’q»11, degan. Xorazmlik buyuk olim Abu Rayhon Beruniy Xorazmni 712 -yili Qutayba ibn Muslim tomonidan bosib olinishi haqida qayg’u va alamga to’la iboralar bilan bunday deydi:


Download 170.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling