Buxoro davlat universiteti tarix kafedrasi


Xorazmda ilk davlatchilik asoslari paydo bo‘lishining asosiy shart –sharoitlari: tarixiylik va xolisonalik


Download 68.23 Kb.
bet4/7
Sana29.01.2023
Hajmi68.23 Kb.
#1140355
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O‘zbek davlatchiligi va urbanizatsiya jarayonining dastlabki tarixiy bosqichlari

1.2. Xorazmda ilk davlatchilik asoslari paydo bo‘lishining asosiy shart –sharoitlari: tarixiylik va xolisonalik
Bugungi o‘z-o‘zini anglab, mustaqilligimiz kun sayin mustahkamlanib borayotgan bir sharoitda ona yurtning har bir farzandi uchun Vatanimiz tarixini sevish, qadrlash, uni chuqur o‘rganishdan muqaddasroq kuch bo‘lmasa kerak, chunki kelajak yo‘llarini o‘tmish manaviyati nurlantiradi. SHuning uchun ham ajdodlarimiz tarixini haqqoniy bayon qilish, uning ochilmagan sahifalarini yoritish hozirgi paytning dolzarb mavzusidan biriga aylangan.
Xorazm vohasi qadimiy boy tarix va madaniyatga ega. Uning ilk o‘tmish tarixi zardushtiylarning muqaddas kitobi “Avesto” , yunon, fors manbalari va markaziy-osiyolik buyuk allomalarning asarlarida yozib qoldirilgan. SHu bilan birgalikda XX asrning 30-yillarida boshlangan arxeologik tadqiqot ishlari natijasida, miloddan avvalgi birinchi ming yilliklarga oid ko‘p sonli arxeologik yodgorliklar, suniy sug‘orish inshootlari aniqlandi va tadqiq qilindi. Natijada Qadimiy Xorazmning afsonalarga burkangan tarixini tiklash va tarixshunoslikning eng munozarali masalasi bo‘lgan ilk davlat shakllanish jarayonini tushuntirishga imkon tug‘ildi.
Xorazmda vujudga kelgan ilk davlat tarixi xorazmlik buyuk allomalar tomonidan ham yoritilgan. Ularning asarlarida o‘tmish voqealari tarixi biroz afsonaviy xarakter kasb etgan bo‘lsada, o‘zidagi malum bir tarixiy haqiqati borligi bilan qimmatlidir. Jumladan Abu Rayxon Beruniyning “O‘tmishdan qolgan yodgorliklar” asarida: “Xorazmda odamlar joylashishi Iskandar 980 yil ilgari bo‘lgan... (miloddan avvalgi 1212 yil). SHu vaqtda Kayxusrav Xorazmga ko‘chib turk podsholari ustidan hukmronligini yurgazgan edi. Bu voqea Xorazmga odamlar joylashishidan 92 yil keyin bo‘lgan”1 (miloddan avvalgi 1120 yil) – deb ko‘rsatadi. Demak Beruniyning malumotiga ko‘ra, Xorazmda ilk davlat miloddan avvalgi XI-XII asrlarda vujudga kelgan. Lekin bu malumot arxeologik jihatdan o‘z tasdig‘ini topmagan. SHu sababdan ham tadqiqotchilar Beruniyning noto‘g‘ri malumot berganligini shubha ostiga olib, uning alohida kalendar sistemasidan foydalanganligini takidlashadi.2 Ammo mazkur kalendar sistemasi hozirgacha aniqlangan emas.
Beruniy, Firdavsiy asarlarida va “Avesto” kitobida ilk Xorazm davlatiga asos solgan sulola- Erondan kelgan Siyovush to‘g‘risidagi malumot mavjud. Buni Xorazm hududidan topilgan qadimiy tangalar ham tasdiqlaydi. Miloddan avvalgi II asrdan milodiy VII asrgacha muomalada bo‘lgan mazkur tangalarda suvoriy tasviri bor, tadqiqotchilar uni Siyovush deb hisoblashadi.3
Mazkur nodir asarlarda yana jamiyatning siyosiy, iqtisodiy tarixi ham o‘z aksini topgan. O‘larni keng tadqiq qilish shuningdek, ajdodlarimiz o‘tmishi bilan bog‘liq tomonlarini yoritish hozirgi tarixshunoslikning dolzarb muammolaridan biridir.
Xorazmda vujudga kelgan ilk davlat masalasi dastlab XX asrda evropalik olimlar tomonidan ilgari surilgan. Nemis olimi V.Markvat Paxlaviy zardushtiylarning Xorazmga ko‘p etibor berganliklarini inobatga olib, Xorazm “Avesto”da bir marta tilga olinishiga qaramay, u boshqa nom ostida berilgan degan xulosaga keladi. “Avesto”da aytilgan afsonaviy “Ayryonam Vayjo”ning geografik tasvirlarini Xorazm bilan solishtiradi. Bu afsonaviy mamlakat o‘ziga bir necha qabilalarni birlashtirgan Xorazm podsholigidir degan ilmiy farazini 1901 yilda nashr qilingan asarida bayon qiladi .
1914 yilda Kissiling Geradotning “Tarix” asaridagi malumotlari asosida qadimiy Xorazm podsholigi mavjud bo‘lganligi to‘g‘risidagi fikrni bildiradi. 1938 yilda V.Markvart 1901 yilda ilgari surgan g‘oyasini yunon yozma manbalari malumotlari bilan taqqoslaydi. O‘rta Osiyo va Xurosonnig keng hududlarida ahamoniylardan oldin qudratli “Katta Xorazm” davlati hukmronlik qilganligini yana bir bor isbotlaydi .
SHu tariqa tarix faniga ilgari surilgan mashhur sharqshunos olim S.P.Tolstov tomonidan olib kirildi. Rus sharqshunoslarining bu masalani o‘rganishdagi muhim tomoni shu bo‘ldiki, ular ilk Xorazm davlati to‘g‘risida ilgari surilgan fikrlarni Xorazm hududida olib borilgan arxeologik tadqiqot ishlari bilan bog‘ladilar, mazkur masalaning ko‘p jihatlarini yoritdilar. Bu o‘rinda S.P.Tolstov, M.G.Vorobeva, I.M.Dyakonov, V.I.Vaynberg, I.V.Pyankov o‘zbek olimlaridan YA.G‘.G‘ulomov, A.A.Asqarov, A.S.Sadullaevlar olib borgan ilmiy izlanishlari alohida o‘rinni egallaydi.
Arxeologik tadqiqotlar “Katta Xorazm” to‘g‘risida ilgari surilgan ilmiy farazning to‘g‘riligini asoslab berdi. Lekin mazkur davrni mavjud yozma manbalar va arxeologik malumotlar orqali to‘liq, tariflashning imkoni bo‘lmaydi, chunki bir tomondan mavjud qisqa yozma manbalarning bazi xabarlarini arxeologik tadqiqotlar asoslamaydi, ikkinchi tomondan arxeologik malumotlar o‘sha davrning nomalum jihatlarini yozdi. Natijada ilk Xorazm davlati tuzumi haqida tadqiqotchilar orasida turli fikr va mulohazalar vujudga keldi. Bu ayniqsa. Davlatning vujudga kelgan hududi, uning tasir doirasi va chegaralarini aniqlashda namoyon bo‘ldi.
“Katta Xorazm” davlatining vujudga kelgan joyini aniqlashda tadqiqotchilar orasida ikki xil yo‘nalish vujudga kelgan. Birinchi yo‘nalish tarafdorlari “Katta Xorazm” davlati Xorazm hududlarida vujudga kelgan bo‘lib, uning tasir doirasi SHimoliy Afg‘oniston va SHarqiy Eronga qadar yoyilgan deb hisoblaganlar (S.P.Tolstov, M.G.Vorobeva, I.M.Dyakonov).
Ikkinchi yo‘nalish vakillari esa xorazmiylar dastlab Mari yoki Hirot atrofida yashab, o‘z podsholiklariga asos solganlar. Fasllar siquvi natijasida shimolga- quyi Amudaryo bo‘ylariga borib o‘z faoliyatini davom ettirganlar-degan g‘oyani ilgari surganlar. (V.M.Masson, YA.G‘.G‘ulomov, B.I.Vaynberg, I.V.Pyankov).
“Katta Xorazm” masalasini o‘rganish yuzasidan S.P.Tolstovning ilmiy ishlari alohida ahamiyat kasb etadi. Xorazm hududida miloddan avvalgi VIII-VI asrlarga oid yirik irrigatsiya inshotlarining mavjudligi va qadimiy kanallar bo‘ylaridan topilgan manzilgohlar asosan Ko‘zaliqir, Qalashqir qalalaridagi moddiy manbalarni Xorazm massaget ittifoqi tashkil topgandan keyingina bu inshotlar bunyod etilgan. Xorazmliklar Janubiy Turkmaniston erlarini bosib olib, bu vohalarda hukmronlik qilish uchun axmoniylar Eron bilan kurash olib borganlar deb xulosa chiqardi.
G. Vorobeva 1970 yilda nashr qilingan maqolasida1 Xorazm va Turkmaniston hududida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar orqali “Katta Xorazm” hududining chegaralarini aniqladi. Uning janubiy chegaraliri Turkmaniston hududidagi Qo‘shqala va Odoytepa oralig‘idan. SHimolda Orol dengizigacha, g‘arbda Sariqqamish deltasigacha bo‘lganligini ko‘rsatdi. Xorazmning arxaik davr madaniyati bilan Janubiy Turkmaniston madaniyatining umumiy o‘xshash tomonlarini aniqladi. Bu davrga oid Xorazmda 300dan ortiq manzilgohlar mavjudligini ham etirof qildi.
V. M. Masson Xorazmda o‘tkazilgan arxeologik tadqiqotlar bilan S.P.Tolstovning ilgari surgan g‘oyalarini bir-biri bilan solishtirib quyidagi xulosacha qildi: “Xorazm arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan aniqlangan arxeologik materiallar bu erda axmoniylardan oldin davlat tuzumi mavjudligini isbotlay olmaydi, chunki topilgan sug‘orish inshootlari va yirik kanallar miloddan avvalgi VI-V asrlarga oiddir. Agar arxeologiya Xorazmda miloddan avvalgi VIII-VII asrlarga oid yirik qala va sug‘orish inshootlari mavjudligini tasdiqlasada, ular qabilalarning yirik siyosiy birlashmasi mavjud bo‘lganligini ko‘rsata olmaydi. SHu bilan birga bu davrda Xorazmda ibtidoiy, jamoa tuzimining emirilishi davri davom etayotgan bo‘lsada, bu hol janubda nisbatan sekin kechgan. Geradotning Ak daryosi haqidagi malumotini to‘g‘ri deb hisoblasak, biz bu daryoni faqat Tajan yoki Murg‘ob daryolari bilan solishtirishimiz mumkin”.1 V.M.Masson Xorazmda yirik qabilalar ittifoqi mavjud bo‘lganligini shubha ostiga oladi.
A. S. Sadullaevning fikriga ko‘ra, miloddan avvalgi I ming yillikning boshlarida Qadimgi Baqtriya va Marg‘iyona dehqonlari Qashqadaryo vohasi va o‘rta Amudryo hududlariga kelib joylashadilar, shuning uchun ham janubiy viloyatlar aholisining vakillari aynan Xorazm erlarida ham tarqalishi mumkin edi. Ular mahalliy qabililir bilan aralashib, yozma manbalarda mashhur bo‘lgan “Xorazmiylar” xalqiga asos solganlar deb yozadi olim. Demak, axmoniylar davridan oldin O‘rta Osiyoning janubida aynan “Xorazmiylar” haqida emas, ularga asos solgan qabilalarning bir guruxi yashab o‘tganligi haqida savol qo‘yiladi.2
Keyingi davrlarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Xorazm hududida ilk davlat miloddan avvalgi VII-VI asrlarda mavjud bo‘lgan, lekin uning vujudga kelgan ilk markazini aniqlash va barcha yozma manbalarda eslatilgan “Xorazmiylar”ning quyi Amudaryo bo‘ylariga ko‘chib kelish masalasi hali ko‘p ilmiy izlanishlar talab qiladi. Tadqiqotchilar orasida “Katta Xorazm” muammosining eng munozarali tomoni ham shu hisoblanadi.
Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Xorazm hududida ilk davlat mavjud bo‘lganligini quyidagi malumotlar orqali asoslash mumkin:
Birinchidan Ko‘zaliqir qalasining qurilish uslubi miloddan avvalgi VIII-VII asrlarga oid Jonbosolim “Katta Xorazm” bilan bog‘ladi.
Xitoy manbalaridagi nomalum Kangyuy. “Avesto” dagi Kanta va Ayryonom Vayjo bir masalaning turli tomonidir, o‘lardagi geografik tasvirlar Xorazmning geografik tasviriga mos keladi, deb takidladi. Bularga quyidagicha xulosa qildi: “Miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda”, Xorazmda ibtidoiy demokratiya o‘rniga ko‘chli quldorlik davlati vujudga kelgan. Biroq bu davlat yoshini yashashga davom etgan, hatto o‘ro‘g‘chilik va matriarxat ananalarini saqlab qolgan jamoa bilan birikkan.
Qadimgi Xorazmning sug‘orish inshootlari tarixini chuqur o‘rgangan o‘zbek arxeologik olimi YA. G‘. G‘ulomov ham, S.P. Tolstov ilgari surgan g‘oyasini tasdiqlab, uni yangi arxeologik tadqiqot natijalari bilan izohladi. Uning fikricha Gerodotning Akes daryosi xavzalariga uxshaydi. Bu daryolar suvidan o‘z navbatida xorazmliklar foydalana olmaydilar. SHu bilan birga Gerodot tasvirlagan suvni bo‘luvchi murakkayub to‘g‘onning dastlabki Axamoniylar davrida Amudaryoda bo‘lishi ham shubha tug‘diradi. Gerodot suv bo‘luvchining rolini orttirib ko‘rsatgan deb hisobladi. Xorazmda yirik kanallar miloddan avvalgi bir ming yillik o‘rtalariga oidligini inobatga olib qal’a “uzun uylar” qurilishi uslubiga o‘xshash: “uzun uylar” mudofaa sistemasi ancha sodda shaklda qurilgan bo‘lsa, Ko‘zali qirda shu uslub ancha taraqqiy qilgan. 1
Ikkinchidan, Ko‘zali qir qal’asi qurilish uslubida Axmoniylar davri madaniyati ta’sirini ko‘rmaymiz. Aksincha, miloddan oldingi oltinchi-to‘rtinchi asrlarga oid Qal’ali qir va Jingilji qo‘rg‘oni qurilishida Axmoniylar davri madaniyati ta’siri kuzatiladi.
Uchinchidan, yirik va qadimiy kanallar xuddi shu davrga oid. Bunday yirik inshootlarni qurish va tartibga solishni faqatgina kuchli siyosiy birlashma boshqara oladi.
To‘rtinchidan, xuddi shu davrda xorazmliklar dehqonchilik va g‘unarmandchilik sohasida oldingi davrlarga nisbatan keskin o‘zgarishlar amalga oshiradilar.
Ko‘zaliqir va uning atrofidan topilgan ashyolar va yozma manbalar orqali ilk Xorazm davlatining ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayoti jabhalarini nisbatan yorita olamiz. Xorazmliklarning xo‘jalik hayotida chorvachilik asosiy ahamiyatga ega bo‘lgan. Aholi o‘z boyligini chorvasini himoya qilish uchun, yashash joyini “ko‘ra” shaklida qurgan. Qaladan yirik shoxli hayvon suyaklari ko‘p topilgan. Aholi qisman dehqonchilik va hunarmandchilik bilan ham shug‘ullangan. Jamiyatda mulkiy tengsizlik boshlanib, aholi tabaqalarga bo‘lingan. Bu to‘g‘rida arxeologik tadqiqotlar bilan bir qatorda yozma manbalar ham darak beradi. “Avesto”da aholi-oqsoqollari, kohinlar, harbiylar, chorvadorlar, erkin jamoa azolari va qullardan iborat bo‘ladi. O‘nda jamiyatni boshqarishda qishloq, tuman, viloyat va bir necha viloyatlarni birlashtirgan ilk davlatchilik haqidagi xabarlar qam mavjud. Yirik qabilalar birlashmasi “Dahyu” deb atalib, uni “Dahyupati” boshqargan. Bir necha dahyular teppasida “Dahyu sasti” – hukmdor turgan.
Dahyu sasti bu dahyuning davlat darajasiga o‘sib chiqqan bo‘g‘inidir. Masalan: “Avesto”ning YAsht-X qismida Hirot va Marvdan to Orol dengizigacha, undan Sirdaryogacha bo‘lgan erlar dahyu sastiga qaraganligi eslatiladi.1
YUqorida qayd qilinganidek “Kata Xorazm” davlati to‘g‘risidagi yozma va moddiy manbalar haligacha keng tadqiq qilingan emas, ularni chuqur va har tomonlama o‘rganish buguning dolzarb mavzularidan biriga aylangan. Uning hal qilinishi Xorazmning jahon sivilizatsiyasiga tutgan o‘rnini ko‘rsatadi.
Markaziy Osiyoda neolit davriga kelib, dehqonchilik va chorvachilikning paydo bo‘lishi, keyinchalik dehqonchilikdan hunarmandchilikning ajralib chiqishi natajasida aholi malum qismlari dehqonchilik, chorvachilik yoki hunarmandchilikka ixtisoslasha bordilar. Aholining malum bir sohaga ixtisoslashuvi tajribaning ortishiga va ish qurollarining takomillashuviga, shuningdek ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmining o‘sishiga, uning sifati yaxshilanishiga olib keladi. Ishlab chiqarish hajmining o‘sganligini bronza davriga don saqlovchi omborlarning, katta hajmdagi don va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari saqlovchi idishlarning ko‘payganligidan bilish mumkin. Natijada insonning minimum ehtiyojidan ortiqcha mahsulotning paydo bo‘lishi kuzatiladi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajminig uzluksiz suratda o‘sib borishi esa ortiqcha mahsulotning qo‘shimcha mahsulotga aylanishiga olib keladi. Bunday holatda mahsulot bir kishi tomonidan ishlab chiqilib, boshqa kishi tomonidan o‘zlashtiriladi, yani ekspluatatsiya munosabatlari yuzaga keladi.
Qo‘shimcha mahsulotning yuzaga kelishi bilan xususiy mulk shakllana boshlaydi. Xususiy mulkning shakllanishi ishlab chiqarishning yuksalishi bilan bog‘liq ikkita bir xil jarayon natijasidir. Birinchidan, mehnat unumdorligining o‘sishi va uning ixtisoslashuvi ishlab chiqarishning individuallashuviga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida bir kishi tomonidan ishlab chiqilib, o‘zgalar tomonidan o‘zlashtiriladigan qo‘shimcha mahsulotning paydo bo‘lishiga imkon yaratadi. Ikkinchidan, mehnat unumdorligining o‘sishi va moslashuvi ayirboshlash uchun mahsus ishlab chiqarilgan mahsulotning paydo bo‘lishiga imkon yaratadi. Natijada o‘zlashtirilgan xususiy mulk paydo bo‘ladi U jamoa va shaxsiy mulkdan frqli o‘laroq ekspluatatsiya munosabatlariga yo‘l ochadi.
Xususiy mulk dastlab dehqonchilik rayonlarida oziq-ovqat mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlari, ishlab chiqarish qurollari ko‘rinishda, chorvachilik rayonlarida esa chorva ko‘rinishida bo‘lgan. Keyinchalik jamiyatda ayirboshlash ekvivalentlari paydo bo‘lganligi sababli xususiy mulk nafaqat natural formada, shu bilan bir qatorda mahsulotlar ayirboshlash uchun qabul qilingan ekvivalentlar (pul o‘rnidagi narsalar) ko‘rinishida ham to‘lana boshlagan. Markaziy Osiyo qadimgi dehqonchilik jamiyatlari aholisiga tegishli kadrlardan topilgan ko‘plab zoomorf va geometrik tasvir ko‘rinishdagi muhrlar xususiy mulkning paydo bo‘lganligi va to‘lana borganligi haqida guvohlik beradi (Masson, 1967. 185-b).
Qo‘shimcha mahsulot va xususiy mulkning paydo bo‘lishi bilan jamiyatda ijtimoiy va mulkiy tengsizlik yuzaga kela boshlaydi. Zero, xususiy mulk odamda qabila va urug‘ boshliqlarida to‘plana borgan. Bu bejiz emas, sababi, aynan ular urug‘ va jamoaga tegishli mollarni taqsimlash huquqiga ega bo‘lganlar. Ayni paytda ularning oddiy jamoadoshlari esa arzimagan mol-mulkka, ko‘p hollarda hech qanday mol-mulkka, ko‘p hollarda hech qanday mol-mulkka, ega emasdilar. Tabaqalanishning qaysi biri: ijtimoiy tabaqalanish yoki mulkiy tabaqalanish oldin paydo bo‘lgan degan savolga javob berish ancha mushkul. Ko‘pchilik mutaxassislar ular bir vaqtda paydo bo‘lgan, yani ijtimoiy mavqeidan farqlar mulkiy tengsizlik jamiyat azolarinig ijtimoiy tengsizligiga olib kelgan deb hisoblashadi.
Arxeologik tadqiqotlar hunarmandchilik va savdo markazlari hisoblangan shaharlarda aholining ijtimoiy va mulkiy tabaqalanish jarayoni qishloqdagiga qaraganda nisbatan tezroq borganligini ko‘rsatmoqda. Masalan, metall, muhr, qurol-yarog‘ singari hokimiyat ramzlari va diniy xarakterdagi predmetlar mavjud kvdrlar aksariyat holda “ilk shaharlar” tipidagi Oltintepa, Urug‘-tepa, Jarqo‘ton, Sopolli tepa kabi yodgorliklarga tegishlidir. Agarda ilk shaharlarga tegishli kadrlarda 6-9 xil ko‘rinishdagi buyumlar uchrasa, kichikroq aholi manzilgohlaridan topilgan kadrlarda 2-3 xil ko‘rinishdagi buyumlargina uchraydi .
Ijtimoiy-mulkiy tengsizlikning chuqurlashuvi ijtimoiy sinflarning paydo bo‘lishi ibtidoiy davrni sinfiy davrdan ajratuvchi chegara hisoblanadi. Ijtimoiy-mulkiy tengsizlik jamiyatda qarama-qarshilik va nizolarni keltirib chiqaradi. Jamiyatning yuqori toifa kishilari o‘z imtiyozlari va boyliklarini jamiyatning oddiy azolari tahdididan himoyalashga zarurat sezadi. Ijtimoiy ishlab chiqarishga va uni taqsimlashga bo‘lgan huquq urug‘ va qabila boshliqlariga o‘z atroflaricha shaxsiy qo‘riqchilar, maslahatchilar va shu kabilarni to‘plash mahsulotning rivojini taminlangan. Malumki, qo‘shimcha mahsulot davlatning shakllanishida etakchi o‘rin tutuvchi xususiy mulkning shakllanishga olib keladi. Suniy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik Markaziy Osiyo dehqonchilik hududlari xo‘jaligining asosiy tarmog‘i bo‘lgan. Suniy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik Markaziy Osiyoning janubiy hududlarida (Turkmanistonning Marv vohasida, O‘zbekiston va Tojikistonning janubiy qismida) bronza davrida shakllangan. Markaziy Osiyoning shimoliy hududlarida (Toshkent vohasi, Farg‘ona vodiysi, Jizzax va Xo‘jand oralig‘ida) bu jarayon birmuncha tezroq, ilk temir davrida sodir bo‘ladi. Suniy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik rivoji murakkab suv inshootlari qurilishini taqozo etgan, zero dehqonchilikning intensiv rivojlanishi faqatgina bir muncha murakkab bo‘lgan sug‘orish inshootlarining amalga oshishi tufayligina mumkin bo‘lgan. O‘z navbatida sug‘orish inshootlarining qurilishi ko‘plab aholini uyushmasini talab qilgan. SHu sababli mashhur sharqshunos olim M. M. Dyakonov “yirik daryolar bo‘ylaridagi vodiylarda sug‘orishga asoslangan dehqonchilikning boshlanishi O‘rta Osiyo jamiyatlarida sinfiy tuzum davlatchilik asoslarining o‘rnatilishi bilan bog‘liq”, degan fikrni bildiradi. (Dyakonov, 1954, 121-b)
Demak, suniy sug‘orishga asoslangan dehqonchilikning yuksalishi ilk davlatchilik tuzilmalarini yuz imkonini beradi, yani davlatning ibtidoiy ko‘rinishlari shakllana boshlaydi.
Demak, ishlab chiqaruvchi xo‘jalikning paydo bo‘lishi, jamiyat azolarining xo‘jalikning biror bir turiga ixtisoslashuviga, ish tajribasining oshishiga va ish qurollarining takomillashuviga olib keladi. YUqoridagi o‘z navbatida ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmining uzluksiz ortib borishiga, yani qo‘shimcha maqsulotning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Qo‘shimcha maqsulotning yuzaga kelishi bilan xususiy mulk shakllana boshlaydi. Xususiy mulk o‘z navbatida jamiyatda ijtimoiy va mulkiy tabaqalanishga, yani ijtimoiy sinflarning yuzaga kelishiga olib keladi. Va, nihoyat, ijtimoiy sinflarning yuzaga kelishi davlatning bo‘lishini taqozo etadi. SHunday qilib, jamiyatda ibtidoiy davlatlar paydo bo‘lishiga shart-sharoitlar etiladi. Davlatlarning paydo bo‘lishiga uning yuzaga kelishi jarayoniga sezilarli tasir o‘tkazgan omillarni bilish ham muhimdir.
O‘zlashtiruvchi xo‘jalikning ishlab chiqaruvchi xo‘jalik bilan Markaziy Osiyo hududida, ayniqsa uning dehqonchilik turi bilan almashinuvchi davlat paydo bo‘lishiga muhim o‘rin tutadi. Biroq, har qanday dehqonchilik ham emas, balki dehqonchilikning yuqori unumdor formalarigina hal qiluvchi o‘zgarishlarga olib keladi. Ekinni ko‘p marta sug‘orish tizimi hosildorlikni ancha oshirib, mehnat unumdorligining oshishiga olib kelgan (Masson, 1970, 52-b). Aniqroq qilib aytganda, suniy sug‘orishga asoslangan dehqonchilikning rivoji qishloq xo‘jaligida qo‘shimchaga keltirgan muhim omillardan hisoblanadi.
SHuni alohida takidlash joizki, Markaziy Osiyoda ilk davlatlar tuzilmalari chegaralari aksariyat hollarda sug‘oriladigan vohalar chegaralari bilan to‘g‘ri keladi. Masalan, Amudaryoning yuqori oqimida va uning irmoqlari bo‘ylarida Baqtriya, Murg‘ob, daryosi bo‘ylarida Marg‘iyona Amudaryoning quyi oqimi bo‘ylarida Xorazm, Kopetdor yon bag‘rida Parfiya, Zarafshon bo‘ylarida So‘g‘d davlatlari tashkil topgan. Ushbu holat ham yuqoridagi fikrlarning to‘g‘riligini ko‘rsatadi. Xuddi shunday jarayonlar Qadimgi SHarqning boshqa hududlarida ham kuzatiladi. Masalan, rus olimi A.I.”Sivilizatsii i velikie istoricheskie reki” (“sivilizatsiyalar va buyuk tarixiy daryolar”) nomli asarida Misrda sug‘orish ishlariga bo‘lgan zaruriyat davlatning paydo bo‘lishiga olib keladi, deb yozadi. B.B.Piotrovskiy ham o‘zining qadimgi Nudiya hududida olib borgan arxeologik tadqiqotlari natijasida, ushbu davlatning paydo bo‘lishi sug‘orishga asoslangan dehqonchilikningyuksalishi bilan bog‘liq degan xulosaga keladi (Piotrovskiy, 1964. 12-13 bet).
Umuman olganda Qadimgi SHarq suniy sug‘orish madaniyatining yuksalishi va inqirozi xalqlarning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy tarixi bilan chambarchas bog‘liqdir. Suniy sug‘orishning rivojlangan davri hayotning yuksalishi davri bilan bog‘liq bo‘lsa, jamiyat inqirozi esa ko‘p hollarda sug‘orish inshootlarining tashlandiq holga kelishiga olib kelgan. Tarixchilar Andrianov B. N, Muxammedjanov A. R larning takidlashicha, sug‘orish inshootlari xarakteri bilan ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar o‘rtasida bog‘liqlik mavjud. Masalan:
I IBTIDOIY DAVR UCHUN.
- suv olib sug‘orish, o‘zanlarni dambalash va uncha katta bo‘lmagan sug‘orish inshootlari;
II ILK DAVLATLAR UCHUN.
- ko‘p kuch talab qiladigan, uzoq vaqtga mo‘ljallangan murakkab suv inshootlari;
III O‘rta asrlar uchun
- nisbatan tejamli va samarador suv inshootlari xarakterlidir.1
Kezi kelganda shuni ham takidlash kerakki, davlatchilikning shakllanishida sug‘orishning roliga haddan tashqari ortiqcha baho beradiganlar yoki aksincha uni umuman inkor etuvchilar ham uchrab turadi. Masalan, K.Vitfogel “Vostochniy despotizm. Sravnitelnoe izuchenie totalitarnoy vlasti” (SHarq despotizmi. Totalitar hokimyatni taqqoslash yo‘li bilan o‘rganish) nomli asarida davlatning paydo bo‘lishini faqatgina yirik sug‘orish inshootlari bilangina bog‘liq degan fikrni ilgari suradi. Amerikalik olim Mak Adams esa, aksincha, bu jarayonda sug‘orishning rolini butunlay inkor etadi. SHubxasiz, xo‘jalikning rivojlanishi suniy sug‘orishni talab qilgan hududlarda davlatchilikning shakllanishda suniy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik muhim omil hisoblanadi. Biroq uni barcha hududlarga taalluqli deb hisoblash ham noto‘g‘ridir. Masalan, Qadimgi Mesopotamiyada davlatchilik ko‘rinishlari suniy sug‘orishga asoslangan dehqonchilikka bog‘liq bo‘lmagan holda shakllanadi va rivojlanadi. 1



Download 68.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling