Buxoro davlat universiteti tarix kafedrasi
Download 68.23 Kb.
|
O‘zbek davlatchiligi va urbanizatsiya jarayonining dastlabki tarixiy bosqichlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning amaliy ahamiyati
Mavzuning o‘rganilishi. O‘rta Osiyo hududida ilk davlatlarning qachon paydo bo‘lishi masalasida olimlar o‘rtasida turli fikrlar mavjud. Bir guruh olimlar bizning hududimizdagi ilk davlatlar miloddan avvalgi 1 ming yillik boshlarida qadimgi SHarq davlatlari ta’sirida paydo bo‘lgan degan fikrni bildirishadi. Ikkinchi guruh olimlar O‘rta Osiyo hududida ilk davlatlar ahamoniylar bosqinidan so‘ng paydo bo‘lgan deb hisoblashadi. Ba’zi bir olimlar esa hatto O‘rta Osiyo hududida ilk davlatlar miloddan avvalgi II -milodning I asrlaridagina paydo bo‘lgan degan fikrni bildirishadi. Olimlar bu masalani echishda O‘rta Osiyo xalqlarining asrlar davomida qo‘lga kiritgan an’ana va tajribalariga e’tibor berishmaydi. O‘rta Osiyoning jug‘rofiy o‘rni, tabiati unumdor erlari, ushbu hududda ham davlatchilikning juda erta paydo bo‘lishiga imkon yaratadi. Eng ko‘hna davr tadqiqotchilari arxeologik izlanishlar xulosalari topilmalari ahamiyati katta bo‘lsada, biroq, asosiy manba bu yozma yodgorliklardir. Buning ustiga davlatchilik tariximizning eng qadimgi davrlariga oid holatini muayyan ma’noda tasavvur qilishimiz uchun yozma guvohliklar ham yo‘q emas. Biz bu erda miloddan avvalgi birinchi ming yillikning birinchi choraklarida to‘g‘ri keladigan “Avesto” kitobini nazarda tutmoqdamiz1. Mazkur nodir manbaning miloddan avvalgi VIII-VII asrlarga oid qismida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga bog‘liq ma’lumotlarni ham mujassamlashgani ma’lum. Ular orqali o‘sha zamonlarda kechgan ijtimoiy jarayonda davlatchilik kurtaklari qanday unib borganini ko‘rish mumkin.
Geradot, Ksenafont, Ksetiy, Polibiy, Diagor, Arrion, Strabon, Plyutorx, Pliniy, Kursiy Ruf, Pompey Trog va boshqa yunon-rim mualliflari qoldirgan yozma manbalardan ham miloddan avvalgi birinchi ming yillikning birinchi yarmidan boshlab o‘tgan bir necha asrlik davrga oid ko‘plab qimmatli ma’lumotlarni olish mumkin. O‘zbek davlatchiligining dastlabki taraqqiyoti davrini yoritishda asosiy manbalar sifatida S. Qudratovning “O‘rta Osiyo hududida ilk shahar davlatlarning paydo bo‘lishi”, A.Asqarovning “Eng qadimgi shahar” kabi kitoblari, B.Eshovning “SHahar” tarixiy tushunchasini anglash va uni ishlab chiqishdagi ilmiy-uslubiy yondashuvlar” (O‘zbekiston tarixi, 2003 yil № 3); A.Anorboevning “O‘zbekistonda ilk davlatchilik va uning o‘rganilishi tarixidagi bazi bir muammolar” (O‘zbekiston tarixi, 2004 yil №4); N. Egamberdievning “Ilk Xorazm davlati” (O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar, 1998 yil №2); SH.T. Odilovning “G‘arbiy So‘g‘dda davlatchilik va madaniy taraqqiyotning yuzaga kelishi va manbalari” ” (O‘zbekiston ijtimoiy fan 1998 yil №4-5) kabi maqolalarini keltirishimiz mumkin. S.Qudratovning “O‘rta Osiyo hududida ilk shahar davlatlarning paydo bo‘lishi” nomli asarida o‘lkamizda dastlabki davlatlar ko‘rinishida bo‘lganligini va bunda shahar davlatlarning yoshi boshqa olimlar ilgari surayotgan vaqtdan ancha ilgariroq, yani miloddan avvalgi II ming yillik o‘rtalariga kelib ilk davlatlarning tuzilmalari paydo bo‘ladi deb fikrlarni ilmiy izohlashga harakat qilinadi. Bundan tashqari bu asarda mintaqamizda davlatlarning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan shart-sharoitlar (mehnat taqsimoti, ortiqcha mahsulotning paydo bo‘lishi, xususiy mulkchilikning shakllanishi, ijtimoiy va mulkiy tengsizlik va ijtimoiy sinflarning paydo bo‘lishi) va omillar (sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilikning rivojlanishi, metalning kashf etilishi, savdo-sotiq munosabatlarining rivojlanishi) maqsadga muvofiq deb izchil tartibda ko‘rsatilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. B.Eshovning “O‘zbekiston tarixi” jurnalining 2003 yil 3-sonida e’lon qilgan “SHahar tarixi tushunchasini anglash va uni ishlab chiqishdagi ilmiy-uslubiy yondashuvlar” nomli maqolasida tadqiqotchilar orasida “SHahar” tushunchasini har tomonlama ta’rif berish borasida yagona fikrning yo‘qligi yoki yagona konsepsiya ishlab chiqilmaganligi muammosi ko‘tarilgan bo‘lib, muallif bu maqolasida ushbu muammoni o‘zicha echishga harakat qiladi. “Ilk shahar” tushunchasining ilmiy izohlanishi va shaharlarning funksiyasiga doir o‘zining qiziqarli g‘oyalarini ilgari suradi. Xar bir xalk o‘zining o‘tmishini bilishga intiladi, boy tarixiy merosi va unutilmas sanalari, buyuk siymolari va baxodir sarkardalari bilan g‘ururlanadi. Qadimiy davrlardan buyon O‘rta Osiyoda ruy bergan turli xil siyosiy va ijtimoiy xodisalar, bir vaqtlar Evropani larzaga keltirgan tarixiy vokealar, o‘tmishda ko‘p jamiyatlarni tubdan o‘zgarishga va xar xil elatlarni biriktirib etnik jarayonlarga sabab bo‘lgan qudratli davlatlar, noyob moddiy va ma’naviy obidalarni paydo bo‘lishi, bashariyat madaniyatining ko‘xna markazlaridan biri Xorazm bilan bog‘liq ekanligi ilmiy jixatdan juda ko‘p tarixiy-arxeologik asarlarda isbotlangan. O‘zbek davlatchiligining dastlabki taraqqiyoti davrini yoritishda asosiy adabiyotlar sifatida Iso Jabborovning “Antik madaniyati va ma’naviyat xazinasi”, “Buyuk Xorazmshohlar davlati” kitobi ahamiyatlidir. Iso Jaborovning “Buyuk Xorazmshohlar davlati” kitobida qadimiy davrlardan buyon O‘rta Osiyoda ruy bergan turli xil siyosiy va ijtimoiy xodisalar, o‘tmishda xar xil elatlarni biriktirib etnik jarayonlarga sabab bo‘lgan qudratli davlatlar, noyob moddiy va ma’naviy obidalarning paydo bo‘lishi bashariyat sivilizatsiyasining ko‘xna markazlaridan biri Xorazm bilan bog‘liq. Uning axolisi tarix saxnasida qaysi nomda paydo bo‘lmasin ilk davlat yaratishda va shu asosda jaxon madaniyati xazinasini boyitishda juda katta xissa qo‘shgan o‘zbek elining muqaddas tuprog‘i ekanligi bayon etiladi. Jasur sarkarda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligiga bag‘ishlab yozilgan “Buyuk Xorazmshohlar davlati” risolasida bir necha ming yillar davomida o‘z qudrati va tarixiy voqealarga boyligi bilan tarix saxifalarini to‘ldirib kelgan xorazmliklarning uzoq o‘tmishidan Buyuk Xorazmshohlar davrigacha rivojlanib kelgan kadimiy davlat va uning madaniyati tarixi to‘g‘risida xikoya kilinadi. Ushbu bitiruv-malakaviy ishimda qo‘yidagi vazifalarni belgilab oldim: -O‘zbekistonda ilk davlatchilik va shaharsozlik vujudga kelishining tarixiy asoslari masalasiga oid yondashuvlar masalasini ochib berish; -Xorazmda ilk davlatchilik asoslari paydo bo‘lishining asosiy shart –sharoitlari: tarixiylik va xolisonalik asosida tahlil etish; - “Urbanizatsiya”, “shahar”, “qal’a” atamalari xususida fikr yuritish; - Ilk paydo bo‘lgan qal’a va shaharlarning davlatchiligimiz shakllanishi jarayonida tutgan o‘rnini isbotlab berish; Bajarayotgan ishimning ilmiy yangiligi va olingan natijalar quyidagilardan iborat bo‘ladi: -O‘zbekiston tarixi fanidan davlatchilik masalalari bo‘yicha e’lon qilingan fikrlarni jamlab yagona bir tizimda tahlil qilindi; -ishdagi har bir bo‘limning mazmuni yuzasidan tegishli ilmiy xulosalarga kelindi. Ishning amaliy ahamiyati shundan iboratki, o‘zbek davlatchiligi masalalarini bayon qilishda, maktablar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilariga mavzu tushuntirilayotganda qo‘shimcha ma’lumot bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu bitiruv-malakaviy ishim kirish, 2 ta bob, to‘rtta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, jami betni tashkil etadi. Download 68.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling