Buxoro davlat universiteti tarix kafedrasi
-bob. O‘zbekistonda ilk davlatchilik asoslarining o‘rganilishi
Download 68.23 Kb.
|
O‘zbek davlatchiligi va urbanizatsiya jarayonining dastlabki tarixiy bosqichlari
1-bob. O‘zbekistonda ilk davlatchilik asoslarining o‘rganilishi
1.1. O‘zbekistonda ilk davlatchilik va shaharsozlik vujudga kelishining tarixiy asoslari masalasiga oid yondashuvlar O‘zbekiston o‘zining geografik joylashuvi tabiiy sharoitining qulayligi bilan ajdodlarimizni qadim-qadimdan o‘ziga jalb qilib kelgan. Janubiy Farg‘onaning So‘x tumanidan (CHashma) topilgan tosh qurollari O‘zbekiston tarixini bir million yilga qadimiylashtirdi. Tosh davri insoniyat tarixida eng uzoq davrni o‘z ichiga olgan bo‘lib, bu davrda taraqqiyot sekin- astalik bilan, yani evolyusion yo‘l bilan rivojlanib borgan. Faqatgina yangi tosh davriga kelib kishilik jamiyatida keskin o‘zgarishlar yuz beradi, bu jarayon Mesopotamiya va Misrda miloddan avvalgi VII minginchi yillardan, Hindiston, Eron va O‘rta Osiyoning janubida miloddan avvalgi VI minginchi yillardan boshlab kuzatilgan. Bu o‘zgarishlarni 1950 yillarda angliyalik buyuk arxeolog Gardon CHayld “neolid revolyusiyasi” deb aytgan edi.1 Sabab, million yillar davomida odamlar faqat tabiat inomidan foydalanib yashaganlar, yani kundalik hayotlarida ular tabiatda o‘zi o‘sib etilgan meva-chevalarni va ovchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan go‘sht mahsulotlarni eb kun kechirganlar. Neolit (yangi tosh) davriga kelib esa inson birinchi bo‘lib ilk marotaba dehqonchilik va hunarmandchilikka qo‘l uradi. YOvvoyi hayvonlarning bazi bir turlarini qo‘lga o‘rgatish yo‘li bilan dastlabki chorvachilikni yo‘lga qo‘yadilar. Xulosa qilib aytganda, bu davrda inson faqat tabiat inomlaridangina foydalanib qolmasdan balki, o‘zi ham ishlab chiqarishga qo‘l uradi. Natijada qo‘shimcha mahsulotni paydo bo‘lishiga asos yaratiladi. Bunda qabilalarni o‘zaro kelishmovchiliklari natijasida paydo bo‘lgan urushlar ham katta rol o‘ynaydi. Urushda qo‘lga olingan asirlar qo‘shimcha mahsulotlarga ko‘proq ega bo‘lgan oilalarda va qabila boshliqlari qaramog‘idagi erlarda majburiy mehnatga tortiladi. Bu o‘z navbatida sinfiy tabaqalanishni kuchayishiga olib keladi. Metallning ixtiro qilinishi va undan xilma-xil mahsulotlarning ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yilishi bilan jamiyat taraqqiyoti yanada tezkorlik bilan rivojlandi. Keyinchalik, shu asosida ilk shahar tipidagi qarorgohlar va shaharlar, so‘ngra shu bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan shahar-davlatlar hamda “nom” tipidagi kichik-kichik davlatlar paydo bo‘ladi. Jumladan, ilk davlatlar Mesopotamiyada shahar-davlatlar ko‘rinishida miloddan avvalgi IV minginchi yillarning oxirida tarix maydoniga keladi. Bu jarayon O‘zbekiston hududlarida o‘ziga xos ko‘rinishda kuzatiladi. Arxeologik tadqiqotlarning guvohlik berishicha, sug‘orma dehqonchilik O‘zbekistoning janubiy hududlarida (Surxondaryo viloyati) miloddan avvalgi ikki minginchi yillarning o‘rtalaridan boshlab keng yo‘lga qo‘yila boshlanadi, yani bir necha soy havzalarida sug‘orib dehqonchilik qilish maydonlari paydo bo‘ladi. Ularning markazi sifatida Bo‘stonsoyni, chap sohilda Jarqo‘ton yodgorligi o‘rnida o‘z qalasi, saroyi va ibodatxonasiga ega bo‘lgan ilk shahar vujudga keladi.1 YAqinda SH. SHaydullaev “Ilk davlatlarning arxeologik belgilari” degan maqola elon qilib, unda Jarqo‘ton yodgorligida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar asosida Jarqo‘tonni qadimgi SHarqning ilk shahar-davlatlari toifasiga kiritadi va O‘rta Osiyoda shahar va davlatlarni paydo bo‘lishi hamda rivojlanishini quyidagi davrlarda bo‘ladi.2 Uning fikricha, birinchi davrda miloddan avvalgi ikki minginchi yillarda “shahar-davlatlar yoki shahar “nom” tipidagi davlatlar markazi” sifatida bo‘lgan deb, Jarqo‘ton va Dashli I ni “shahar-davlatlar” ko‘rinishida tariflaydi. Ikkinchi davrda shahar-hududiy davlat markazi hisoblanib, miloddan avvalgi bir minginchi yillarning boshlarini o‘z ichiga oladi. Bunday hududiy davlatlarning markazi sifatida Baqtriyada Qiziltepa, Jon davlat tepa, Haitobodtepa, Farg‘onada Dalvarzin, CHust, Ashqoltepa, So‘g‘dda esa Ko‘ktepa, Podayotoqtepa yodgorliklarini ko‘rsatadi. Uchinchi davr “shahar-markazlashgan davlatlar va imperiyalar davrida” deb ko‘rsatilgan. Bunda Axmoniylar davrigacha markazlashgan davlat yoki imperiyalar poytaxtlari sifatida Suz, Persopol ko‘zda tutilgan bo‘lsa, satrapliklar hududidagi shaharlar deb, Afrosiyob, Qiziltepa, Xaitobodtepa va Ko‘ktepalar berilgan. SH. SHaydullaevning yuqorida keltirilgan shahar va davlatlar to‘g‘risidagi fikrlarini tahlil qilib quyidagicha xulosaga kelish mumkin. a) O‘rta Osiyo jumladan O‘zbekistonda vujudga kelgan eng qadimgi ilk davlatlarni SH. SHaydullaev taklif qilgan shahar davlatlar deb atashga nisbatan “nom” tipidagi davlatlar deyilsa to‘g‘riroq bo‘ladi. CHunki, miloddan avvalgi IV minginchi yillarda Tigr va Efrat daryolarining quyi oqimida va Nil vohasida paydo bo‘lgan illk davlatlar malum bir irrigatsion rayonda paydo bo‘lib o‘zining tabiiy geografik chegarasiga ega bo‘lgan.1 Jarqo‘ton birinchidan, Mesopotamiya (miloddan avvalgi 3 ming yillar) “shahar-davlatlarga” o‘xshab mustahkam mudofaa devorlar bilan o‘rab olinmagan; ikkinchidan, shahar-davlatlar qadimgi SHarqda bir husnda Jarqo‘tonga o‘xshab bitta emas, balki bir nechta bo‘lib, nisbatan yaxshi qo‘shnichilik sharoitda bo‘lganlar. b) miloddan avvalgi bir minginchi yillarning boshlarida O‘zbekistonda SH.SHaydullaev aytgandek kichik-kichik davlatlar emas, balki nisbatan oshiqroq uyushgan davlatlar tarix maydoniga keladi desak to‘g‘riroq bo‘ladi. Buni keyingi yillardagi tarixiy-arxeologik tadqiqotlar ham tasdiqlamoqda. SH. SHaydullaevning fikricha esa bu davrda SHarqiy Farg‘onaning birgina Qoradaryo vohasining o‘rta qismida ikkita hududiy davlat (Dalvarzin, Ashqoltepa) bo‘lgan. Bu erda muallif birinchidan, CHust madaniyati xronologiyasi haqidagi keyingi yillarda elon qilingan fikrlarni hisobga olmagan, ikkinchidan, yodgorliklarning geografik joylanishiga etibor bermay, o‘zining olg‘a surgan bir hududiy davlatda bir shahar bo‘lgan - degan fikriga qarshi chiqadi. SHu bilan birga Surxondaryo viloyatidagi Qiziltepa, Jondavlattepa, Haitobodtepalar hududiy davlatlarini markazlari qilib ko‘rsatilishi ham haqiqatga yaqin emas. Aksincha, bu davrda O‘zbekistoning qadimgi Baqtriya, Farg‘ona, So‘g‘d va Xorazm hududlarida kichik-kichik “nom” tipidagi davlatchilik asosida “markazlashgan” davlatchalar uyushmasi vujudga keladi. b) O‘rta Osiyo shaxarlari va davlatlarining paydo bo‘lishi va rivojlaniщidagi SH. SHaydullaev ajratgan 3-davr bu qadimgi Baqtriya va Xorazm davlatlarining vujudga kelishi va ularni Ahmoniylar imperiyasi tarkibiga qo‘shish bilan boshlanadi. Bu erda o‘z-o‘zidan bir savol tug‘iladi. Nima uchun markazlashgan qadimgi Baqtriya va Xorazm davlatlarining geografik joylashuvi, poytaxt shaharlari va ular xaqidagi munozaralari fikrlar to‘g‘risida muallif biron-bir suz aytmagan? SH. SHaydullaev o‘z fikrini davom ettirib, uni davlatlarning 12 ta ijtimoiy va 23 ta arxeologik belgisini ko‘rsatib o‘tadi. Lekin SH. SHaydullaev ko‘rsatgan belgilarning ko‘pchiligi davlat vujudga kelmasidan avval neolit davrida xam mavjud bo‘lgan. Ayniqsa “ uy xayvonlari turlari suyaklari sonining oshishi” va “ yovvoyi xayvonlar turlari suyaklari sonining oshishi”, “ omborxonalarning bo‘lishi, ekin turlari sonining oshishi” – degan tezislar davlatchilikning belgilariga xech qanday aloqasi yuq. Sabab, ilk davlatchilikning belgilari to‘g‘risida gap ketganda xam birinchi navbatda davlatning quyidagi asosiy belgilarini hisobga olishni yoddan chiqarmaslik kerak: - Har qanday davlat malum bir geografik joyda paydo bo‘lib, o‘zining hududiy chegaralariga ega bo‘ladi. - Davlatning asosini bir xil xalq, jamoa (xozirgi kunda millat) tashkil qiladi. - Davlat o‘zining malum bir yuridik kuchga ega bo‘lgan qonun-qoidalariga ega bo‘ladi. Masalan, qadimda jamoa oqsoqollari va malum oilalardan chiqqan yuqori tabaqali sardorlar tomonidan tuzilgan yoki kelishib olingan “ yuridik” normalar bo‘lib, unga jamiyat azolarining rioya qilishi shart bo‘lgan. - Davlat o‘z funksiyalarini bajarish uchun davlat organlariga va moddiy vositalariga ega bo‘lishi kerak. Buni Jarqo‘tondagi ishlab chiqarish “professionalizmi” , monumental binolar, qabrlar va ulardagi buyumlarini farqlanishini, hukmdorlik belgilar, Bo‘stonsoy havzasida yuzlab gektar erlarni o‘zlashtirilishi va hokazolari misolida ko‘rish mumkin. Ushbu muammolar bo‘yicha tarixchi - manbashunos olimlarining fikrlarini ham keltirishni lozim topdik. Masalan, 1930 yillardayoq A.Kristensen Baqtriyada ilk davlatchilik institutining paydo bo‘lishini avvalgi X asrning oxiri IX asrni boshlari bilan davrlashtirgan edi. R.Grishman o‘z vaqtida kavianidlar poytaxti Seystonda (Janubiy Baqtriya) Nad-Ali qishlog‘i oldida topilgan shahar xarobalari o‘rnida bo‘lgan degan xulosaga keladi. YAqinda manbashunos olim I. V. Pyankov “O‘rta Osiyoda eng qadimgi davlatlarni paydo bo‘lishi” degan maqola elon qilib, unda Baqtriyada ilk davlatlar miloddan avvalgi VII asrda (Kavl Vishtaspi va Zaradushtra davri) markazlashgan Baqtriya davlatiga asos solinganligi aytiladi. Xulosa qilib aytganda SH. SHaydullaev taklif qilgan ilk davlatchilikning arxeologik belgilaridan ko‘pchiligini qadimgi SHarqda miloddan avvalgi uch minginchi yillardan, Markaziy Eron, Hindiston va Janubiy O‘rta Osiyoda VI minginchi yillardan boshlab kuzatish mumkin. Faqat ikkita belgi shahar, yozuv va ularga aloqador bo‘lgan belgilar sivilizitsiyaning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lib qadimgi SHarqda miloddan avvalgi IV minginchi yillarning birinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Jarqo‘tonda haqiqiy yozuv paydo bo‘lmagan bo‘lsa ham, SH SHaydullaev eslatib o‘tgan 50 ta belgi O‘zbekistonda dastlabki piktografik yozuvni paydo bo‘lishidagi bir ko‘rinish deb qaralsa bo‘ladi. Bunga o‘xshash jarayon O‘zbekistonning shimoliy hududlarida ham kuzatiladi. Jumladan, Farg‘ona vodiysida miloddan avalgi II minginchi yillarning o‘rtalaridan boshlab daryo va soy havzalarida eng qulay joylar o‘zlashtirilib, dehqonchilik qilingan. Miloddan avvalgi II minginchi yillarning oxiri milodning boshlariga kelganda har bir soy havzasidagi qulay unumdor erlar o‘zlashtirilib, sun’iy sug‘orib dehqonchilik qilish intensiv yo‘lga qo‘yila boshlanadi. Bunga Janubiy Farg‘onaning SHohimardon-Marg‘ilonsoy havzasida SHimoliy Farg‘onaning Kosonsoy havzasida olib borilgan arxeologik –paleogeografik tadqiqotlar ham guvohlik bermoqda. Xulosa qilib aytganda, miloddan avvalgi X-IX asrlarda yuqorida tilga olingan kichik-kichik “nom” ko‘rinishidagi davlatchalar birlashib, hududiy bir davlat paydo bo‘lgan. Bu ilk Farg‘ona davlatining markazi Dalvarzin yodgorligi o‘rnida bo‘lgan-deyish, asoslidir. Sabab, Dalvarzin vodiysidagi quyi bronza davriga oid eng katta yodgorlik bo‘lib ( maydoni 25 gektardan ziyodroq) YU.A. Zadneprovskiyning oxirgi ilmiy ishlarida radioxronologiyani hisobga olgan holda , uni miloddan avvalgi ikki minginchi yillarning o‘rtalaridan to VIII-VII asrlargacha mansub deb davrlashtiriladi. Lekin B.X. Matboboev “O‘zbekiston tarixi” jurnalida e’lon qilgan “ Qadimgi Farg‘onada ilk davlatchilik ildizlari” maqolasida YU.A. Zadneprovskiy ilgari surgan fikrlarni qo‘llab-quvvatlagan holda CHust madaniyat yodgorliklarini (jumladan, Dalvarzinni) miloddan avvalgi XII-IX-VIII-VII asrlar bilan davrlashtiradi.1 U fikrini davom ettirib , Dalvarzin “...kamida 300-400 yil Farg‘onani madaniy, hunarmandchilik va savdo markazi bo‘lib xizmat qilgan...” deb, o‘z fikriga qarshi chiqadi. Sababi, birinchidan CHust madaniyati yodgorliklarining quyi qatlami nima uchun miloddan avvalgi XII asr bilan davrlashtirishi to‘liq asoslanmagan; ikkinchidan, B. Matboboev davrlashtirishi bo‘yicha ham Dalvarzin Farg‘onaning 300-400 yil emas, balki kamida 500 yil siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi bo‘lgan bo‘lib chiqadi. B. Matboboev o‘z maqolasida M.M. Dyakonov va YU.A. Zadneprovskiylarning arxeologik yodgorliklarining daryo va soy havzalaridagi vohalar bo‘yicha joylanishi haqidagi tadqiqotlarini rivojlantirib, miloddan avvalgi VIII-VII asrda Farg‘onada voha davlatchiligi bo‘lgan – degan fikrni ilgari suradi. Uning fikricha bunday vohalar “...Farg‘ona vodiysining 15 ta geografik rayonida topib o‘rganilgan”. Ayniqsa Qorasuv, Qoradaryo va G‘ovasoy-Kosonsoy vohalariga alohida to‘xtaladi. Yuqorida aytilgan fikrlarga biz o‘z munosabatimizni bildirishni lozim topdik. Farg‘ona vodiysi tabiiy geografik va geomorfologik nuqtai nazardan tog‘liklar, yassi tog‘liklar, adirliklar va tekisliklar kabi rayonlarga bo‘linadi. SHunday ekan, B. Matboboev aytgan 15 ta bu geografik rayon emas balki daryo va soy havzalarida vujudga kelgan antropogen landshaftlar irrigatsion rayonlardir. Bu erda shuni aytish joizki, birinchidan, ba’zi bir irrigatsion rayonda ikki, ba’zida uch voha mavjudligini kuzatish mumkin; ikkinchidan , B. Matboboev SHimoliy Farg‘onadagi G‘ovasoy va Kosonsoy irrigatsiya rayonlarini bitta voha deb olib, YU. A. Zadneprovskiyning xatosini qaytaradi1. Kosonsoy hamda G‘ovasoy havzalari bir-biridan ajralgan holda alohida-alohida irrigatsion rayonlar hisoblanib, ularni dehqonchilik qilish uchun noqulay bo‘lgan adirliklar ajratib turadi. Masalan, Kosonsoy irrigatsion rayonida 2 ta voha va bir necha vohachalar mavjud. Agar B. Matboboev ilgari surgan Farg‘onaning “ 15 ta geografik rayonida” miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda voha davlatchiligi bo‘lgan –degan fikrni tahlil qilsak, unda ilk temir davrida Farg‘onada 15 ta voha davlati bo‘lishi kerak. Bu albatta ilmiy nuqtai-nazardan hech qanday ilmiy asosga ega emas, ya’ni noto‘g‘ridir. SHunday qilib, mavjud fiklarni har tomonlama tahlil qilgan holda yangi arxeologik-paleogeografik va tarixiy tadqiqotlarga asoslanib, quyidagicha xulosa qilish mumkin. a) Miloddan avvalgi ikki minginchi yillarning ikkinchi yarmi boshlarida Farg‘ona vodiysi daryo va soy havzalarining eng qulay va unumdor erlarida ilk sug‘orma dehqonchilik yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa o‘z navbatida oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘payishiga va ba’zi bir oilalarda qo‘shimcha mahsulotni ortishiga olib keladi. b ) O‘zaro kelishmovchiliklar va urushlar natijasida asirlar qo‘lga olinadi. Ular qo‘shimcha mahsulotlar ko‘proq to‘plangan oilalarda majburiy ishga tortiladi. Sinfiy tabaqalanish kuchayadi. Natijada, daryo va soy havzalaridagi dehqonchilik vohalarida dehqon qarorgohlari, so‘ngra ilk shaharlar va ilk davlatlar (“nom”) paydo bo‘ladi. Ularning ichida eng kattasi va ilk shahar maqomiga to‘liq ega bo‘lgan qarorgoh, Dalvarzin yodgorligi o‘rnida bo‘lgan. Uning maydoni 25 gektardan ziyodroq bo‘lib, arki (2 ga), shaxristoni (18ga) va raboti (5ga) bo‘lgan. Ularning hammasi mudofaa devorlar bilan o‘rab olingan. 5 gektarli uchinchi qismi “rabot” bo‘sh bo‘lib, faqat urush paytida shahar tashqarisidagi odamlar yoki chorva hayvonlarini saqlash vazifasini bajargan bo‘lsa kerak1. SHu munosabat bilan davlatning kelib chiqishida asosiy belgilardan biri hisoblangan “tabiiy geografik chegaralarni” hisobga olgan holda Farg‘onada boshlang‘ich davlatni (irotogosudarstvo) quyidagicha tariflash mumkin. Dastlab miloddan avvalgi II minginchi yillarning ikkinchi yarmi o‘rtalarida Farg‘onaning sharqiy, so‘ngra shimoliy hududlarida boshlang‘ich davlatchalar yoki davlat tipidagi siyosiy uyushmalar vujudga kelgan bo‘lsa kerak. Bu davlatchalar katta bir yoki ikki bazida uch irrigatsion rayonlarni hamda ulardagi ilk shahar tipidagi qarorgohlarni birlashtirgan. Miloddan avvalgi bir minginchi yillarning boshida yuqoridagi tilga olingan boshlang‘ich davlatchalar asosida Farg‘onada ilk davlat uyushmasi paydo bo‘lgan,-degan fikrni o‘rtaga tashlasak bo‘ladi. Bunday davlatning poytaxti Dalvarzin ekanligiga shak-shubha yo‘q. Jamiyatdagi bu o‘zgarishlarni O‘zbekiston hududining markaziy va g‘arbiy o‘lkalarida ham kuzatish mumkin. Masalan, Markaziy So‘g‘dda joylashgan Ko‘ktepa yodgorligining quyi qatlamlari, yuqorida tilga olingan Farg‘ona quyi bronza davriga mansub Dalvarzin va boshqa yodgorliklarga yaqin hisoblanib, miloddan avvalgi II minginchi yillarning yarmini ikkinchi choragidan boshlab davrlashtirilsa bo‘ladi. Bunga asos birinchidan Ko‘ktepaning quyi qatlamlaridan topilgan mehnat qurollari va sopol idishlar bo‘lsa, ikkinchidan, yodgorlikning 2-2.5 metr quyi qatlamlarini ustki qismidan olingan 2 ta ko‘mirga aylanib qolgan kuyindining radiokarbon analizlaridir. Birinchi analiz miloddan avvalgi VII asr bilan, ikkinchi analiz esa mill. Avv. X asr bilan davrlashtirilgan. Bizning fikrimizcha davrlashtirishda, radiokarbon usulining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, ikkinchi analiz xulosasini, yani miloddan avvalgi X asrni asos qilib olsak haqiqatga yaqinroq bo‘ladi. SHunday qilib Ko‘ktepaning 2-2.5 metr qalinlikdagi quyi madaniy qatlamlari M. X. Isomiddinov yozganidek miloddan avvalgi IX-VIII asrlar bilan emas balki, miloddan avvalgi 2 minginchi yillarning ikkinchi yarmini ikkinchi choragi va miloddan avvalgi XVI-XI, X-IX asrlar bilan davrlashtirish kerak-deb hisoblaymiz. Bu esa o‘z navbatida Qiziltepaning quyi qatlamlari ustida joylashgan monumental arxitektura jumladan, M. Isomiddinov aytgan hokim saroyi va bu davrga oid shahar mudofaa devorining ko‘rinish xronologiyasiga ham o‘zgartirish kirgizishni taqozo etadi. Quyi qatlamlarida arxitektura qoldiqlari yaxshi saqlanmoqda. CHunki bu erda ham CHust madaniyati yodgorliklari singari uylar uslubida qirilgan bo‘lib ularning qoldiqlari bizgacha yaxshi etib kelmagan. Bazi hollarda devorlarning o‘rni yoki ularning pastki qismi bir g‘isht ko‘rinishida saqlanib qolgan xolos. SHuning uchun Ko‘ktepa yodgorligining quyi qatlamlarini keng ko‘lamda o‘rganish zarur. SHunda ehtimol, bu davrga oid turar joy hamda mudofaa devor qoldiqlari topilishi mumkin. Lekin shunga qaramasdan, arxeologik materiallar va Markaziy Osiyodagi umumiy tarixiy jarayonni hisobga olib, So‘g‘dda ham dehqonchilikka asoslangan ilk shaharmonand qarorgohlar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan “nom” tipidagi kichik-kichik davlatchalar (“protogosudrstva”) miloddan avvalgi II minginchi yillarning ikkinchi yarmini o‘rtalaridan yoki bir oz kechroq paydo bo‘la boshlagan-deb xulosa qilsak bo‘ladi. Bu kichik-kichik davlatchalar asosida miloddan avvalgi X-VIII asrlarda So‘g‘d hududida ham ilk davlat uyushmasi paydo bo‘lgan, degan fikrni o‘rtaga tashlash mumkin. Uning poytaxt shahri Ko‘ktepa yoki Afrosiyob o‘rnida bo‘lganligiga shubxa yo‘q. Bunga o‘xshash tarixiy jarayon Orolbo‘yi o‘lkalarida, yani Sirdaryo va Amudaryoning quyi Havzalarida (Tegisken, Ko‘zaliqir) ham yuz bergan. Xulosa qilib aytganda O‘zbekistonning qadimgi Baqtriya, So‘g‘d, Farg‘ona va Xorazm o‘lkalarida ilk shaharlar (shaharmonand qarorgohlar) va ular bilan bog‘liq bo‘lgan dastlabki kichik-kichik “nom” tilidagi davlatlarning (“protogosudrstvo”) paydo bo‘lishida hamda ular asosida birinchi hududiy davlat uyushmalarining vujudga kelishida, umumiylik va o‘ziga xoslikni kuzatish mumkin. Dastlabki kichik-kichik “nom” tilidagi davlatlarning uncha katta bo‘lmagan vohachalar bazasida malum bir geografik sharoitda va shu erdagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar natijasida miloddan avvalgi ikki minginchi yillarning ikkinchi yarmida bir oz davriy farqlanish bilan paydo bo‘lgan bo‘lsa. “markazlashgan” nisbatan yirikroq hududdagi davlat uyushmasi esa jamiyatdagi keskin siyosiy o‘zgarishlar tufayli, masalan, buyuk manbashunos tarixchi olim N.M.Dyakonov so‘zi bilan aytganda, tashqi ko‘chmanchi kuchlarning bevosita xavfi yoki hujumi natajasida, miloddan avvalgi bir minginchi yillarning boshlarida vujudga kelgan. Download 68.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling