Buxoro davlat universiteti tarix kafedrasi
Ilk paydo bo‘lgan qal’a va shaharlarning davlatchiligimiz shakllanishi jarayonida tutgan o‘rni
Download 68.23 Kb.
|
O‘zbek davlatchiligi va urbanizatsiya jarayonining dastlabki tarixiy bosqichlari
2.2. Ilk paydo bo‘lgan qal’a va shaharlarning davlatchiligimiz shakllanishi jarayonida tutgan o‘rni
Insoniyat tarixida shaharlarning yuzaga kelish varvarlikdan sivilizatsiyaga, urug‘chilik tuzumidan davlatchilikka o‘tishning asosiy belgisidir. Ma’lumki, sivilizatsiya kishilik jamiyati rivojining ma’lum davrida paydo bo‘ladi. Sivilizatsiyaning yuzaga kelishida va rivojlanishida shahar etakchi rol o‘ynaydi. Sababi, aynan shaharlar sivilizatsiya paydo bo‘lishi va rivojlanishini ta’minlagan barcha jarayonlar kechgan markaz rolini bajargan. Umuman, sivilizatsiya va ilk davlatlar paydo bo‘lishi jarayonini ilk shaharlar tashkil topish va rivojlanish jarayoni bilan birga borgan. Markaziy Osiyo hududida ilk shaharlarning tashkil topishi bilan ushbu hududda eng qadimgi sivilizatsiya qaror topadi. Bu qadimgi SHarq tipidagi mahalliy sivilizatsiya bo‘lib, eramizdan avvalgi uch-ikki ming yilliklarda rivojlanishning ilk bosqichlarida bo‘lgan. Bu sivilizatsiya Mesopotamiya va qadimgi Hindistonning Xarappi madaniyati bitlan uzviy aloqada shakllangan va rivojlangan. Ikki muhim sivilizatsiya oralig‘ida joylashgan Markaziy Osiyo qadimgi SHarq xalqlarini yagona tizimga birlashtiradi. Bu sivilizatsiya ( mutaxassislar uni “Turon sivilizatsiyasi” ham deb atamoqda.), Markaziy Osiyo qadimgi xalqlarining erishgan yutug‘i bo‘lib, uning keyingi davrdagi rivojlanishiga asos bo‘lib xizmat qilgan. Ilk shaharlar qishloqlardan iqtisodiy mavqe bilan emas, siyosiy mavqe bilan ajralib turgan.1 Ular aksariyat hollarda aholisi sug‘orma dehqonchilik bilan shug‘ullangan vohalarda faqatgina ayrim hollarda savdo yo‘llari bo‘yida, shoh qarorgohlari atrofida, suv manbalari bo‘yida yoki ibodatxonalar atrofida paydo bo‘lgan. Eramizdan avvalgi uch ming yillik oxiri-ikki ming yilliklarda Markaziy Osiyoda Oltintepa, Namozgohtepa, Urug‘tepa, Sopollitepa, Jarqo‘ton kabi shaharlar paydo bo‘lgan. Markaziy Osiyo tarixidan so‘z ketganda uning jahon sivilizatsiyasining beshiklaridan biri bo‘lganligi ta’kidlanib kelinadi. Biroq, u yoki bu xalqning sivilizatsiyaga erishganligining eng muhim ko‘rsatkichi-davlatlarning paydo bo‘lishi davri (Markaziy Osiyo hududida) to‘g‘risida yaqin yillargacha bildirilib kelingan fikrlar yuqoridagi e’tirofga mutlaqo zid keladi. Jahondagi ilk davlatlar eramizdan avvalgi to‘rt-uch ming yilliklarda paydo bo‘lgan holda, Markaziy Osiyodagi ilk davlatlar deganda eramizdan avvalgi VIII-VII asrlarda paydo bo‘lgan “ Katta Xorazm” va “ Qadimgi Baqtriya” podsholiklari tushunilib kelinardi. Agar haqiqatan shunday bo‘lgan bo‘lsa, Markaziy Osiyoni sivilizatsiya beshiklaridan biri deb hisoblash noto‘g‘ri bo‘lgan bo‘lardi. Muammo shundaki, Sovet tarix fanida davlat ibtidoiy davrdan sinfiy davrga o‘tish davrida yuzaga keladi-deb hisoblanib, davlatchilik tuzilmalarining shakllanish jarayonini ibtidoiy davrda yuzaga kela boshlash holati inkor etilardi. Ibtidoiy davrdan sinfiy davrga o‘tish davri Markaziy Osiyo hududidan eramizdan avvalgi IX-VIII asrlarda ro‘y berar ekan, ilk davlatlar ham shu davrda paydo bo‘ladi deb hisoblanardi. Biroq, davlatchilikning shakllanishi o‘ta murakkab, uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, uning dastlabki kurtaklari ibtidoiy davrda shakllana boshlaydi. So‘nggi yillarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, eramizdan avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyoning Qizilqum, Qoraqum cho‘llari ichkarilari Pomir va Oloy tog‘larining yuqori qismidan boshqa qismlari aholi tomonidan o‘zlashtirilgan. Ushbu davrda Markaziy Osiyoning shimoliy va shimoliy-sharqida aholi asosan chorvachilik bilan shug‘ullangan. Ushbu hududdagi aholiga tegishli Andronovo, Tozabog‘yob, Zamonbobo, Qayroqqum madaniyatlari shundan dalolat beradi. Markaziy Osiyoning janubiy qismida esa aholi o‘troq dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Bu erda Namozgoh, Sopolli, Dashli kabi o‘troq dehqonchilik madaniyatlari qaror topgan. Markaziy Osiyoning janubida qadimda Baqtriya, Marg‘iyona, Parfiya, Areya va Girkoniya singari tarixiy-madaniy hududlar bo‘lgan. O‘troq dehqonchilik bilan shug‘ullangan aholi qadimda voha-voha bo‘lib yashaganlar. Kezi kelganda shuni ta’kidlash lozimki, aholining bunday joylashishi tizimi suv resurslari bir muncha chegaralangan. O‘rta va YAqin SHarq mamlakatlari uchun xosdir. Vohalarda ishlab chiqaruvchi xo‘jalikning, ayniqsa sug‘orma dehqonchilikning yuksalishi jamiyatda ijtimoiy va mulkiy tabaqalanish jarayonini yuzaga keltiradi. Ushbu jarayon uzoq davom etib, uning natijasida davlatchilik tizimi shakllana boshlaydi. Markaziy Osiyoning Oltintepa, Namozgoh, Ulug‘tepa, Gonur I; Jarqo‘ton; Dashtli singari yodgorliklardagi sarob, ibodatxona kabi hashamatli imoratlar shu haqda guvohlik beradi. Ushbu aholi manzilgohlari, yuqorida ko‘rib chiqqanimizdek, dastlabki shaharlardir. Ular o‘zlari joylashgan vohaning siyosiy, iqtisodiy, diniy; harbiy markazi hisoblanganlar. Bunday markazlarda shu shahar joylashgan vohani boshqargan ma’muriyat binosi ( sarob) , shu voha aholisi sig‘ingan “iloh” ga atab qurilgan ibodatxona joylashgan. SHuningdek, odatda bunday shaharlarda oziq-ovqat hamda qurol-yarog‘ omborlari ham joylashgan. Bularning atrofida markazga bo‘ysunuvchi bir nechta ba’zan 10 tagacha qishloqlar joylashgan bo‘lib, ular birgalikda davlatchiligimizning ilk ko‘rinishi-shahar davlatlarni tashkil qilgan. Markaziy Osiyo hududida davlatchilik shaklllanishining asosiy omillaridan yana biri – insoniyat ttomonidan metallning kashf etilishidir. Inson dastlab ishlab chiqarishda qo‘llagan metall misdir. Tabiiy misni sovuq holatda yoki o‘tda qizdirilgan holatda bog‘lab, undan biror-bir buyum yasalgan. Neolit davrining oxirlariga kelib, mis rudalarini quyish texnikasi egallanadi. Hozirgi fan ibtidoiy metallurgiyaning qaysi davrda paydo bo‘lganligi to‘g‘risida aniq ma’lumotga ega emas. Dastlab tabiatda uchraydigan metall toshning bir turi hisoblanib, toshga qanday ishlov berilgan bo‘lsa, unga ham shunday ishlov berilgan. Insoniyat tajribasi osha borgach, ba’zi bir “tosh” larning egiluvchanlik xususiyati borligini tushunadi. O‘sha davr kishilari gulxanlarga ruda holidan sof holatga o‘tgan metall bo‘laklarini ko‘p uchratadi va ularga ruda holidagi metalldan eritish yo‘li orqali sof metall olish mumkinligi haqida tushuncha paydo bo‘ladi. Insoniyatning loyni olovda pishirish yo‘li bilpan kulolchilikni kashf etganligi (Markaziy Osiyo hududida eramizdan avvalgi VI-V ming yilliklar) ham uning metallni eritish jarayonini to‘liq egallash qiyinchilik bilan kechdi va arxeologlar fikricha bir necha ming yil davom etdi. Mis qurollar paydo bo‘lgan davr (Markaziy Osiyo hududida eramizdan avvalgi IV-III ming yilliklar) eneolit yoki xolkolit deb yuritiladi. Mis tabiatda kam uchragani uchun nodir hisoblanar, buning ustiga ish sifatlariga ko‘ra hamma vaqt ham toshdan ustun bo‘lavermaydi. SHu sababli, bu davrda insonning ish quroli hamon toshdan ishlagan mehnat qurollari bo‘lgan. Biroq, metalldan mehnat qurollari ishlashining kashf etilishi, shubhasiz, jamiyatning kelgusi rivojiga katta ta’sir kursatadi. Keyinchalik misdan yasalgan mehnat qurollari o‘rnini bronzadan yasalgan mehnat qurollari egallaydi. Misning qalayi, qo‘rg‘oshin, rux, surma, margumish singari metallar bilan aralashmasi –bronzadan yasalgan mehnat qurollari mis mahsulotlariga qaraganda bir muncha yuqori sifatli edi. Ular nisbatan qattiq, o‘tkir hamda misga qaraganda past haroratda eriganligi sababli uni quyish ham oson edi. Markaziy Osiyoning ko‘plab qadimgi yodgorliklaridan ( masalan: Jarqo‘ton, Sopolli tepa, CHust) metall ishlab chiqarishda qo‘llanilgan ish qurollari topilgan. Ayrim yodgorliklarda maxsus metall quyish ustaxonalari bo‘lgan1 bo‘lsa, ba’zi aholi manzilgohlari faqatgina metall eritish va quyishga ixtisoslashgan.2 YUqoridagi dalillar eramizdan avvalgi ikki ming yillikda Markaziy Osiyoda metall xo‘jalikda keng foydalana boshlaganidan dalolat beradi. Markaziy Osiyoda bronza davrida mis rudasi qazib olinadigan bir qancha konlar bo‘lganligi ma’lum. Masalan, Farg‘onada mis, Naukatda hamda CHotqol-Qurama tog‘larida qazib olingan. Qalay Zarafshon vodiysining janubida Karnob konida qazib olingan. Mehnat qurollarining metalldan ishlana boshlanishi ish unumdorligini sezilarli oshirib, etishtirilayotgan mahsulot hajmining oshishiga imkon yaratdi. Mahsulot hajmining oshishi yuqorida ta’kidlaganimizdek, pirovard natijada davlatchilikning shakllanishida muhim o‘rin tutuvchi qo‘shimcha mahsulot va xususiy mulkning shakllanishiga olib keladi. Ishlab chiqaruvchi xo‘jalikning rivoji hamda metallning kashf etilishi natijasida jamiyatda bevosita ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan sohalarning rivojlanishiga imkon yaratadi. Jamiyat a’zolari, ehtiyojining ortishi va aholi farovonligi umumiy darajasining o‘sishi jamiyatda tor ixtisoslikka asoslangan hunarmandlar tabaqasining shakllanishiga olib keladi. Natijada eramizdan avvalgi III-II ming yilliklarda Markaziy Osiyoda ikkinchi mehnat taqsimoti-dehqonchilikdan hunarmandchilikning ajralib chiqishi yuz berdi. Ushbu davrda hunarmandchilikning metallaga ishlov berish, kulolchilik, to‘qimachilik kabi turlari keng tarqaladi. Kulolchilik Markaziy Osiyoda neolit davrida paydo bo‘lgan bo‘lsada, uning tez sur’atlar bilan rivojlanishi bronza davrida kulolchilik charxining kashf etilishi bilan bog‘liq. Kulolchilikda tez aylanadigan charxning qo‘llanila boshlanishi yuqori sifatli, xaridorgir, turli xil shakldagi sopol idishlarning ko‘plab ishlab chiqarilishiga imkon yaratdi. O‘z uslubi va an’analariga ega bo‘lgan usta-kulollar paydo bo‘ldi. Har bir mahallaning o‘z belgisi va tamg‘asiga ega bo‘lgan ustaxonalari bo‘lgan.1 Markaziy Osiyodagi ilk shaharlar Oltin tepa, Gonur I , Tog‘oloq I va Jarqo‘tonda esa kulollar mahallalari paydo bo‘ladi.2 Keyinchalik, ( eramizdan avvalgi ikki ming yillik oxirlarida) faqatgina kulolchilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan aholi manzilgohlari ham paydo bo‘ladi.3 Sopollitepadan mato parchalari , shuningdek ushbu davrga oid deyarli barcha aholi manzilgohlaridan to‘qimachilikda qo‘llanilgan urchuqboshlar topilgan.4 O‘zbekistonning ipakchilikning ilk vatanlaridan biri bo‘lganligi haqidagi fikrlar ham mavjud. Xuddi shu davrda to‘qimachilik dastgohlarining kashf etilishi o‘z navbatida to‘qimachilikning rivojlanishiga turtki bo‘lgan. Hunarmandchilikning, shuningdek, toshga, yog‘ochga, suyakka ishlov berish kabi turlari ham keng tarqalgan. Dastlabki davrlarda hunarmandlar dehqonlar bilan birgalikda hayot kechirishgan. Faqatgina hunarmandchilikdan keladigan daromad bilan kun kechirish qiyin bo‘lganligi sababli, ular vaqt-vaqti bilan dehqonchidik bilan ham shug‘ullanib turishgan. Ilk davlatlar shakllanishi davrida hunarmandlar mahsulotiga talabning oshishi ularning alohida joylashishiga imkoniyat yaratdi. Hunarmandchilikning ishlab chiqarishning alohida va o‘ziga xos bo‘lgan tarmog‘i sifatida ajralib chiqishi jamiyat tarixi uchun muhim ahamiyatga egadir. O‘z davri uchun etuk texnik malakaga ega bo‘lgan mutaxassislarning shakllanishiga, ishlab chiqarish unumdorligining sezilarli o‘sishiga olib keldi. Bu holat jamiyatda davlatchilikning paydo bo‘lishi uchun muhim hisoblanadigan qo‘shimcha mahsulotning ko‘payishiga olib keladi. Markaziy Osiyoda ilk davlatlarning paydo bo‘lishida mahsulot ayirboshlash va savdo-sotiq munosabatlarining rivojlanishi muhim omillardan hisorblanadi. Ma’lumki, Markaziy Osiyo hududida dehqonlar va choorvadorlar qadimdan yonma-yon yashab kelishgan. Dehqonchilik bilan shug‘ullangan aholi asosan Markaziy Osiyoning janubiy qismida chorvachilik bilan kun kechirgan, aholi esa ko‘proq uning shimoliy qismida hayot kechirishgan. Bu holat o‘rtasida ayirboshlash munosabatlarining juda erta paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Arxeologik tadqiqotlar bunday munosabatlarning eramizdan avvalgi ikki mingichi yillardayoq yuzaga kelganligini ko‘rsatmoqda. Agar dehqonlar o‘zlarida bo‘lmagan yoki etishmagan chorva mahsulotlari: go‘sht, teri, sut, jun va ayniqsa, qo‘shma yoki aravacha qo‘shiladigan chorva turlariga ehtiyoj sezishsa, chorvador ham o‘z navbatida dehqonchilikning va hunarmandchilik mahsulotlariga ehtiyoj sezishadi. Ushbu holat dastlab iqtisodiy, keyinchalik esa siyosiy (1yagona davlatga) ittifoqqa birlashishlariga olib keladi. SHuningdek, qazib olinadigan xom ashyo resurslarining ayrim ravyonlaridagina mavjudligi ham ayirboshlash va savdo-sotiq munosabatlarining erta shakllanishiga olib kelgan holatlarida hisoblanadi. Masalan, metall uchun zarur bo‘lgan xom ashyo rudalari CHotqol-Qurama tog‘lari va Qizilqumdan qazib olingan. Bu holat, tabiiyki, ushbu hududlar bilan uning iste’molchilar bo‘lgan hududlar o‘rtastida aloqa munosabatlarining yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, hunarmandchilikning ajralishi bilan mahsulot ayirboshlash munosabatlari tez rivojlana boradi. O‘troq dehqonchilik jamiyatlari rivojining ilk bosqichlarida ayirboshlash munosabatlari asosan, xom ashyolar ayirboshlash tarzida bo‘lgan. Uning natijasida ko‘proq ayirboshlash uchun mahsulotlar tayyorlaydigan hunarmandchilik yuzaga keladi. Demak, jamiyatda tovar ishlab chiqarish paydo bo‘ladi. Endi mahsulotning qandaydir qismi, mahsulot ayirboshlash mafsadida ishlab chiqarila boshlanadi. Bunday maqsadda ishlab chiqarilgan mag‘sulotlar maxsus joylarda (ibtidoiy bozorlarda) ayirboshlangan. Mahsulot ayirboshlash munosabatlari rivojlanish ayirlayotgan mahsulotlarning bir-biriga nisbatan ekvivalentligi to‘g‘risidagi tushunchaning paydo bo‘lishiga olib keladi. Ayrilayotgan mollarni narxi biror-bir narsa bilan belgilana boshlandi. Odatda bunday vazifani metall quymalari, plastinkalari, ba’zi hollarda qurol-yarog‘ yoki taqinchoqlar bajarishgan. Mahsulot ayirboshlashning rivojlanishi qabilalarning bir-birlari bilan aloqasining yaxshilanishiga, transport vositalarining rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Masalan, bronza davriga kelib g‘ildirakli aravalar paydo bo‘ladi. Eramizdan avvalgi ikki ming yillik o‘rtalarida ot aravaga qo‘shilgan bo‘lsa, eramizdan avvalgi bir ming yillikka kelib, cho‘llarda tuya ham transport vositasi sifatida foydalanila boshlangan. Ilk davlatlarning shakllanishida savdo-sotiqning ham roli muhim bo‘lgan. Markaziy Osiyoda qazib olingan qimmatbaho badaxshon lazuritiga bo‘lgan talab eramizdan avvalgi ikki ming yillikda yurtimizning Qadimgi Mesopotamiya, Misr shaharlari bilan savdo munosabatlarining o‘rnatilishiga olib keladi.1 SHuningdek, Qadimgi Mesopotamiya madaniyatiga xos silindrik muhrlarning Markaziy Osiyo hududidagi yodgorliklardan topilishi ( Meyterchiyan, 1984, 42-bet) . Qadimgi Hindistondagi Xorappi sivilizatsiyasiga xos me’morchilik an’analarining ko‘hna yodgorliklarimizda qo‘llanilishi, Farg‘onadan topilgan xat va Aflotun xazinalaridagi buyumlarning Eron madaniyatiga yaqinligi ( Zadneprovskiy, 1962 ) o‘lkamiz xalqlarining qadimda SHarq xalqlari bilan savdo aloqalarini olib borganligidan dalolat beradi. Savdo munosabatlarida pul vazifasini qimmatbaho toshlar ( lazurit), fil suyaklari, metall, zargarlik buyumlari, chorva, don va shularga o‘xshash narsalar o‘tagan.1 Savdo-sotiqning rivoji ilk shahar madaniyatining yuksalishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. XULOSA Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonning Qadimgi Baqtriya, So‘g‘d, Farg‘ona va Xorazm o‘lkalarida ilk shaharlar (shaharmonand qarorgohlar) va ular bilan bog‘liq bo‘lgan dastlabki kichik-kichik “nom” tipidagi davlatchalarning (“protogosudarstvo”) paydo bo‘lishida hamda ular asosida birinchi hududiy davlat uyushmalarining vujudga kelishida umumiylik va o‘ziga xoslikni kuzatish mumkin. SHahar-bu inson tomonidan tabiiy yaratilgan hayotiy zarurat bo‘lib, uning turli tomonlama faoliyat ko‘rsatishi uchun o‘ta muhimdir. Jamiyat taraqqiyoti natijasida shahar shakllanadi, rivojlanadi va kengayib boradi. SHahar me’morchilik va qurilish faoliyatining nisbatan yuqori va murakkab ko‘rinishidir. Aynan shuning uchun ham shaharlarning paydo bo‘lishi memorchilik inshootlarining qad ko‘tarishi bilan bevosita bog‘liqdir. SHahar bu rejali, murakkab tuzilishga ega hudud bo‘lib, bu erda ishlab chiqarish kuchlari, madaniy ananalar, ixtisoslashgan hunarmandchilik kabilar markazlashadi. SHaharlarning taraqqiy etishi ko‘plab omillar, avvalo, aholining o‘sishi va uning mehnat faoliyati hamda turmush tarzi bilan bevosita bog‘liqdir. O‘rta Osiyo hududlaridagi urbanizatsiya jarayonlarini o‘rganish ko‘p mehnat talab qiladigan masalalardan biri bo‘lib, hozirgi kungacha aniqlangan va o‘zida shaharsozlik belgilarini aks ettirgan barcha arxeologik yodgorliklarni, har birini har tomonlama qiyosiy tahlil asosida, hududdiy joylashuv va xronologik jihatdan tartiblashtirib o‘rganish maqsadga muvofiq. Dastlabki kichik-kichik “nom” tipidagi davlatchalar uncha katta bo‘lmagan vohachalar bazasida malum bir geografik sharoitda va shu erdagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar natijasida miloddan avvalgi ikki minginchi yillarning ikkinchi yarmida bir oz davriy farqlanish bilan paydo bo‘lgan bo‘lsa, “markazlashgan” nisbatan yirikroq hududdagi davlat jamoasi esa jamiyatdagi keskin siyosiy o‘zgarishlar tufayli masalan, buyuk manbashunos tarixchi olim N.M.Dyakonov so‘zi bilan aytganda, tashqi ko‘chmanchi kuchlarning bevosita xavfi yoki hujumi natijasida, miloddan avvalgi bir minginchi yillarning boshlarida vujudga kelgan. Ushbu bitiruv malakaviy ish mavzusida ko‘tarilgan masalalar va bu muammolarni echish yo‘llari va erishilgan natijalar o‘ylaymanki ahamiyatlidir. SHu maqsadda men o‘zimning bir necha tavsiyalarimni berib o‘tmoqchiman. -Avvalo, bizning milliy davlatchiligimiz tarixini mukammal bilish va ongli anglashni kuchaytirish uchun maktabdagi tarix fanlaridagi ushbu mavzuga ajratilgan o‘quv soatlarini ko‘paytirish kerak. -O‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon xalqlari davlatchiligini tarixining eng qadimgilaridan biri ekanligini tushuntirish maqsadida taqqoslash, qiyoslash va turli xil musobaqa ko‘rinishdagi dars shakllaridan foydalanib o‘tilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. -O‘rta maxsus talim dargohlarida va Oliy o‘quv yurtlarida talabalari ongida milliy g‘urur, ona Vatanga bo‘lgan yuksak hurmat, vatanparvarlik kabi tuyg‘ularni o‘sdirishda milliy davlatchiligimizning naqadar qadim tarixga ega ekanligini anglash uchun talaba yoshlar orasida ushbu mavzuda seminarlar, konferensiyalar va ko‘rik tanlovlar o‘tkazilib turilsa yaxshi bo‘ladi. Bundan tashqari oliy o‘quv yurtlari kafedralari qoshida tashkil etilgan iqtidorli talabalarning to‘garaklarida ushbu masalalarga ko‘proq vaqt ajratishlari maqsadga muvoqiq bo‘ladi. Mustaqillikda eramizdan so‘ng o‘zbek davlatchilik tarixiga katta qiziqish, o‘rganishga e’tibor kuchaydi. Barkamol avlod yaratish, uni vatanparvarlik, fidoiylik, yurtga muxabbat ruhida tarbiyalash barchamizning ezgu vazifamizga aylandi. Mana shu masuliyatli vazifani amalga oshirish yo‘lida o‘z hissamizni qo‘shdik degan umiddaman. Mazkur BMI da keltirilgan malumotlar “O‘bekiston tarixi “, “O‘rta Osiyoda ilk shahar davlatlarning paydo bo‘lishi asarlari” , “O‘zbekiston davlatchiligi tarixi”, “Qadimgi Xorazm davlati tarixi” kabi fanlarni o‘rganishda qo‘l keladi. Ulardan o‘rta maktab o‘quvchilarining 6-sinflarida o‘tilayotgan “O‘zbekiston tarixi” darsi uchun qo‘shimcha adabiyot sifatida hamda, akademik litsey, kollej va Oliy o‘quv yurtlari, Tarix fakulteti talabalari va boshqa qiziquvchilar referat, mustaqil ishlar yozishda, mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rishda qo‘shimcha adabiyot sifatida foydalanishga tavsiya etamiz. CHunki O‘zbek davlatchiligi dasturini o‘rganish tarixni yangi sahifalarini ochmoq degan gaplar mavzusining dolzarbligi shundaki o‘z davlatchilik tarixini bilgan insongina kelajakka mag‘rur va ishonch bilan boqa oladi. Download 68.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling