Buxoro davlat universiteti tarix va yuridik fakulteti yurisprudensiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi


Download 426.5 Kb.
bet5/24
Sana22.06.2023
Hajmi426.5 Kb.
#1646464
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
YANGI O’ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARINING IMPLEMENTATSIYASI

Tadqiqotning obyekti. 2030 yilgacha bo'lgan davrda Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi dasturi hamda sohaga doir me’yoriy huquqiy hujjatlar.
Tadqiqotning predmeti. Yangi O’zbekiston tarqqiyotida Barqaror Rivojlanish Maqsadlarining implementatsiya jarayonlari.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Ishning maqsadi O’zbekistonda amalga oshirilayotgan Barqaror Rivojlanish Maqsadlari va vazifalarini joriy etish va amaliy natijalarga erishish bo’yicha ilmiy-amaliy asoslangan chora-tadbirlarni ishlab chiqarishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:

  • Barqaror rivojlanish tushunchasining kelib chiqishi hamda xususiyatlarini ochib berish;

  • O’zbekiston Respublikasining Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsadlari va vazifalarini tizimli o’rganish;

  • Barqaror rivojlanish maqsadini amalga oshirishda parlament o’rni va ahamiyatini ko’rsatish;

  • Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda nodavlat notijorat tashkilotlar ahamiyati tahlil qilish va baholash

Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Bitiruv malaka ishining ilmiy yangiligi uning quyidagi jihatlarda aks etadi:

  • Barqaror rivojlanish maqsadlarining ahamiyati va mohiyati ochib berildi;

  • Yangi O’zbekiston Respublikasining Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsadlari va vazifalari mazmuni o’rganildi;

  • Barqaror rivojlanish maqsadlarida xalqaro hamkorlik jarayonlari tahlil qilindi;

  • Ijobiy natijalarga erishish uchun takliflar ishlab chiqildi.

Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Barqaror rivojlanishning milliy maqsadlarini O’zbekiston hududida joriy qilinishi bo’yicha qo’llanmalar ishlab chiqilgan5. Ekologıya va Barqaror rivojlanish ta’limini K.Vebster, T.Miller, N.I.Koryakina, Ye.M.Mixaylovalarning ishlarida6 hamda A.N.Nigmatov, A.D.Ergashev, A.A.Azizovlarning ishlarida tadqiq etilgan7.

Download 426.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling