Buxoro davlat universiteti texnologik va professional


Download 4.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/156
Sana09.10.2023
Hajmi4.18 Mb.
#1695719
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   156
Bog'liq
БухДУ Технологик таълим тўплам 2020

Loyihalash - mo’ljallangan ob’yektlar (apparat va asboblar, bino va 
inshootlar, yo’l va ko’priklar, mashina va jihozlar, samolyot va kosmik kemalar
radiopriyomnik va televizorlar, telefon va kompyuterlar, kiyim-bosh va 
poyabzallar, mebellar hamda boshqa turli-tuman mahsulotlarning yangi xillari va 
namunalari)ni qurish va yaratish uchun ularning loyihalarini tuzish va chizish 
jarayoni. Fan va texnikaning barcha sohalarida qo’llaniladi. Iqtisodiy va texnikaviy 
hisob-kitob, smeta tuzish, chizmachilik va chizmalarni ko’paytirish amallarini o’z 
ichiga oladi, chizmalar asosida ko’pincha ob’yekt (bino, mashina va 
boshqalar)ning maketi tayyorlanadi. Biror bir ob’yektni individual (yakka tartibda) 
va tipaviy (ommaviy tartibda loyihalash mumkin. Loyihalashni maxsus 
tashkilotlar, firmalar yoki guruhlar amalga oshiradi. Bular sohalar bo’yicha yoki 
ixtisoslashtirilgan 
tarzda 
ish 
yuritadi. 
Biror 
ob’yektni 
loyihalashda 
standartlashtirilgan detallar, agregatlar, uzellar va me’yoriy hujjatlardan keng 
foydalaniladi. 
Loyihalash ushbu bosqichlarda amalga oshiriladi: loyiha topshirig’i, loyiha 
yechimi va loyiha sinovi. Loyiha topshirig’ida bo’lajak ob’yektni qurishning 
shartsharoitlari va maqsadga muvofiqligi asoslanadi va uning tafsilotlari 
belgilanadi. Loyiha yechimida bo’lajak ob’yektning rejasidan tortib toki tayyor 
holigacha bo’lgan ishlar belgilab olinadi. Loyiha sinovida tayyor loyiha maxsus 
tuzilgan dastur asosida tekshiriladi. 
Axborot integratsiyasini ta'minlash uchun CALS ma'lumot formati sifatida 
IGES va STEP standartlaridan foydalanadi. CALS shuningdek, elektron 
ma'lumotlar almashish standartlari, elektron texnik hujjatlar va jarayonlarni 
takomillashtirish bo'yicha ko'rsatmalarni o'z ichiga oladi. 
Loyihada ishlayotganda konstruktor quyidagi fazilatlarga ega bo'ladi: 

fazoviy tasavvur qila olish; 

birlashtirish (kombinatsiyalash)qobiliyati; 

ishlashda tizimli yondoshish; 

xayolda mavjud bo`lgan (o`ylangan) loyihalarni hayotga tadbiq etish 
yo`llarini topish. 

Download 4.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling