Buxoro davlat universiteti texnologik va professional
Download 4,18 Mb. Pdf ko'rish
|
БухДУ Технологик таълим тўплам 2020
Фойдаланилган адабиётлар:
1. Yusupova, Shakhida. "TECHNICAL THINKING IN ENGLISH CLASSES AS A PSYCHOLOGICAL AND METHODOLOGICAL PROBLEM." European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol 7.9 (2019). 256 2. Yusupova, Shakhida Batirovna. "THE CONCEPT OF THINKING AND TEACHING ENGLISH AS A FOREIGN LANGUAGE." Достижения науки и образования 8-3 (2019): 62-63. ROBOTOTEXNIKANING FAN, TEXNIKA TARAQQIYOTIDAGI O’RNI Saidov Bekzod Salimovich BuxDU Texnologik ta’kim yo’nalishi talabasi Biz avtomatlashtirish tezligi ta'sirchan bo'lgan zamonda yashayapmiz. Bugungi kunda odamlar bajaradigan vazifalarni avtomatlar tezroq va yaxshiroq bajaradi. Ba'zilar ko'plab faoliyat sohalarida, ayniqsa ishlab chiqarish va sanoatdagi jarayonlarning to'liq avtomatlashtirilishi ishsizlikning sababi hisoblanadi, deya shikoyat qilishadi. Aslida, bu hamma uchun yangi imkoniyatlar to'lqini. Ushbu qurilmalar qanchalik ko'p funksional bo'lmasin, ularni ishlab chiqish, takomillashtirish, ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish kerak, shuning uchun buni amalga oshiradigan mutaxassislarga ehtiyoj bor. Shu sababli, yuqori pullik va raqobatbardosh kasbga ega bo'lishni xohlaydigan, robototexnikaga e'tibor beradigan talabalar tobora ko'payib bormoqda. Hayot shiddat bilan o‘tib boryapti. Kompyuter va robototexnikalar tufayli har kuni kashfiyotlar amalga oshirilib, o‘zgarishlar yuz beryapti. Yoshlarning mazkur jarayonga muvaffaqiyatli kirib borishi va faol ishtirok etishi bugungi kunning dolzarb talablaridan biridir. Ushbu taraqqiyot yo‘li esa ta’lim muassasalaridan boshlanadi. Mamlakatimizda kompyuter texnologiyasini o‘rganishga oid darslik va qo‘llanmalar istagancha topiladi. Biroq robototexnika fanini o‘rgatish hali yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagan. Holbuki, robototexnikani o‘zlashtirmasdan dunyo taraqqiyotiga integrasiyalashib, zamonaviy yutuqlarga erishib bo‘lmaydi. Shu boisdan ham umumiy o‘rta ta’lim hamda o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida robototexnika alohida dars sifatida o‘qitilishi davr talabiga aylanib ulgurdi. Robototexnika darsi qiziqarli bo‘lishi bilan birga, maktablarda fizika, matematika, informatika darslarini chuqurroq o‘rganish, yoshlarning teran fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, jamiyat hayotida o‘z o‘rinlarini topishlarida juda katta ahamiyatga ega. Bu esa o‘quvchilarda ushbu darslarga mehrni kuchaytiradi, qiziqishini orttiradi, nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etishda samarali natijalar beradi va eng asosiysi, xalqaro ta’lim tizimi STEM (Science, Technology, Engineering and Mathematics)ning joriy qilinishida o‘z hissasini qo‘shadi. Innovasion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovasion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi tomonidan bu borada bir qator muvaffaqiyatlarga erishilmoqda. Xususan, poytaxtimizda International Robotics Challenge xalqaro robototexnika musobaqasi uyushtirildi. Yurtimiz yoshlari Qozog‘istonning Petropavlovsk shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro musobaqada Original robot nominasiyasi bo‘yicha g‘olib chiqdi. Ayniqsa, Innovasion ishlanmalarni joriy etish 257 ilmiy-amaliy markazi bilan Xalqaro robototexnika olimpiadasi qo‘mitasi (International Robot Olympiad Committee) o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumining imzolangani ulkan tarixiy voqeaga aylandi. Ochig‘i, yurtimizda avtomatlashtirilgan texnologiya bozori hali rivojlanish bosqichida turibdi. Ayni paytda sanoat robotlariga talab kundan-kun oshib bormoqda. Shu ma’noda, vazirligimiz bir qator davlatlarning bu boradagi tajribasini chuqur o‘rganib, yurtimiz sanoat robototexnikasi sohasiga keng tatbiq etib kelmoqda. Masalan, Janubiy Koreyaning TEGU sanoat robototexnikasini avtomatlashtirish markazi bilan samarali hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Hozirgi paytda Janubiy koreyalik do‘stlarimiz O‘zbekistonda texnopark tashkil qilish qiziqishini bildirishmoqda. Shuni qayd etish lozimki, robototexnika fanini ta’lim tizimiga izchillik bilan joriy etish kelajakda yoshlarning zamon talablariga mos fikrlash doirasining shakllanishiga zamin yaratadi. Qolaversa, nafaqat robototexnika sohasi, balki iqtisodiyotning boshqa turli tizimlari rivojlanishiga ham kuchli turtki beradi. Download 4,18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling