Buxoro davlat universiteti


BIRIKKAN HOLDA NASLDAN NASLGA O‘TISH


Download 127.4 Kb.
bet44/70
Sana24.11.2021
Hajmi127.4 Kb.
#176894
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   70
Bog'liq
GENETIKA kitob buqa (1)

BIRIKKAN HOLDA NASLDAN NASLGA O‘TISH

Bitta xromosomada joylashgan genlar o‘zaro birikkan holda nasldan naslga o‘tadi, Bunday holatda genlarning o‘zaro mustaqil taqsimlanish qonuniyati buziladi. Birikkan belgilar hardoim ham birgalikda avloddan avlodga oiavermaydi, chunki meyozjarayonida gomologik xromosomalar oitasida krossingover hodisasi (chalkashib almashinish) sodir bo‘lib, genlarning joylashish tartibi o‘zgaradi.

Birikkan belgilarning nasldan naslga o‘tish qonuniyatlaridan foydalanib, genlar orasidagi masofani aniqlab, xromosomalar genetik xaritasini tuzisli mumkin.

Genlarning birikkan holda irsiylanish hodisasi AQSh olimi T.Morgan va uning shogirdlari tomonidan atroflicha o‘rganildi. Morgan birinchi marotaba drozofila meva pashshasida ko‘z rangini ifoda qiluvchi gen X- xromosoma bilan birikkan holda irsiylanishini amalda isbotlab berdi.

Bu holat tufayli irsiyatning xromosoma nazariyasining asosi — genlar xromosomalarda joylashgan degan qoida inkor qilib boimaydigan darajada to‘g’ri ekanligi isbotlandi.

Aniqlanishicha, agar chatishtirish uchun olingan organizm genlari har xil xromosomada joylashgan bo’lsa, ular avlodlarda mustaqil ravishda irsiylanadi. Buni diduragaylarning F2 da fenotip bo‘yicha 9:3:3:1 nisbatda, tahliliy chatishtirishda esa 1:1:1:1 nisbatda xilma-xillik berishida koiish mumkin. Belgilarning bunday irsiylanishi nogomologik xromosomalarning birikish va anafazada tarqalish ehtimoli tasodifan teng bo’lganda kuzatiladi.

Tabiiyki, har bir organizmda genlar soni xromosomalar soniga nisbatan bir necha marotaba ortiq. Bu o‘z-ovzidan bir xromosomada bitta gen emas, balki ko‘p gen joylashganligidan dalolat beradi. Bir xromosomada joylashgan genlar tabiiy ravishda birikkan holda avloddan avlodga beriladi. Bunday holatda genlarning o‘zaro mustaqil taqsimlanish qonuniyati buziladi.


Download 127.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling