Buxoro davlat universiteti


Genlarning birikkan holda irsiylanishi ular oitasidagi masofaga bo‘giiq holda


Download 127.4 Kb.
bet45/70
Sana24.11.2021
Hajmi127.4 Kb.
#176894
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   70
Bog'liq
GENETIKA kitob buqa (1)

Genlarning birikkan holda irsiylanishi ular oitasidagi masofaga bo‘giiq holda 2 xilda irsiylanadi:

I.Toiiq birikkan holda II.Toiiqsiz birikkan hoida

1.Genlar to‘liq birikkan holda irsiylanganda belgilarda ajralish kuzatilmaydi. Olingan barcha avlodda F1 F2 F3da faqat ota-ona belgilarining rivojlanishi kuzatiladi.

2.Belgilarning to‘liqsiz birikkan holda irsiylanishi va krossingover.

Morgan drozofilaning qora tanali, normal qanotli urg'ochi formasini kulrang tanali rudiment qanotli forma bilan chatishtirganda F, da barcha erkak va urg'ochi pashshalar tanasi kulrang, qanoti normal bo'lgan. Morgan F( dagi duragay kulrang tanali, normal qanotli erkak drozofilani qora tanali, rudiment qanotli urg'ochi forma bilan chatishtirganda Fb da 50 % drozofilalarda kulrang tana, rudiment qanot, 50 % drozofllalarda qora tana normal qanot rivojlangan. Binobarin, Fb da xuddi ota-onaga o‘xshash formalar teng miqdorda paydo bo'lgan.

Aksincha F1 da urg'ochi kulrang tanali, normal qanotli duragay drozofilani qora tanali, rudiment qanotli erkak drozofila bilan chatishtirilsa, Fb da 83 % chatishtirishda qatnashgan ota va onaga o'xshash drozofilalar olingan. Ularning 41,5 %ida kulrang tana, rudiment qanot, yana 41,5 %ida qora tana, normal qanot rivojlangan. 17 % duragaylar esa ota-ona organizmlar orasida oraliq forma hisoblangan. Ularning 8,5 %i qora tanali, rudiment qanotli, 8,5 %ida kulrang tanali, normal qanotli bo'lib rivojlangan.

Binobarin, 17 % drozofilalar gomologik xromosomalarning konyutgatsiya va krossingoveri tufayli xromosomalarda genlarning ayirboshlanishi natijasida yangi kombinatsiyasi hosil bo'lgan. Qayd etilgan misolda krossingover mavjudligi genetik usul bilan isbotlandi.

Ba’zan digeterozigotalarda ota-onaning ayrim belgilarini o'zida birlashtirgan organizmlar paydo bo'lishi mumkin. Lekin bunday organizmlarning miqdori F1 duragaylarning ota va onaga o'xshash individlar sonidan anchagina kam bo'ladi. F2 ota-onaga o'xshamagan individlarning paydo bo'lishiga asosiy sabab ularning o'rganilayotgan ikki belgisini ifoda qiluvchi genlar birikkan gomologik xromosomalarning mitozning profaza I da o'zaro konyugatsiyalanishi va ayrim genlari bilan o'zaro o'rin almashishidir. Bu hodisani genetikada krossingover deyiladi. Krossingover natijasida hosil bo’lgan, ya’ni ota-onaning ayrim belgilarini o'zlarida mujassamlashtirgan individlar krossover deb ataladi. Shu krossingover natijasida olingan individlarning umumiy % genlar orasidagi masofa (morganida) ga doimo teng bo'ladi.
Birikkan holda nasldan naslga o‘tishga doir masalalar va

topshiriqlar


Download 127.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling