28.Odamda talassemiya (A) chala dominant holatda irsiylanadi.
dominant gomozigotalar erta halok bo’ladi. Geterozigotalar esa yashaydi. O’roqsimon anemiya retsessiv gomozigota holatda halok bo’ladi.
gomozigota holatda kasallik yengil kechadi. Digeterozigota ota-onadan tug’iladigan farzandlarning necha %i o’roqsimon anemiya bilan kasallangan?
29.Odamda talassemiya to’liqsiz dominant belgi sifatida irsiylanadi.
gomozigota dominant holatda nobud bo’ladi. Geterozigota holatda
kasallik yengil kechadi. O‘roqsimon anemiya retsessiv holda
irsiylanadigan va olimga olib keluvchi kasallik hisoblanadi.
geterozigotalilarda kasallik yengil o‘tadi. Agar ota-ona bu belgilari bo’yicha geterozigotali bo’lsa, bolalarning necha foizi ikkala anomaliya b n kasallangan bo’lib tugiladi?
30.Qoramtir, jingalak sochli, faqat birinchi belgisi bo‘yicha geterozigotali ayol, qoramtir, silliq sochli, lekin birinchi belgisi bo‘yicha geterozigota yigit bilan turmush qurgan. Ushbu oilada tug‘iladigan farzandlarning fenotip va genotiplarini aniqlang (silliq soch - retsessiv).
31.G'o'za o'simligida hosil shoxi cheklanmagan va cheklangan tipda, tola rangi esa qo'ng'ir va oq bo’ladi. Shoxning cheklanmagan tipda bo’lishi cheklangan tipda bo’lishi ustidan to’liq, tolaning qo'ng'ir rangda bo’lishi esa oq rangi ustidan to’liqsiz dominantlik qiladi. Gomozigota cheklanmagan shoxli, qo'ng'ir tolali g'o'za o'simliklari cheklangan shoxli, oq tolali o'simliklari bilan chatishtirilganda F1 da olingan o'simliklarning hammasi cheklanmagan shoxli va tolasi novvotrang bo’lgan. F1 o'simliklari o'z-o'ziga chatishtirilib, keyingi avlod olinsa, ularda genotipik sinflarning nisbatini aniqlang?
32.Har ikkala belgisi bo'yicha geterozigota qora ko'zli va besh barmoqli erkak (lekin yoshligida ortiqcha barmogi olib tashlangan) ko'k ko'zli, besh barmoqli ayolga uylangan. Ushbu nikohdan ko'k ko'zli va olti barmoqli bola tugilishi ehtimoli qanday?
33.Fruktozuriyaning ikki xil formasi mavjud. Birinchisi klinik belgilarsiz kechuvchi sindrom hisoblansa, ikkinchisi aqliy va jismoniy rivojlanishdan orqada qolishga olib keladi. Har ikkala turi ham bir-biri bilan birikmagan, autosoma orqali irsiylanuvchi retsessiv belgilar hisoblanadi. Ota-onadan birining siydigi tarkibida fruktozaning miqdori yuqori ekanligi aniqlandi, unda fruktozuriya klinik belgilarsiz kechadi, lekin ikkinchi belgisi bo'yicha geterozigota.
Ota-onalardan ikkinchisi esa vaqtida fruktozuriyaning 2-formasi bo'yicha davolangan, lekin klinik belgilarsiz kechuvchi formasi bo'yicha geterozigota. Bu oilada fruktozuriyaning faqat bir formasi bilan kasallangan bolalar tug'ilish ehtimolini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |