Buxoro davlat universiteti
JINSGA BIRIKKAN HOLDA IRSIYLANISH
Download 127.4 Kb.
|
GENETIKA kitob buqa (1)
JINSGA BIRIKKAN HOLDA IRSIYLANISH
Jins organizmning gametalar hosil qilish orqali nasi qoldirishi, irsiy axborotni kelgusi avlodga uzatislmi ta’minlaydigan belgi va xossalar majmuasidir. Mendel o‘z tajribalarida jins ham organizmdagi boshqa belgilar singari irsiylanadi, degan fikrni ilgari surgan. Maiumki, monoduragaylarda tahliliy chatishtirish olib borilsa, kelgusi avlodda 1:1, ya’ni Aa x aa Aa:aa kuzatiladi. Shunga asoslanib chatishtirishda qatnashgan ota-onaning biri gomozigota, ikkinchisi geterozigota boiishi kerak, degan xulosaga kelish mumkin. Keyinchalik har xil jinsli organizmlarning biri gomozigota, ikkinchisi geterozigota ekanligi sitologik tadqiqotlarda ham o‘z tasdigini topdi Agar urg‘ochi organizm jinsiy xromosomalari-XX, erkak organizmlarda XY-bo’lsa, urg'ochi organizm bir xil X-xromosomali gameta, erkak organizm esa ikki xil X va Y-xromosomali gametalarni hosil qiladi. Mabodo urg‘ochi organizm geterogametali, erkak organizm gomogametali, ya’niXX-jinsiy xromosomali bo’lsa, urg‘ochi organizmdan X va Y-xromosomali ikki xil gameta, erkak organizmdan esa bir xil X- xromosomali gameta rivojlanadi. Jinsiy xromosomalarda joylashgan genlar orqali yuzaga chiqadigan belgilarga jins bilan birikkan belgilar deyiladi. Odamda Y-xromosoma otadan faqat o‘g‘illarga o'tadi. Shuning uchun Y-xromosomada joylashgan gen orqali yuzaga chiquvchi belgi agar otada mavjud bo’lsa, o‘g‘illarda albatta yuzaga chiqadi. Ayollarda ikki jinsiy X-xromosoma, erkaklarda 1ta X-jinsiy va 1 ta Y-xromosoma mavjud bo‘lgani uchun belgi jinsiy X-xromosoma bilan irsiylanadigan bo’lsa, otadan faqat qiziga, onadan esa ham qiziga, ham o‘g’liga o'tishi mumkin. Y-xromosoma orqali belgi faqat otadan o‘g‘ilga o’tadi. Download 127.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling