Buxoro davlat universiteti


POLIDURAGAY CHATISHTIRISH


Download 127.4 Kb.
bet36/70
Sana24.11.2021
Hajmi127.4 Kb.
#176894
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   70
Bog'liq
GENETIKA kitob buqa (1)

POLIDURAGAY CHATISHTIRISH
Poliduragay chatishtirishga doir masalalar va topshiriqlar

1. Odamlarda ko‘zning qora (Q), yuzda sepkil (S) bo’lishi va polidaktiliya (P) dominant, ko‘zning ko‘k (q), barmoqlarning normal bo’lishi (p), sepkil yo‘qligi (s) retsessiv belgilar hisoblanadi. Tubandagi genotipli erkak va ayollardan

a)ko‘k ko‘zli, sepkilli, polidaktiliya farzandlar b) qora ko‘z, sepkilsiz, 5 barmoqli farzandlarning tugilish ehtimolini (%) aniqlang.

1.QqSsPp x qqsspp 2. QqSSPp x qqsspp

3. QQSSPP x QqSSPp 4. QqSSPp x qqssPp

2.To’lqinsimon sochli, ko‘zlar oralig’i va ogiz kattaligi o‘rtacha bo’lgan erkak va ayol nikohidan jingalak sochli, ko’zlar oralig’i uzoq, og’iz kattaligi kichik farzand tugildi, Keyingi farzandlarining silliq sochli, ko'zlar oraligi qisqa, ogiz kattaligi kichik bo’lib tugilishi ehtimolini aniqlang (%).

3.Tovuqlarning gomozigota oyogida pati bor, oddiy tojli va oq patli formasi gomozigota oyogida pati yo‘q, gulsimon tojli va qora patli xo’roz bilan chatishtirilgan (oyoqlarida patning boiishi, gulsimon toj va oq rang dominant belgilar hisoblanadi). F1 da gulsimon tojli organizmlarning tugilish ehtimolini aniqlang (%).

4.Sulida poyaning balandligi, kechpisharlik va zang zamburugiga chidamsizlik poyaning normalligi, ertapisharlik, zang zamburug’iga chidamlilik belgilariga nisbatan retsessivdir. Baland poyali, kechpishar, zang zamburugiga chidamsiz suli navi barcha belgilar bo‘yicha gomozigota normal, ertapishar, zanggachidamli navi bilan chatishtirilishi natijasida olingan F1 durugaylarni barcha belgilari bo'yicha dominant gomozigota bo’lgan ota forma bilan chatishtirish natijasida 472 ta osimlik olingan. Olingan o‘simliklar orasida fenotipi F1 ga o‘xshash o‘simliklar qancha bo’lishi mumkin?

5.Sulida poyaning balandligi, kechpisharlik va zang zamburugiga chidamsizlik poyaning normalligi, ertapisharlik, zang zamburugiga chidamlilik belgilariga nisbatan retsessivdir. Baland poyali, kechpishar, zang zamburugiga chidamsiz suli navi barcha belgilar bo‘yicha gomozigota normal, ertapishar, zangga chidamli navi bilan chatishtirilishi natijasida olingan F1 durugaylarni barcha belgilari bo‘yicha dominant gomozigota bo’lgan ota forma bilan chatishtirish natijasida 472 ta o‘simlik olingan. Olingan o‘simliklar orasida nechta genotipik sinf uchraydi?

6.Odamlarda ko'zning qo‘ng‘ir rangda bo‘lishi, sochning jingalak shaklda bo’lishi dominant belgi, barmoqlarning normal, ya’ni 5 ta bo’lishi retsessiv belgi. Ushbu belgilarni yuzaga chiqaruvchi genlar har xil juft xromosomalarda joylashgan bo’lib, bir-biri bilan birikmagan holda irsiylanadi. Ko‘zlarining rangi qo’ng’ir, silliq sochli, polidaktiliya belgisiga hamda II qon guruhga ega bo’lgan erkak va ko‘zlarining rangi ko‘k, sochlari jingalak, barmoqlari normada, III qon guruhli ayol nikohidan ko'zining rangi ko'k, barmoqlarining soni normada, silliq sochli, I qon guruhiga ega bo’lgan farzand tugildi. Ota-onaning genotipini toping.

7.Odamlarda ko'zning qo‘ng‘ir rangda bo’lishi, sochning jingalak shaklda bo’lishi dominant belgi, barmoqlarning normal, ya’ni 5 ta bo’lishi retsessiv belgi. Ushbu belgilarni yuzaga chiqaruvchi genlar har xil juft xromosomalarda joylashgan boiib, bir-biri bilan birikmagan holda irsiylanadi. Ko'zlarining rangi qo‘ng‘ir, silliq sochli, polidaktiliya belgisiga hamda II qon guruhga ega bo’lgan erkak va ko'zlarining rangi ko‘k, sochlari jingalak, barmoqlari normada, III qon guruhli ayol nikohidan ko‘zining rangi ko'k, barmoqlarining soni normada, silliq sochli, I qon guruhiga ega bo'lgan farzand tugildi. Bu oiladagi II qon guruhli farzandlarning necha %i sog'lom?

8.Odamlarda ko'zning qo'ng'ir rangda bo’lishi, sochning jingalak shaklda bo’lishi dominant belgi, barmoqlarning normal, ya’ni 5 ta bo’lishi retsessiv belgi. Ushbu belgilarni yuzaga chiqaruvchi genlar har xil juft xromosomalarda joylashgan bo'lib, bir-biri bilan birikmagan holda irsiylanadi. Ко‘zlarining rangi qo'ngir, silliq sochli, polidaktiliya belgisiga hamda II qon guruhga ega bo'lgan erkak va ko'zlarining rangi ko'k, sochlari jingalak, barmoqlari normada, III qon guruhli ayol nikohidan ko'zining rangi ko'k, barmoqlarining soni normada, silliq sochli I qon gruhiga ega bo'lgan farzand tugildi. Bu oiladagi IV qon guruhli farzandlarning necha %i polidaktiliya bilan kasallangan?

9. Kataraktaning bir necha xil irsiy shakllari mavjud. Bir turi autosoma dominant tipda, ikkinchi turi autosoma retsessiv tipda irsiylanadi. Ular bir-biri bilan birikmagan holda irsiylanadi. Bir oilada qo'ng'ir ko'zli er-xotinning ikkalasi kataraktaning autosoma-dominant turi bo'yicha ham, kataraktaning autosoma-retsessiv turi bo'yicha ham, ko'zining rangi bo'yicha ham geterozigotali bo’lsa, sog'lom farzandlarning tug'ilish ehtimolini aniqlang.

10.Kataraktaning bir necha xil irsiy shakllari mavjud. Bir turi autosoma dominant tipda, ikkinchi turi autosoma retsessiv tipda irsiylanadi. Ular bir- biri bilan birikmagan holda irsiylanadi. Bir oilada qo‘ng‘ir ko‘zli er-xotinning ikkalasi kataraktaning autosoma-dominant turi bo‘yicha ham, kataraktaning autosoma-retsessiv turi bo‘yicha ham, ko‘zining rangi bo‘yicha ham geterozigotali bo’lsa, sog’lom farzandlarning necha %i ko‘k ko‘zli?

11.Kataraktaning bir necha xil irsiy shakllari mavjud. Bir turi autosoma dominant tipda, ikkinchi turi autosoma retsessiv tipda irsiylanadi. Ular bir-biri bilan birikmagan holda irsiylanadi. Bir oilada qo’ngir ko‘zli er-xotinning ikkalasi kataraktaning autosoma-dominant turi bo‘yicha ham, kataraktaning autosoma-retsessiv turi bo'yicha ham, ko'zining rangi bo‘yicha ham geterozigotali bo’lsa, katarakta bilan kasallangan farzandlarning necha %i qo’ngir ko‘zli?

12.Odamda jingalak soch silliq soch ustidan to’la dominantlik qilmaydi. Geterozigota holatda soch to’lqinsimon bo’ladi. O’naqaylik va normal eshitish chapaqaylik va karlik ustidan to’la dominantlik qiladi. Jingalak sochli, onaqay, yaxshi eshitadigan ikki belgisi bo‘yicha geterozigotali ayol to’lqinsimon sochli, chapaqay, yaxshi eshitadigan ikkita belgisi bo‘yicha geterozigotali erkakka turmushga chiqdi. Bu oilada 1) to’lqinsimon sochli, onaqay, yaxslii eshitadigan; 2) to’lqinsimon sochli, onaqay, kar bolalar tugilishi ehtimolini aniqlang (%).

13.Odamda jingalak soch tekis soch ustidan to’la dominantlik qilmaydi, geterozigota holatda sochlar to’lqinsimon bo’ladi. Onaqaylik, normal eshitish esa chapaqaylik va karlik ustidan to’la dominantlik qiladi.Jingalak sochli, o’naqay, normal eshituvchi ikki belgisi bo‘yicha geterozigotali ayol to’lqinsimon sochli, chapaqay, normal eshituvchi, ikki belgisi boyicha geterozigota erkakka turmushga chiqdi. 1) jingalak sochli, onaqay, normal eshituvchi ; 2) jingalak sochli, onaqay, kar bolalar tugilishi ehtimolini toping (%).

Download 127.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling