Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz adabiyotshunosligi kafedrasi 70230502-Adabiyotshunoslik (ingliz) mutaxassisligi magistranti G'aybullayeva


Download 14.23 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi14.23 Kb.
#1506528
Bog'liq
ichki taqriz sevara(2)


Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz adabiyotshunosligi kafedrasi 70230502-Adabiyotshunoslik (ingliz) mutaxassisligi magistranti G'aybullayeva Sevara Shuxrat qizining Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar” romani tarjimalarida stilistik vositalarning lingvomadaniy ifodasi nomli magistrlik dissertatsiyasiga
ICHKI TAQRIZ
Bugungi kunda chet tillarini o'rganish va tadbiq etish borasida juda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, barcha oliy ta'lim muassasalarida chet tillarini o'qitish sistemasini yanada takomillashtirish, yangi davlat standartini yaratish, dasturlar ishlab chiqish, ushbu dasturlar asosida darsliklarning yangi avlodlarini yaratib, ular asosida bugungi kun talablariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlash vazifasi turadi. Shu jumladan, xorijiy adabiyotlarning o'rganilishi, ularning tahlil qilinishi bugungi davrda til o'qitish va oʻrganish jarayonlari bilan bog'liq hollar uchun juda muhim hisoblanadi.
Mazkur magistrlik dissertatsiyasi A. Qodiriyning "O'tkan kunlar" romanini lingvomadaniy oʻziga xosligini tahlil qilish orqali uni badiiy adabiy matnlar materialida aniqlash va taqqoslashga qaratilgan bo'lib, kirish, uch bob. xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan tashkil topgan.
Uning kirish qismida dissertatsiyaning dolzarbligi asoslangan, tadqiqot maqsadi va vazifalari hamda obyekti va predmeti tavsiflangan, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari, ularning amaliyotga joriy etilishi, nashr qilingan ishlar hamda dissertatsiyaning tuzilishi yuzasidan yetarli ma'lumotlar keltirilgan.
Dissertant o'z oldiga aniq maqsad va vazifalami belgilagan, ishning bunday tartibda yozilishi uning o'z oldiga qo'ygan muammolar mohiyatining to'g'ri hamda izchil hal etilishini ta'minlaydi.
Lingvomadaniyatning adabiyotshunoslikda va tarjimashunoslikda tutgan o'rni deb nomlangan birinchi bobda madaniyat xalqning o'ziga xos tarixiy xotirasidir. Til esa o'zining kumulyativ (to'ldiruvchi) xususiyatiga ko'ra o'zida o'tmish xotirasini saqlaydi va to'ldirib boradi, shu kabi qator xususiyatlari ularni yagona metodologik asosda o'rganish imkonini berdi. Samarali tarjimaning asosi va garovi sifatida matnni uzatish usulini tanlashning to'g'riligi, birinchi navbatda, asliyatning fonetik, morfologik, semantik, stilistik xususiyatlariga va tarjima amalga oshirilayotgan tilga bog'liq ona tilida so'zlashuvchilarning madaniyati va tarixi, shuningdek, tilning rivojlanish tarixi tarjima usullarini tanlash mezonlaridan biridir.
Tadqiqot ishining ikkinchi bobi "Stilistik vositalarning tarjimalarda aks ettirilishi (Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romani tarjimalari misolida)" romanning uchala varianti ya'ni I.To'xtasinov, Mark Riz va K.Ermakova tomonlaridan qilingan tarjimalari bilan tanishdik, tarjimada ma'nolar rang-barangligi mavjud, ya'ni unda tilga xos barcha ma'nolar va mazmunlar kuzatiladi; o'girmalardagi tafovutlar, ayniqsa so'z tanlashdagi o'zaro farqlar sezilarli darajada o'rganildi; tarjimalardagi ma'nolar bilan ish ko'rar ekanmiz, ularning qaysi biri manba tilidan tarjima tiliga o'tadi, qaysi birlari esa o'zga tilga o'tmaydi kabi muammolarga alohida e'tibor qaratildi; Abdulla Qodiriy romanlarida to'la ma'noda o'zbek xalqining milliy urf-odatlari, o'sha davrda xalq boshidan kechirgan qiyinchiliklar, nohaqliklar tasvirlanganligini har ikkala tarjimonlarimiz tushungan holda, tarjimalarda kitobxonga yetkazib berishga harakat qilganlar.
"O'tkan kunlar" tarjimalarida stilistik vositalarning lingvomadaniy tahlili deb nomlangan uchinchi bobda "O'tkan kunlar" romanida berilgan metanimiya va sinekdoxalarning tahlili va o'zbek tiliga xos bo'lgan maqol va iboralarni asarning har ikkala tarjima variantlari orqali solishtirib o'rgandik; ularning asliyatga qay darajada yaqin ekanligini taqqosladik; maqol va iboralarni tarjima qilishda so'z tanlash masalasiga alohida e'tibor qaratdik. bundan tashqari, tarixiy davrning o'ziga xosliklarini tasvirlashda tarjimonlar mahoratini atroflicha o'rgandik; tarixiylikni tasvirlashda tarjimonlarning so'z tanlash qobiliyatlariga alohida to'xtalib o'tdik.
Tadqiqotning har bir bobi xulosalangan va ishning so'ngida dissertant keltirilgan ilmiy manbalarga tayangan holda puxta va pishiq umumiy xulosa yasagan. Dissertant o'z oldiga qo'ygan maqsad va vazifalarini aniq tasavvur qila oladi, Magistrant dissertatsiya oldiga qo'yilgan maqsad va vazifalar, asosan, yakunlangan yaxlit magistrlik doirasida ish yaratgan. Dissertatsiyadagi bayon uslubi ravon, jumlalar mantiqli, ilmiy mulohazalar asoslangan. Muallif ilmiy etikani saqlagan holda mavzuga aloqador ilmiy ishlarga munosabat bildirgan.
Tadqiqotning maqsadi lingvomadaniy xususiyatlarini va bu xususiyatlar stilistik vositalar bilan qanday ko'rinishda berilganini aniqlash hamda bularni "O'tkan kunlar" asar tarjimalarida tahlil qilish ushbu tarjimalarini tadqiq qilish, jahon adabiyotida tutgan o'mi va ahamiyatini aniqlashdan iboratdir.
Magistrlik dissertatsiyasini o'qib tahlil qilish jarayonida yuqorida keltirilgan ijobiy fikrlar bilan birga ishda ayrim taklif, tavsiya va kamchiliklar kuzatiladi:

  1. Ishning mundarijasini yanada asosli ma'lumotlar bilan boyitish lozim;

  2. Ishda keltirilgan havolalarda texnik xatolar uchraydi;

  3. Bob boyicha xulosalarni dalilillarga asoslanib, biroz kengaytirish lozim;

  4. texnik, mexanik, tinish, imloviy xatoliklar tuzatilishi kerak.

Yuqorida keltirilgan kamchiliklaming bartaraf etilishi ishning ilmiy qimmatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, G'aybullayeva Sevaraning Abdulla Qodiriy "O'tkan kunlar" roman tarjimalarida stilistik vositalaring lingvomadaniy ifodasi deb nomlangan mazkur magistrlik dissertatsiyasi talablarga javob beradi. Yuqorida keltirilgan kamchiliklarga qaramasdan, mazkur tadqiqot ishi o'ziga xos qator ijobiy jihatlarga ega. Tadqiqotchi mavzuni yoritishda ancha zahmat chekkani seziladi. Magistr akademik darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi nazariy, uslubiy va amaliy ahamiyatga ega.
Download 14.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling