Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika kafedrasi
Download 0.87 Mb.
|
2 5244698480563199183
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8- amaliy mashg‘ulot: Mavzu: Sezgi va idrok Reja
- 1-TOPSHIRIQ: Mavzu o‘quv savollarini
- Keys savollari
- 2-keys bayoni
Nazorat uchun savollar:
Foydalaniladigan adabiyotlar: 1. Xaydarov F.I., Xalilova N.I. Umumiy psixologiya. Darslik. – T., 2010. – 77-85 b. 2. Shamshetova A.K., Melibayeva R.N, Usmanova X.E., Xaydarov I.O.. Umumiy psixologiya. O‘quv qo‘llanma. – Т.: «Barkamol fayz media», 2018. -64-71,103-113 b. 3. G‘oziev E. G‘ Umumiy psixologiya. Psixologiya mutaxassisligi uchun darslik. – T.: “Universitet” 2002.62-79b. 4. Ivanov P.I., Zufarova M.E. Umumiy psixologiya: Pedagogika va psixologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun darslik. / P.I. Ivanov, M.E. Zufarova; Mas’ul muharrir D.M. Mirzajonova; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta ’lim vazirligi. – Т.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008. 257-275b. 8- amaliy mashg‘ulot: Mavzu: Sezgi va idrok Reja: 1.Sezgi haqida umumiy tushuncha. Sezgilarning nerv-fiziologik asoslari. 2.Sezgining umumiy qonuniyatlari va turlari. 3.Idrok haqida umumiy tushuncha. Idrokning nerv-fiziologik asosi. Idrokning turlari. Idrok xususiyatlari 1-TOPSHIRIQ: Mavzu o‘quv savollarini E.G‘.G‘oziyevning “Umumiy psixologiya” darsligi asosida mazmunlashtiring va tahlil qiling. 2-TOPSHIRIQ: KEYSLAR TOPLAMI 1-keys bayoni: Uzoq yillik ish tajribasiga hamda o‘quvchilar o‘rtasida alohida hurmatga ega kutubxonachi auditoriyaga kirib, doskada o‘zining karikatura janrida ishlangan rasmini ko‘radi. Karikatura yorqin ishlangan, har bir shtrix aniq ishlangan, qolaversa, rasm juda kulgili chiqqan. Butun guruh kutubxonachining karikaturaga, uning ijodkoriga nisbatan munosabatini kutyapti. Biroq, kutubxonachi shoshilmasdan, katta qiziqish bilan karikaturani tomosha qiladi va shunday dedi: “Karikatura shunchalik yaxshi chiqibdiki, uni hatto o‘chirgim kelmayapti. Rasm ijodkori 164 – yosh rassom uni qog‘ozga ko‘chirib olishi kerak. Men karikaturist (rassom)ni munosib baholayman!”. Keys savollari: 1. Kutubxonachining mavjud vaziyatdagi holatini shaxsan Siz qanday baholaysiz? 2. Bu vaziyatda kutubxonachi qanday tarbiya metodini qo‘lladi? Keys yechimi. Bu vaziyatda kutubonachi o‘zining tajribali va pedagogik nazokatga egaligini namoyon eta oldi. U karikaturani o‘zining ustidan kulish vositasi deb emas, aksincha, san`at asari sifatida qabul qildi. Natijada kutubxonachi aybdor o‘quvchini qidirib, unga tanbeh berishni istamadi. Buning o‘rniga o‘zining san`atga bo‘lgan muhabbatini ko‘rsatdi. Bunday yondashuv o‘quvchilarga kutubhonachining irodali, o‘ziga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi, hissiyotlarini jilovlay olish, o‘z-o‘zini boshqara bilish qobiliyatiga egaligini ko‘rsatdi. Oqibatda o‘quvchilar o‘qituvchining ruhan barqaror ekanliklarini angladi. Shu sababli keyingi safar ular o‘qituvchini kamsitish yoki ustidan kulishni istashmaydi.Bayon etilgan vaziyatda o‘qituvchi 1) izohlash (o‘zida muayyan guruh yoki alohida shaxsga yo‘naltirilganlikni ifoalovchi hissiy-og‘zaki ta`sir etish usuli); 2) xulq va faoliyatni rag‘batlantirish metodlaridan biri bo‘lgan – qo‘llab-quvvatlash metodidan foydalandi. 2-keys bayoni Madina 2 yoshda. U juda ham quvnoq, hamma bilan oson muloqotga kirishadigan, juda ko‘p she`rlar biladigan qiz. Uni bog‘chaga berishdi va bir oy davomida bola injiq,yig‘loqi, dudug‘lanadigan bo‘lib qoldi. Tarbiyachi ota-onani oldida doim qizga nisbatan hushmuomala bo‘lib, erkalatardi. Ota-ona vaziyatni surishtirsa, tarbiyachi uyda qo‘rqib ketgan bo‘lsa kerak, deb vaziyatni yumshatishga harakat qildi. Boladan so‘ralsa, bola hech nima gapirib bera olmaydi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling