Buxoro innovatsiyalar universiteti
Kasaba uyushmalarining tashkiliy tuzilishi
Download 127 Kb.
|
O`zbekiston tarixi. D.Xojiyeva
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1991- yil 1- martdagi O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi
- Faxriylar kengashi “Nuroniy” jamg‘armasiga
- “Ma’naviyat va ma’rifat”
- “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida” va “Jurnalistik faoliyatni himoya qilish to‘g‘risida”
- “Internet” global tarmog‘i
Kasaba uyushmalarining tashkiliy tuzilishi jahon kasaba uyushmalari amaliyoti andozalariga mos keladigan federalizm, demokratiya, mustaqillik va ixtiyoriylik tamoyillari asosida isloh etildi. Kasaba uyushmalarining quyidan yuqorigacha barcha organlari uyushma a’zolari tomonidan saylangan vakillarning yig‘ilishlari, konferensiyalari va qurultoylarida saylanadi va ular oldida hisob beradi. O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 1996- yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, 53 mingga yaqin boshlang‘ich tashkilotlariga ixtiyoriy ravishda birlashgan 7 -5 milliondan ziyod a’zosi bor. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tarkibida 21 tarmoq kasaba uyushmalari, hududiy jihatdan esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12 viloyat hamda Toshkent shahar kasaba uyushmalari Kengashlari mavjud. Ular xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish yo‘lida faoliyat ko‘rsatmoqdalar.
Mustaqillik sharoitida ayollarni, ko‘p bolali onalarni har tomonlama muhofaza qilishni yanada kuchaytirish, mehnatkash va ijodkor ayollarni bozor iqtisodiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan muam-molarni hal etishga keng safarbar etish, ilm-fan sohasidagi ayollarning imkoniyatlarini yanada kengaytirish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1991- yil 1- martdagi O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi to‘g‘risidagi farmoyishi bilan Xotin-qizlar qo‘mitasi tuzildi. O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasining asosiy maqsadi jamiyatda xotin-qizlarning rolini oshirish, ularning ma’naviy va madaniy talablarini qondirish, ayollarga ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va psixologik yordam berish, oilani, onalik va bolalikni himoya qilish, tinchlik va ijtimoiy taraqqiyot uchun ayollarning ishtirok etishlarini ta’minlashdan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo‘mitasi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12 ta viloyat xotin-qizlar qo‘mitalari, Toshkent shahar xotin-qizlar qo‘mitasi, 38 shahar, 170 tuman, 14 mingdan ortiq mehnat jamoalari va turar joylarda tashkil etilgan xotin-qizlar qo‘mitalari faoliyat yuritmoqdalar. Qo‘mita qoshida xotin-qizlar toifalariga qarab tuzilgan turli-tuman professional, ijodiy va boshqa uyushmalar ishlamoqda. 1996-yil dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan Faxriylar kengashi “Nuroniy” jamg‘armasiga aylantirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 - yil 16-martdagi “1941-1945- yillardagi urushda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 50 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni nishonlash to‘g‘risida”gi Farmonida o‘zbekistonliklarning urush yillaridagi jasoratini hamda qurbon bo‘lganlar xotirasini abadiylashtirishga bag‘ishlangan ko‘p jildli “Xotira” kitobini nashr etish vazifasi qo‘yildi, yetarli miqdorda mablag‘ ajratildi va barcha shart-sharoit yaratib berildi. Juda katta mehnat va mashaqqatli izlanishlar natijasida urushda halok bo‘lgan va bedarak yo‘qolgan 450 mingga yaqin o‘zbekistonlik jangchilarning aziz nomlari zikr etilgan 34 jildlik “Xotira” kitobi 1995- yilda, g‘alabaning 50 yilligi arafasida xalqimizga, sobiq jangchilarning xonadonlariga bepul yetkazib berildi. Shuningdek, u barcha muzeylarga, Toshkent shahri va viloyatlardagi faxriylar tashkilotlariga, kutubxonalarga, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tekshirish institutlariga, vazirlik va idoralarga, Davlat organlari, hokimliklar va jamoat tashkilotlariga hamda Moskva, Sankt-Peterburg, Kiyev, Minsk, Volgograd shaharlari muzeylariga yuborildi. “Xotira” kitobida katta tarix, achchiq hayot haqiqati tiklangan. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda aholining keng qatlamlarini birlashtiruvchi 5 mingdan ortiq jamoat birlashmalari, nodavlat va notijorat tashkilotlari shakllandi va faoliyat ko‘rsatmoqda. Shular jumlasiga “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi, “Sog‘lom avlod uchun” va “Ekosan” xalqaro jamg‘armalari, “Mahalla” va “Navro‘z” xayriya jamg‘armalari, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” va “Iste’dod” jamg‘armalari, “Mehr-shafqat va salomatlik”, “Bolalar”, “Amir Temur”, “Alisher Navoiy”, “Abdulla Qodiriy” jamg‘armalari va boshqalar kiradi. Jamoat birlashmalariningturlari va maqsadlarini 16- chizmadan aniqroq bilib olishingiz mumkin. Ommaviy axborot vositalari xalqqa ilmiy, huquqiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy bilimlar, ma’lumotlar tarqatuvchi manbadir. Ular tarkibiga gazeta va jurnallar, radio va televideniye hamda boshqa axborot tarqatuvchi vositalar kiradi. Sobiq Ittifoq davrida ommaviy axborot vositalari to‘la davlat monopoliyasiga olingan bo‘lib, kommunistik mafkura quroliga aylantirilgan, milliy zamindan uzilgan edi. Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalariga munosabat o‘zgardi. Avvalo ularning huquqiy asoslarini yaratish tadbirlari ko‘rildi. O‘zbekiston Konstitutsiyasining 67-moddasiga ko‘ra, ommaviy axborot vositalari erkin va qonunga muvofiq ishlaydi. 29-moddasida esa har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasno, deb belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisida 1997 - yil 24 - aprelda “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida” va “Jurnalistik faoliyatni himoya qilish to‘g‘risida”, 1997 - yil 26 - dekabrda “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida” Qonunlar qabul qilindi. Davlat organlari, muassasalar, tashkilotlarning mansabdor shaxslari senzurani amalga oshirganlik, jurnalistga tazyiq o‘tkazganlik, uning professional faoliyatiga aralashganlik uchun javobgar bo‘lishlari qonunan mustahkamlab qo‘yildi. Ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyat yuritishni ta’minlashga qaratilgan 10 ga yaqin qonun hujjatlari qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida tuzilgan Axborot markazi, Milliy matbuot klubi ommaviy axborot vositalariga moddiy jihatdan ko‘maklashmoqda. Respublika Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, 1996- yil avgust oyida ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanuvchi ijtimoiy-siyosiy jamg‘arma tashkil etildi. Respublika Prezidentining 1997 - yil 7 - maydagi “O‘zbekiston ijtimoiy taraqqiyotida televideniye va radioning rolini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoniga ko‘ra O‘zbekiston Davlat televideniye va radioeshittirish qo‘mitasi O‘zbekiston teleradiokompaniyasiga aylantirildi va uning joylarda hududiy bo‘linmalari tuzildi. Bu tadbir o‘zteleradiokompaniyaning aholi va jamiyatning xolisona, haqqoniy axborotlarga ehtiyojini o‘rganish, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar va o‘zgarishlar to‘g‘risida aholini, chet el jamoatchiligini keng xabardor qilish sohasidagi faoliyatini demokratlashtirish va rivojlantirishga salmoqli turtki berdi. Mustaqillik yillarida respublika ommaviy axborot vositalarining soni ko‘paydi, sifati yaxshilandi. 1990 - yilda 376 nomda gazeta va jurnallar chop etilgan bo‘lsa, 2010 - yilda ommaviy axborot vositalari va elektron ommaviy axborot vositalari soni 1200 taga yetdi. 4 ta axborot agentligi, 55 ta nashriyot, 100 ga yaqin davlat va nodavlat teleradiostudiyalari va uning hududiy bo‘linmalari faoliyat ko‘rsatdi. Ko‘pmillatli O‘zbekiston Respublikasida gazetalar, jurnallar, telera-diostudiyasi 12 tilda - o‘zbek, rus, qoraqalpoq, tojik, qozoq va boshqa tillarda chop etiladi, eshittiriladi. 6 ta gazeta va 8 ta jurnalda o‘zbek tili bilan birga ingliz, arab, turk, urdu, forsiy, hind tillaridan foydalaniladi. Ommaviy axborot vositalari, ularning muassislari, mazmuni va yo‘nalishiga qarab bir necha guruhlarga bo‘linadi. Bular davlat tomonidan nashr etiladigan; siyosiy partiya va jamoat tashkilotlari, tijorat va xususiy gazeta va jurnallardir. Shuningdek, diniy tashkilotlarning gazeta va jurnallari, adabiy-badiiy, ixtisoslikka yo‘naltirilgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-madaniy nashrlar mavjud. 1996-yilda respublikamiz AQSHda joylashgan “Internet” global tarmog‘i bilan bog‘landi va jahon yangiliklarini qabul qilib olish va axborotlar uzatish yo‘lga qo‘yildi. Internet tizimidan foydalanuvchilar safi kengayib bormoqda. 2003 - yilda mamlakatimizning yarim milliondan ortiq aholisi axborot xizmatining muhim turi hisoblanayotgan Internetdan foydalangan bo‘lsa, 2010 - yilda ularning soni 6 milliondan oshdi. Shahar va tuman markazlarida Internet klublar, Internet kafelar soni, milliy axborot segmenti yildan yilga ko‘payib bormoqda. 2004 - yil aprel oyida “uz” hududida ro‘yxatga olingan WEB saytlar soni 2600 taga yetdi. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmatining WEB sayti (WWW. press-servise. uz) Internet tarmog‘ida mashhur bo‘lib ketdi. Undan mamlakatimiz aholisi, shuningdek, jahondagi 80 dan ortiq mamlakat fuqarolari foydalanmoqdalar. Download 127 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling