Buxoro Muhandislik texnologiya inistituti 194-21 kt guruh talabasi Turtoshiva
Download 76.27 Kb.
|
Yulduz
Olinishi. O`simliklardan hujayralarini buzish va suv bilan yuvib olish orqali kraxmal ajratib olinadi. Sanoatda u asosan kartoshka tugunaklaridan (kartoshka uni holida), shuningdek jo`xoridan ham olinadi.
Kraxmal fermentlar ta`sir ettirilganda yoki kislotalar bilan qizdirilganda (vodorod ionlari katalizator bo`lib xizmat qiladi) gidrolizlanadi. Bunda dastlab eruvchan kraxmal, so`ngra unchalik murakkab bo`lmagan moddalar–dekstrinlar hosil bo`ladi. Reaksiyaning umumiy tenglamasini shunday ifodalash mumkin: (C6H10O5)n + nH2O nC6H12O6 Kraxmal «kumush ko`zgu» reaksiyasini bermaydi. Kraxmal makromolekulalari siklik α-glyukozaning ko`p molekulalaridan tarkib topgan. Yod eritmasi kraxmalni ko`k rangga kiritadi. Qizdirilganda bu rang yoqoladi, sovutilganda yana paydo bo`ladi. Yod eritmalaridan kraxmalni aniqlash uchun, kraxmal eritmasidan (kleysteridan) esa yodni aniqlash uchun foydalaniladi. Kraxmal turli-tuman maqsadlarda ishlatiladi. Uning asosiy miqdori qayta ishlanib dekstrinlar, patoka va glyukozalar olinadi va ular qandolatchilikda ishlatiladi. Kartoshkadagi va boshoqlilar donidagi kraxmaldan etil spirti olinadi. Kraxmaldan elimlovchi vosita sifatida foydalaniladi. Gazlamalarga pardoz berishda, kiyim-kechakni kraxmallashda, hamda tibbiyotda malham dorilar, sepki dorilar tayyorlashda ishlatiladi. Sellyuloza kraxmalga qaraganda ham ko`p tarqalgan uglevod. O`simlik hujayralarining devorlari asosan sellyulozadan tarkib topgan. Yog`ochda 60 % gacha, paxta va filtr qog`ozda 90 % gacha selyuloza uchraydi. Sellyuloza–suvda va odatdagi organik erituvchilarda erimaydigan oq qattiq modda, mis (II)–gidroksidning ammiakdagi eritmasida (shveytser reaktivida) yaxshi eriydi. Bu eritmadan kislotalar sellyulozani tolalar holida (gidratsellyuloza) cho`kmaga tushiradi. Sellyuloza ham kraxmal kabi (C6H10O5)n formula bilan ifodalanadi. Sellyulozaning ba`zi turlarida n ning qiymati 40 mingga, molekulyar massasi esa bir necha millionga yetadi. Uning molekulalari chiziqsimon (tarmoqlanmagan) tuzilgan, shu sababli sellyuloza oson tolalar hosil qiladi. Sellyuloza ham «kumush ko`zgu» reaksiyasini bermaydi (aldegid guruhi yo`q), lekin kislotalar bilan etirifikatsiya reaksiyasiga kirishadi. Molekuladagi uchta gidroksil guruhlar borligi uchun kislotalar reaksiyaga kirishadi. [C6H7O2(OH)3]n Gidroksil guruhlar hisobiga sellyuloza oddiy va murakkab efirlar hosil qilishi mumkin. Sellyuloza suvni tortib oluvchi vosita sifatidagi konsentrlangan sulfat kislota ishtirokida konsentrlangan nitrat kislota bilan o`zaro ta`sir ettirilganda murakkab efir–sellyuloza trinitrati hosil bo`ladi: [C6H7O2(OH)3]n + 3n HONO2 [C6H7O2(ONO2)3]n + 3nH2O Bu o`q-dori tayyorlash uchun ishlatiladigan portlovchi modda. Odatdagi haroratda sellyuloza faqat konsentrlangan kislotalar bilan reaksiyaga kirishadi. Sellyuloza ham kraxmal kabi suyultirilgan kislotalar bilan qizdirilganda gidrolizlanadi va glyukoza hosil qiladi: (C6H10O5)n + nH2O nC6H12O6 sellyuloza glyukoza Sellyulozadan gidrolizlanish hisobiga glyukoza olinadi, glyukozani bijg`itish yo`li bilan esa etil spirt olinadi. Yog`ochdan olingan spirt gidroliz spirti deyiladi. Paxta, zig`ir va kanop tola holidagi sellyuloza gazlamalar ip-gazlama va zig`ir tolali gazlamalar tayyorlashga sarflanadi. Sellyulozani kimyoviy qayta ishlab, bir necha xil sun`iy ipaklar, plastmassalar, kinoplyonka, tutunsiz o`q-dori, laklar va ko`pgina boshqa mahsulotlar olinadi. Uglevodorodlar–ikkiтa elementdan–uglyerod bilan vodoroddan tarkib topgan eng oddiy organik birikmalardir. Tarkibi umumiy CnH2n+2 formula bilan ifodalanadigan (bunda n-uglyerod atomlarining soni) birikmalar to`yingan uglevodorodlar yoki alkanlar (xalqaro nomi) deyiladi. Alkanlar parafinlar ham deyiladi. CH4 – metan C6H14 – geksan C2H6 – etan C7H16 – geptan C3H8 – propan C8H18 – oktan C4H10 – butan C9H20 – nonan C5H12 – pentan C10H22 – dekan Gomologik qatorda uglevodorodlar fizikaviy xossalarining asta-sekin o`zgarishi kuzatiladi: qaynash va suyuqlanish haroratlari ko`tariladi, zichliklari ortadi. Odatdagi sharoitda (ТQAYNASH=22 0C) qatorning dastlabki to`rtta a`zosi–gazlar, C5H12 dan C16H34 gacha–suyuqliklar, C17H36 dan boshlab–qattiq moddalar. Alkanlarning hammasi vodorodga batamom (maksimal) to`yingan. Ularning uglerod atomlari sp3–gibridlanish holatida, demak oddiy (birlamchi) bog`lanishli bo`ladi. Download 76.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling